Umum ped na amal-O`um 13-14
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoli pedagogik masala yechish
Savol va topshiriqlar:
1. «Bola tarbiyasiga jamoaning ta‘siri» va «Jamoaga bolaning ta‘siri» mavzularida munozara va debat uyushtiring. ikki guruhga bo‘linib, birinchi guruh jamoaning bolaga (shaxsga) ta‘sirini, ikkinchi guruh shaxsning(bolaning) jamoaga ta‘sirini yoritib o‘zaro munozara uyushtiring. Bunda har guruh o‘z qarashlari va g‘oyalarini hayotiy misollar bilan asoslab berishga harakat qilishi lozim. Munozarada quyidagi ma‘lumotlarga tayanishni unutmang. Jamoaning bola tarbiyasiga ta‘sir ko‘rsatish shakl va uslublari quyidagilar: 1. Jamoaning jamoat fikriga tayanishi. 2. O‘quvchilar jamoasida tanqid va o‘z-o‘zini, tanqidni rivojlantirish. 3. O‘quvchilarning sinf majlisi. 4. -Makro va -mikro guruhda liderning o‘rni. 1. «Men guruh sardori bo‘lganimda. . .» mavzusida 5 minutlik esse yozing. Sаvоllаr 1. Jаmоа nimа? 2. O`quvchilаr jаmоаsining ishlаb chiqаrish jаmоаlаridаn fаrqi nimаdа? 3. Jаmоаning o`zigа хоs хususiyatlаrini tаvsiflаng. 4. Jаmоаni shаkllаntirish bоsqchlаrini sаnаng vа ulаrning o`zigа хоs хususiyatlаrigа bаtаfsil to`хtаling. 5. Jаmоаni tаshkil etish mеtоdikаsi mаzmunini so`zlаng. Keys Muammoli pedagogik masala yechish: Yosh o‘qituvchini 1X sinfga sinf rahbari etib tayinladilar. Bu ancha murakkab bo‘lgan va yaqinda tashkil topgan sinf edi. Sinf jamoa bo‘lib uyushmagan, o‘quvchilar tarqoq edi. Sinf rahbari ularni sinf va maktab ishlarini bajarishga chorlash bilan uyushtirishga harakat qildi. Bunga kuzgi ekskursiya ham yordam berdi. Bu o‘qituvchiga har bir bolaning qiziqishi va imkoniyatini bilishga sharoit yaratdi. Sinfda tashkil etilgan xar bir tadbir o‘zaro sog‘lom munosabatlarni o‘rnatishga, yuqori sinf o‘quvchilarining jamoadan talablarini qondirishga qaratilgan edi. Sinf o‘quvchilaridan biri o‘z inshosida shunday yozadi: «Men sinfga faqat o‘qish uchun bormayman. Bu yerda mening doimo yordamga tayyor bo‘lgan do‘stlarim bor. Ilgari mening faqat ko‘chada do‘stlarim bor edi. Ular bilan juda ma‘nisiz hayot kechirgan ekanman. Meni unday hayotdan sinfim olib chiqdi. Men go‘zallikni qadrlashga, odamlarni sevishga, ularning mehriga ishonishga, o‘z hatti-harakatim uchun javob berishga o‘rgandim. Men sinfimga biror -bir ziyon yetkazishdan xavotirlanaman». Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling