Umum ped na amal-O`um 13-14
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
9- MASALA: Ota o‘z o‘g‘lining etuklik attestatini olishi va 16 yoshga to‘lishi munosabati bilan ziyofat berdi.
O‘iulini bugungi baxtli kuni bilan tabriklab unga qadah uzatdi.Oila a`zolari bu voqeaga quyidagicha munosabat bildirishdi: Dadasi: o‘g‘lim muborak yoshing bilan tabriklayman, shu munosabat bilan bir qadah ko‘taraylik! Buvisi: jon bolam, spirtli ichimliklarga o‘g‘lingni o‘rgata ko‘rma, ichkilikbozlikning oxiri voy bo‘lishi mumkin. Bobosi: .. mayli, otangning so‘zi erda qolmasin. Oyisi: ..o‘g‘lim, otang senga qadahni spirtli ichimliklarning qanchalik zararli ekanligini bilishing yoki bilmasligingni sinab ko‘rish uchun uzatdi. Siz kimning fikrini to‘g‘ri deb o‘ylaysiz? 10- MASALA: Quyidagi «.. donolar bisotidan..» keltirilgan hikoyatlardan parchani o‘qing va mushohada qiling. Ilm o‘rganish fazilatlari haqida Axloqning erdagi elchisi Rasululloh aytmishlarki, ilm o‘rganish har bir mo‘min va muslima uchun farzdir. Ilm tolibi uchun borliq mavjudot, hatto dengizdagi baliqlar ham (o‘z) gunohlarini so‘rab istiqfor aylaydilar. Ilm ibodatdan afzaldir, chunki u dinni tutib turuvchidir. Bilim olmoq ikki toifaga bo‘linur, ya`ni6 biri qalban ilmga tashnalikdur, bu foydali ilmdur. Bunday ilm kishi hayotini toabad nurafshon qiladur. Ikkinchi xildagi ilm esa faqat tilagidur. Savol: Bu hikoyatda qanday ilm to‘g‘risida fikr bildirilyapti?* 11- MASALA: Tarix darsi edi. O‘qituvchi voqealarni berilib hikoya qilar, kitoblardan bolalarni qiziqtiradigan parchalarni o‘qib berar edi. O‘qituvchi o‘quvchilarga bir qator kitoblarni o‘qishni tavsiya qildi va ularni nomini daftarga yozdira boshladi. Shu payt bir o‘quvchi qo‘l ko‘tarib: - Mana menda ham shunga oid qiziqarli kitob bor,- dedi. - Joyingda jimgina o‘tir,- deb o‘qituvchi uni o‘tkazib quydi. Darsda yuzaga kelgan holatni tahlil qiling. O‘qituvchi qanday xatoga yo‘l qo‘ydi? O‘qituvchining bunday muomalasi qanday natijalarga olib kelishi mumkin? 12- MASALA: 2- sinfda har xil buyumlar: qalam ruchka, rezinka va boshqalar yuqola boshladi. Bir kuni bir qizchaning kattaroq banti yo‘qoldi. O‘qituvchi topilmalar byurosining faoliyati haqida gapirib berdi. Bolalar topib olingan narsalar qaytarib berilishi to‘g‘risidagi kattalardan eshitgan misollarni aytishdi. O‘qituvchi qanday tarbiya metodini qo‘llagan. Bu metodning samaradorligi nimalarga bog‘liq Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling