Umum ped na amal-O`um 13-14


Muammoli pedagogik masala yechish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet193/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   296
Muammoli pedagogik masala yechish: 
Yosh o‘qituvchini 1X sinfga sinf rahbari etib tayinladilar. Bu ancha murakkab bo‘lgan va yaqinda tashkil 
topgan sinf edi. Sinf jamoa bo‘lib uyushmagan, o‘quvchilar tarqoq edi. Sinf rahbari ularni sinf va maktab ishlarini 
bajarishga chorlash bilan uyushtirishga harakat qildi. Bunga kuzgi ekskursiya ham yordam berdi. Bu o‘qituvchiga har 
bir bolaning qiziqishi va imkoniyatini bilishga sharoit yaratdi. Sinfda tashkil etilgan xar bir tadbir o‘zaro sog‘lom
munosabatlarni o‘rnatishga, yuqori sinf o‘quvchilarining jamoadan talablarini qondirishga qaratilgan edi. Sinf 
o‘quvchilaridan biri o‘z inshosida shunday yozadi: «Men sinfga faqat o‘qish uchun bormayman. Bu yerda mening 
doimo yordamga tayyor bo‘lgan do‘stlarim bor. Ilgari mening faqat ko‘chada do‘stlarim bor edi. Ular bilan juda 
ma‘nisiz hayot kechirgan ekanman. Meni unday hayotdan sinfim olib chiqdi. Men go‘zallikni qadrlashga, odamlarni 
sevishga, ularning mehriga ishonishga, o‘z hatti-harakatim uchun javob berishga o‘rgandim. Men sinfimga biror -bir 
ziyon yetkazishdan xavotirlanaman». 
Yosh o‘qituvchi faoliyatini tahlil qiling. Ancha tarbiyasi murakkab bo‘lgan sinfda ijobiy natijalarga 
erishishga nima yordam berdi deb uylaysiz? 
Sinfdagi faollarni aniqlash .Sinf rahbari dastlabki kunlardanoq o‘quvchilarni jamoat topshiriqlari orqali kuzatib 
boradi. Ular ichidan faol bolalarni tanlab oladi. Shunday ongli, tashabbuskor, tashkilotchi, a‘lochi o‘quvchilardan sinf 
faollarini saylaydi.
Jamoat ishini faqat faollar zimmasiga emas, balki barcha o‘quvchilar orasida taqsimlash maqsadga muvofiqdir. 
Faollarni tanlashga oid muammoli pedagogik vaziyatlarni yechishga harakat qilib ko‘raylik
ADABIYOTLAR RO`YXATI 
1. Mirziyoyev Sh.M. ―Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi 
va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida‖ 
gi farmoyishi. 2017 yil 12 yanvar 
2. Pеdаgоgikа. // M.Tохtахоdjаеvаning umumiy tаhriri оstidа. – T.: O`zbеkistоn Fаylаsuflаri Milliy jаmiyati
2010.
3. Yuzlikayeva E., Axmedova M., Qurbonova G., Sh.Tashmetova. Umumiy pedagogika. – T.: TDPU, 2012.
4. Jeff Halstead . Navigating the new pedagogy. R and Education, 2011.84-85b. 
5. Dr Jo Westbrook, Dr Naureen Durrani, Rhona Brown, Dr David Orr, Dr John Pryor, Dr Janet Boddy
Francesca Salvi. Pedagogy, Curriculum, Teaching Practices and Teacher Education in Developing Countries. 
6. Sh.Abdullayeva, D.Axatova, B.Sobirov, S.Sayitov.Pedagogika. Ekspress-ma‘lumotnoma.T., ―Fan‖,2005 yil 
7. Подласый И.П. Педагогика1-2 е. -M.: Владос, 1999. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling