Umum ped na amal-O`um 13-14


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet276/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   296
23- MASALA: Anvarning matematikadan birinchi marta uch baho oldi. U kundalikn o‘qituvchi qo‘lidan 
olib, rostdan ham uch olganiga ishondi. Joyiga borib o‘tirdi.
U bu muvaffaqqiyatdan juda xursand edi. endi boshqa fanlardan ham ikkisini to‘g‘rilashni, «tarbiyasi og‘ir» 
degan nomdan qutilishni, onasini xursand qilishni o‘ylardi. U shirin xayollar bilan darsning yarmi o‘tib ketganini 
sezmay qoldi. U kundalikdagi bahosiga qarab to‘ymasdi. Shu payt o‘qituvchi :
Nima uchun kundalik o‘ynab o‘tiribsan? Qani mening savolimni takrorlachi!, deb qoldi. Anvar savolni 
takrorlay olmadi.
Kundaligingni menga ber!, -dedi o‘qituvchi. 
Anvar kundalikni stol tagiga yashirdi. Bu olovga moy sepgandek bo‘ldi.
Anvar e`tiroz bildirmoqchi bo‘ldi, lekin o‘qituvchi bola katta orzular bilan eslayotgan uch bahoni ikkiga 
o‘zgartirib qo‘ydi.
O‘qituvchi xatoga yo‘l qo‘yganini tushundimi? Bu holda qanday yo‘l tutish kerak edi? O‘qituvchi qo‘llashi mumkin 
bo‘lgan holatlar variantlarini bering. 
24- MASALA: O‘quvchi she`rni yaxshi ayta turib, birdan to‘xtab qoldi, yana boshladi va to‘xtadi. So‘ngra 
yig‘lab «Yodlagan edim», dedi. O‘qituvchi «Mayli hayajonlanma, Dilbar javob bersin, keyin aytib berasan», -dedi. 
O‘quvchi o‘zini tutib olib she`rni to‘xtamay aytib berdi. O‘qituvchi 5 baho qo‘ydi. 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
208 
Darsdan sung darsni kuzatgan talabalar o‘rtasida bahoni oshirib qo‘ymadimikin degan munozara boshlandi.
O‘qituvchi esa, men bahoni tushira olmayman, u juda intiluvchan, harakatchan, lekin doskada hayajonlanib qoladi. 
Masalan, Anvar shunday xato qilsa kechirmayman, chunki u o‘qimagan bo‘ladi.
O‘qituvchi haqmi? Bu yerda qaysi ta`lim prinsipi qo‘llanilayapti?
25- MASALA: «Sinfda o‘quvchilar qanday o‘tirishlari kerak» degan mavzuda munozara bo‘lib o‘tdi. 
O‘qituvchilar bunga quyidagicha munosabat bildirdilar: 
Fizika o‘qituvchisi: 
- Amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari paytida men o‘quvchilarni 4-5 tadan qilib kichik guruhlarga bo‘laman. 
Guruhga kimlarni kiritishni oldindan belgilab olaman. Bunda o‘quvchilarning o‘zaro munosabatlarini, tayyorgarlik 
darajasini hisobga olaman. Guruhga kuchli, o‘rta va kuchsiz o‘quvchilar kirishi kerak. 
Matematika o‘qituvchisi: 
- Men o‘quvchilarni o‘quv maqsadiga ko‘ra o‘tqizaman, kuchli bilan kuchsiz, etakchi bilan qoloq o‘quvchi 
birga o‘tirishi kerak. Yetakchilar bilan ularning otalig‘idagilarga qanday yordam berish haqida suhbatlar o‘tkazaman.
Ingliz tili o‘qituvchisi: 
- Men o‘quvchilarning bittadan o‘tirishlari tarafdoriman. Shunda ularda mustaqillik shakllanadi, bir-biriga 
halaqit qilishmaydi. Har bir o‘quvchi o‘qituvchi bilan alohida ishlagandek bo‘ladi. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi: 
- Men birinchi navbatda bolaning sog‘ligini- ko‘rishi, eshitishi, bo‘y balandligini hisobga olaman. O‘g‘il va qiz 
bolani birga o‘tirg‘izaman, bu bolani intizomli qiladi va tarbiyalaydi. Bo‘ysunmas, quloqsiz bolalarni va qo‘shimcha 
yordamga muhtojlarni o‘z stolimga yaqinroq o‘tqizishga harakat qilaman.
Geografiya o‘qituvchisi: 
- Men bolalarning o‘tirishiga ahamiyat bermayman, kim qaerda xohlasa o‘tiraversin. Buning dars uchun 
ahamiyati yo‘q deb o‘ylayman.
Shu masalada o‘z fikringizni ayting. Bu muhimmi? O‘quv jarayonida o‘quvchining to‘g‘ri tanlangan ish joyi
qanday rol o‘ynaydi. O‘qituvchi o‘quvchilarni joylashtirishi kerakmi?


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
209 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling