Umum ped na amal-O`um 13-14


XX-asrning 70-80-yillarda


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet214/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   296
XX-asrning 70-80-yillarda o'qituvchining xarakter-xislatlari, pedagogik qobiliyatlari, unda tarbiyachilik 
mahoratini tarlab toptirish sharilari chuqur o‗rganildi. Jumladan, ms olimasi N.V.Kuzmina o‗qituvchilik faoliyatida 
pedagogik qobiliyatlaming o‗mi va ulami tarkib toptirishga oid qator ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan. U o‗z 
tadqiqotlarida pedagogik qobiliyatlami gnostik (bilishga oid), proyektiv (oldindan rejalashtirishga qaratilgan), 
konstruktiv, tashkiliy va kommunikativ turlarga ajratib, ulaming har biriga chuqur psixologik ta‘rif beradi. 
N.V.Kuzmina pedagogik qobiliyatning muhim alomatlari qatoriga kuzatuvchanlikni ham 
kiritadi, 0‗qituvchining bu hislati o‗quvchining ichki kechinmalari, his-tuyg‗ulari kabi omillami aniqlashga xizmat 
qiladi. 
Tadqiqotchi A.I.Shcherbakov fikriga ko‗ra, pedagogik faoliyat - bu 0‗qituvchi oldiga jiddiy talablar qo‗yadigan 
murakkab psixologik aktdir. Pedagogik faoliyat o‗qituvchini chuqur va puxta bilimga, pedagogik qobiliyatga, 
mustahkam xarakterga, yuksak ma‘naviyatga ega bo‗lishini taqozo qiladi. A.I.Shcherbakov 0‗qituvchi shaxsi 6 ta 
kasbiy-tarkibiy qismdan iborat ekanligini ta‘kidlaydi: 1) yuksak saviyadagi bilim va madaniyat; 2) yo‗nalishning aniq 
ifodalanganligi; 3) yuksak axloqiy hislaming mavjudligi; 4) yuqori darajada yuzaga keluvchi faollik va barqaror 
mustaqillik; 5) qat‘iy va silliq xarakter; 6) pedagogik qobiliyatlar. 
F.N.Gonobolin'>Yirik olim F.N.Gonobolin pedagogik qobiliyatlami quyidagi turlarga ajratishni taklif etadi: 1) didaktik 
qobiliyatlar; 2) akademik qobiliyatlar; 3) pertseptiv qobiliyatlar; 4) nutq qobiliyatlari; 5) tashkilotchilik qobiliyati; 6)
avtoritar qobiliyatlar; 7) kommunikativ qobiliyatlar; 8) pedagogik xayolot; 9) diqqatni taqsimlay olish qobiliyati. 
F.N.Gonobolin pedagogik qobiliyatlami tarkib toptirish bosqichlari, xususiyatlari va xossalari to‗g‗risida 
mukammal ma‘lurngtlar beradi. Ta‘lim va tarbiya jarayonini takomillashtirishda pedagogik qobiliyatlaming roli tajriba 
materiallariga asoslanib sharhlab beriladi. 
Kasbiy-pedagogik faoliyatning muvafaqqiyatli amalga oshishi ko‗p jihatdan pedagogning maxsus pedagogik 
qobiliyatlami egallaganligiga bog‗liq: T.I.Gavakov pedagogik qobiliyatlami quyidagi tarzda guruhlashtirishni taklif 
etadi: obyekt(ta‘lirn oluvchilar)ni his eta olish; kommunikativ (kishilar bilan aloqa o‗matish, samimiylik, 
muloqotchanlik); pertseptiv (kasbiy etuklik, empatiya, pedagogik intuitsiya); shaxs dinamizmi (irodaviy ta‘sir 
ko‗rsatish va mantiqiy ishontirish qobiliyati); emotsional barqarorlik (o‗z-o‗zini boshqara olish qobiliyati); kreativ 
(ijodiy ishga qobiliyatlilik). 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling