Umum ped na amal-O`um 13-14


 Социологический энциклопедический словарь. В русском, английском, немецком, французском и чешском


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet221/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   296
1
 Социологический энциклопедический словарь. В русском, английском, немецком, французском и чешском 
языках. Редактор – координатор – академик РАН Г.В.Осипов. – Москва: Издательская группа ИНФРА . 
Москва: НОРМА, 1998. – С. 210. 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
165 
borasida muvaffaqiyatga erisha olmaydilar. Qo‗llanadigan belgilar (so‗zlar, imo-ishoralar va boshqalar) zamiridagi 
mohiyat muloqotda ishtirok etayotganlarga tanish bo‗lgan taqdirdagina axborot almashish imkoni bo‗ladi. 
―Muloqot‖ tushunchasini ―kommunikatsiya‖ tushunchasidan farqlash lozim. Kommunikatsiya jonli va jonsiz tabiatdagi 
tizimlar o‗rtasida axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o‗rtasidagi signallar almashinuvi, daraxtlardagi irsiy 
belgilarning uzatilishi, insonning turli-tuman texnik vositalar bilan aloqaga kirishishi – bularning barchasi 
kommunikatsiya hisoblanadi. Muloqot faqat insonlar o‗rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan 
boshqalar bilan muloqotda, munosabatda bo‗lish jarayonida ijtimoiylashib, shaxsga aylanib boradi. Muloqot tufayli 
inson ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallaydi. Umuman olganda, muloqot fenomeni psixologiya fanida atroflicha 
o‗rganilgan. B.F.Lomov
1
, L.A.Karpenko va boshqalar muloqotning funksiyalari, ichki tuzilishi, xususiyatlari borasida 
jiddiy tadqiqotlar e‘lon qilishgan. Ularning fikriga tayangan holda muloqotning kommunikativ (axborot uzatish), 
interaktiv (hamkorlikda harakat qilish) va pertseptiv (o‗zaro birgalikda idrok etish) funksiyalarini alohida ko‗rsatish 
mumkin. Ana shu uchta funksiyaning birligi muloqot jarayonida hamkorlikdagi faoliyat va ishtirokchilarning o‗zaro 
ta‘sir etishdagi harakatlarini tashkil etish usuli sifatida maydonga chiqadi. 
1. Muloqotning kommunikativ jihatida individlarning o‗zaro ma‘lumot almashinishi sodir bo‗ladi. 
2. Muloqotning interaktiv jihatida individlar nafaqat bilim va g‗oyalar, balki harakatlar bilan ham o‗zaro ta‘sirni 
amalga oshiradilar. Yanada aniqlik kiritadigan bo‗lsak, muloqot shaxslararo birgalikdagi harakat, ya‘ni 
odamlarning hamkorlikdagi faoliyati jarayonida tarkib topadigan aloqalari va o‗zaro bir-birlariga ta‘sirining 
yig‗indisi sifatida yuzaga chiqadi. Hamkorlikdagi faoliyat va munosabat ijtimoiy qoidalar – odamlarning 
birgalikdagi harakati va o‗zaro munosabatlarini qat‘iyan belgilab qo‗yadigan hamda jamiyatda udum bo‗lgan 
xulq-atvor namunalari asosida amalga oshiriladigan ijtimoiy nazorat sharoitida yuz beradi. Jamiyat ijtimoiy 
qoidalar sifatida qabul qilgan, ma‘qul topgan, udumga aylangan va tegishli vaziyatda turgan har bir kishidan 
bajarilishini kutayotgan namunalarning o‗ziga xos tizimini yaratadi. Ularning buzilishi qoidadan chetga 
chiqadiganlarning xulq-atvori to‗g‗rilanishini ta‘minlaydigan ijtimoiy nazorat mexanizmlari (ma‘qullamaslik, 
ta‘na qilish, jazolash)ni o‗z ichiga oladi. 
3. Muloqotning pertseptiv jihati muloqot jarayonida o‗zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir, ya‘ni 
muloqotning ushbu jihatida bir kishining ikkinchi kishi tomonidan idrok qilinishi, tushunilishi, baholanishi 
kuzatiladi. Muloqotning mazkur jihatida idrok qilinayotgan odamni idrok qiluvchi o‗zining shaxsiy xislatlari 
bilan qiyoslash natijasida anglaydi va tushunadi. Idrok qilinayotgan shaxsning o‗rniga idrok qiluvchi o‗z 
xohishi bo‗yicha mulohaza yuritishi, uni tushunishga intilishi o‗z-o‗zini anglash negizida namoyon bo‗ladi. 
Yuqorida qayd etilgandek, muloqot – bu birinchi navbatda axborot bilan bog‗liq noyob hodisa, o‗ziga xos axborot 
jarayonidir. Umuman olganda, axborot jarayonlari axborotni qabul qilish, saralash, saqlash, uzatish va boshqalardan 
iborat ijtimoy jarayonlardir. Axborot jarayonlari butun jamiyat organizmini qurshab olib, barcha ijtimoiy tizimlarni 
qamraganligi, ijtimoiy hayotning har qanday, hatto, eng kichik qismida ham mavjudligi bilan ahamiyatlidir. Ko‗rinib 
turibdiki, ijtimoiy axborot asosiy turlari ichida axborot almashinuvidan iborat muloqot turi ustunlik qiladi. Insonlar 
muloqotining chuqur ijtimoiy determinatsiyasi hayot faoliyati va umuman olganda, butun jamiyat rivojlanishi uchun 
axborot almashinuvining o‗rni qanchalik muhimligidan dalolat beradi. 
«Kommunikatsiya» atamasi fanga XX asrning boshida kirib kelgan. «Kommunikatsiya» lotincha communicatio, 
communico so‗zlaridan kelib chiqqan bo‗lib, bog‗layman, muloqot qilaman ma‘nolarini anglatadi. Ijtimoiy fanlarda 
kommunikatsiya birgalikda harakat qilish, o‗zaro ta‘sir haqidagi ilmiy bilim sohasi hamda ushbu jarayonlar va ularning 
natijalarini ifodalash uchun qo‗llaniladi. Kommunikatsiya muammolariga tadqiqotchilar, ayniqsa, Ikkinchi jahon 
urushidan keyin qiziqa boshlashdi. Bunga yaqqol misol sifatida 1960-yillar boshiga kelib, falsafa va sotsiologiya ilmiy 
adabiyotlarida kommunikatsiya tushunchasining yuzdan ortiq ta‘riflari mavjud bo‗lganini aytish mumkin. Tasavvur 
hosil bo‗lishi uchun mazkur ta‘riflardan faqat to‗rttasni keltirib o‗tamiz: 
1. «Kommunikatsiya – bu murakkab dinamik tizimlar va uning axborotni qabul qilish, to‗plash, o‗zgartirish 
imkoniga ega qismlari o‗rtasida axborot almashinuvi». 
2. «Kommunikatsiya – bu axborotni o‗ziga xos almashish, uning emotsional va intellektual mazmunini aks 
ettirish jarayoni». 
3. «Kommunikatsiya – insonlarning kongitiv va mehnat faoliyati jarayonida o‗zaro munosabatlarga kirishishning 
o‗ziga xos shakli». 
4. «Kommunikatsiya – noverbal va verbal harakatlar natijasida axborot olish». 
1
 Ломов Б.Ф. Методологическиe и теорeтические проблемы психологии. Москва, 1984, С.242-271. 



Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling