I. A. Karimov Bugungi kunda insonni uning axborotni qayta ishlash bo'yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar bilan qurollantirish axborotlashtirish sanoatini jadal rivojlantirishni talab etu


Download 221.49 Kb.
bet1/8
Sana24.12.2022
Hajmi221.49 Kb.
#1053715
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishiNozima


O’zbekiston Republikasi
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Farg’ona davlat Universiteti
Matematika-informatika fakulteti
Amaliy matematika yo’nalishi
21.06-guruh talabasi
Tursunmuhammadova Nozimaning
Algoritmik tillar va dasturlash asoslari fanidan
“C# dasturlash tilida polimorfizm”
mavzusida tayyorlagan
Kurs ishi

Kurs ishi rahbari: Farmonov Sherzodbek Rahmonjonovich



Farg’ona-2022

Mundarija.

Obyektga yo’naltirilgan dasturlashning asosiy ustunlaridan biri polimorfizmdir. Polimorfizm yunoncha so’z bo’lib, “ko’p shaklli” degan ma’noni va koʻp shakllarga ega boʻlishni anglatadi. Oddiy soʻzlar bilan aytganda, sinfning metodi turli vaziyatlarda turlicha amal bajaradi. Polimorfizm ikki yoki undan ortiq o’xshash, ammo texnik jihatdan har xil masalalarni yechishda bir xil nomdan foydalanishga imkon beradi. Masalan, odam bir vaqtning oʻzida turli xil xususiyatlarga, ya’ni bir vaqtning oʻzida ota, farzand, xodim boʻlishi mumkin. Shunday qilib, bir odam turli vaziyatlarda turli xil xatti-harakatlarga ega bo’ladi va bunga polimorfizm deyiladi. Polimorifzmning ikkita xili mavjud: birinchisi, bir klassning ichida bir xil nomli, qabul qiluvchi qiymatlari soni va turi boʻyicha farq qiluvchi metodlardan foydalanish. Bu polimorfizm asosan bir xil vazifani bajaruvchi koʻplab turli nomdagi metodlar yaratilishini oldini oladi, yaʼni murakkablikdan qochish uchun qo’llaniladi. Ikkinchi xildagi polimorfizmda esa, ota klassdagi metod bola klassda qayta yoziladi. Ular: 9
1.Static polimorfizm 9


Kirish
Biz tezkor texnikaviy taraqqiyot shiddat bilan rivojlanayotgan va muntazam yangilanayotgan zamonaviy yuqori texnologiyalar, axborot-kompyuter tizimlari asrida yashayotganimizni unutmasligimiz kerak.
I.A. Karimov
Bugungi kunda insonni uning axborotni qayta ishlash bo'yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar bilan qurollantirish — axborotlashtirish sanoatini jadal rivojlantirishni talab etuvchi eng muhim texnik, iqtisodiy vazifa hisoblanadi. Iqtisodiyotda axborot texnologiyalaridan foydalanish iqtisodiy axborotlar sifati, uning aniqligi, obyektivligi, tezkorligini va buning natijasi sifatida esa boshqaruv qarorlarini o'z vaqtida qabul qilish imkoniyati oshishini ta’minlaydi. Demak, axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish shu kunning eng dolzarb vazifalardan biri bo'lib, bu jamiyat taraqiyotining asosiy omili hisoblanadi. Axborot texnologiyalarini joriy qilishning asosiy mezoni har bir insonning, har qanday bozor munosabatida va davlat boshqaruvida yo'naltirilgan bo'lishidan iborat. Axborot texnologiyalari inson faoliyatining barcha sohalarida qo'llaniladigan, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy tuzilishga ega bo'lgan axborot tizimini o'z ichiga oladi. Axborot texnologiyasi — axborot resurslarining ishonchliligi va tezkorligini ta’minlovchi, ulardan foydalanish xarajatlarining kamayishini ta’minlovchi usul, ishlab chiqarish jarayoni va dasturiy texnik vositalarini yagona texnologik zanjirga birlashtirgan holda axborotlarni yig'ish, qayta ishlash, saqlash va uzatish jarayonidir. Axborot tizimlari va texnologiyalari yildan-yilga kishilik faoliyatining turli sohalarida yanada keng qo'llanilib borilmoqda. Ulami yaratish, ishga tushirish va keng qo'llashdan maqsad — jamiyat va insonning butun hayot faoliyatini axborotlashtirish borasidagi muammolarini hal etishdir. „Barchamiz bir haqiqatni anglab yetishimiz lozim — O'zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Buning tasdig'ini tashqi dunyo bilan 4 aloqalarimiz toboro kengayib borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi davlatlar ko'magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo'yicha dasturlarning amalga oshirilayotganida va boshqa misollarda yaqqol ko'rishimiz mumkin", deb ta’kidlagan edi respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov.
Bugungi kunda kompyuter inson faoliyatining turli sohalariga kirib
bormoqda. Bu o`z navbatida dasturchilarga bo`lgan talabni oshiradi. Dasturlash faninining rivojlanishi bevosita kompyuterlarning rivojlanishi bilan bog`liqdir. O`tgan asrning o`rtalarida kompyuterlarning yaratilishi, ular bilan parallel ravishda uning dasturiy ta`minotini ham rivojlanishiga sabab bo’ldi.
Kompyuterlarning texnik ta`minotini rivojlanishi bilan ular uchun turli dasturiy
mahsulotlar yaratila boshlangan va yaratilmoqda, hamda kompyuterlarning texnik
ta`minoti bilan parallel darajada rivojlanib bormoqda. Dasturiy ta`minotsiz
kompyuterlarning oddiy qutidan farqi qolmas edi. Algoritmlarni turli usullarda tasvirlash mumkin. Masalan: so‘z bilan ifodalash; formulalarda berish; blok-sxemalarda tasvirlash; dastur shaklida ifodalash va boshqalar.
Algoritmlarni blok-sxema ko‘rinishda tasvirlash qulay va tushunarli bo‘lgani uchun ko‘p ishlatiladi. Bunda algoritmdagi har bir ko’rsatma o’z shakliga ega. Masalan: parallelogramm ko’rinishdagi belgi ma’lumotlarni kiritish va chiqarish; to’g’ri to’rtburchak belgisi hisoblash jarayonini; romb belgisi shartlarning tekshirilishini bildiradi.
Hayotimizda algoritmlarni turli sohalarda ba’zan bilgan holda ba’zan esa bilmagan holda ishlatamiz. Algoritmlar faqat matematik xarakterga ega bo’lmasdan ularni oddiy hayotiy turmushimizda ham ko’p qo’llaymiz. Masalan, ovqat tayyorlash, choy damlash, biror berilgan ishni bajarish va boshqa. Bu ishlarni bajarishda ma’lum bo’lgan aniq ko’rsatmalarni ketma-ket bajaramiz. Agar bu ko’rsatmalar aniq bir ketma-ketlik tartibida bajarilmasa kerakli natijani ololmaymiz. Hozirgi vaqtda bir qancha dasturlash tillari mavjud bolib, ular har xil sohaga doir masalalarni hal qilishda ishlatiladi. C# dasturlash tili visual dasturlash texnologiyasini qo`llash asosida turli darajadagi qiyinchilikdagi masalalarni tez hal qilish imkonini beradi. Hozirda Axborot texnologiyalari jadal suratlar bilan rivojlanib bormoqda va hayotning barcha sohalariga tatbiq etilmoqda. Axborot texnologiyalaridan foydalanish foydalanuvchiga ko`pgina qulayliklar yaratib maqsadga tez va sifatli erishishga yordam beradi. Shu jumladan, hozirda o`quv jarayoniga Axborot texnologiyalarini keng jalb etish yaxshi natijalarga olib kelishi isbotlangan faktdir. Biz ushbu kurs ishi davomida dastur tuzish jarayonida yuzaga keladigan
favqulodda vaziyatlar bilan tanishib chiqamiz. Ushbu favqulodda vaziyatlarni hal
qilish uchun biz C# dasturlash tilidan foydalanamiz. Axborot texnologiyalaridan
foydalanishda foydalanuvchilar ish vaqti davomida ko`plab kutilmagan
xatoliklarga duch kelishadi. C # dasturlash tili bunday muammolarni hal qilishning
eng samarali vositalaridan biridir.

Download 221.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling