I. A. Karimov Bugungi kunda insonni uning axborotni qayta ishlash bo'yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar bilan qurollantirish axborotlashtirish sanoatini jadal rivojlantirishni talab etu


Download 221.49 Kb.
bet3/8
Sana24.12.2022
Hajmi221.49 Kb.
#1053715
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishiNozima

OYD ning asosiy to’rt ustuni:
•Abstraktsiya
•Inkapsulyatsiya
•Vorislik
•Polimorfizm
obyektga yo’naltirilgan dasturlashning asosiy ustuni hisoblanadi. Ya’ni OYD ni bularsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Abstraktsiya(abstraction) – OYD ga barcha chegaralarni aniq belgilab beradigan eng muhim va zarur xususiyatlaridan biridir.
Inkapsulyatsiya(encapsulation) – bu ma’lumotlar va ushbu ma’lumotlarni boshqaradigan kodni birlashtiruvchi va ikkalasini ham tashqi buzilish yoki noto’g’ri foydalanishdan himoya qiluvchi mexanizm. Ma’lumotlarni bir butun sifatida yig’ish deb ham ta’riflanadi.
Vorislik(inheritance) – bu bir obyekt boshqasining xususiyatlarini egallashi mumkin bo’lgan jarayon, ya’ni obyekt boshqa obyektning asosiy xususiyatlarini meros qilib olish va o’ziga xos xususiyatlarni qo’shishi mumkin.
Polimorfizm(polymorphism) – obyektning turiga qarab u bilan o’ziga xos ravishda ishlash qobiliyati.
Bulardan vorislikka to’xtalib o’tsak:
Vorislik(inheritance) - Obyektga yo’naltirilgan dasturlash(OYD)ning muhim tamoyillaridan biridir. Voris orqali bir sinf boshqa sinfning funksionalligini o’zlashtirishi mumkin, ya’ni voris sinflar umumiy xususiyatlarni vorislik bilan olgan holda, ayrim xususiyatlarni qayta aniqlash orqali yoki yangi xususiyat kiritish orqali tayanch sinfga o’zgartirish mumkin. Shu sababli hosilaviy sinflarni aniqlash sezilarli ravishda kamayadi, chunki unga tayanch sinfdan farqli elementlar qo’shiladi.
Vorislikda bir qator cheklovlar mavjud:

  • Bitta sinf bir nechta sinflarning vorisi bo’la olmaydi, sinf faqat bitta sinfning vorisi bo’la oladi.

  • Voris sinfning ruxsat modifikatori asosiy sinfning ruxsat modifikatoriga o’xshash yoki undan chekliroq bo’lishi kerak. Masalan, agar asosiy sinf internal ruxsat modifikatoriga ega bo’lsa, u holda voris sinf internal yoki private ruxsat modifikatoriga ega bo’lishi mumkin, lekin public modifikatoriga emas.

  • Agar sinf sealed modifikatori bilan e’lon qilingan bo’lsa, u holda siz ushbu sinfdan voris sinf hosil qila olmaysiz.

  • Static modifikatoriga ega sinfdan ham voris sinf hosil qilib bo’lmaydi.



Voris sinfni e’lon qilish quyidagicha:
class Oila : Baxt
{
//voris sinf tanasi
}
Voris sinflar tarkibida polimorfizmdan foydanish mumkin.
4-§. Polimorfizm

Obyektga yo’naltirilgan dasturlashning asosiy ustunlaridan biri polimorfizmdir. Polimorfizm yunoncha so’z bo’lib, “ko’p shaklli” degan ma’noni va koʻp shakllarga ega boʻlishni anglatadi. Oddiy soʻzlar bilan aytganda, sinfning metodi turli vaziyatlarda turlicha amal bajaradi. Polimorfizm ikki yoki undan ortiq o’xshash, ammo texnik jihatdan har xil masalalarni yechishda bir xil nomdan foydalanishga imkon beradi. Masalan, odam bir vaqtning oʻzida turli xil xususiyatlarga, ya’ni bir vaqtning oʻzida ota, farzand, xodim boʻlishi mumkin. Shunday qilib, bir odam turli vaziyatlarda turli xil xatti-harakatlarga ega bo’ladi va bunga polimorfizm deyiladi. Polimorifzmning ikkita xili mavjud: birinchisi, bir klassning ichida bir xil nomli, qabul qiluvchi qiymatlari soni va turi boʻyicha farq qiluvchi metodlardan foydalanish. Bu polimorfizm asosan bir xil vazifani bajaruvchi koʻplab turli nomdagi metodlar yaratilishini oldini oladi, yaʼni murakkablikdan qochish uchun qo’llaniladi. Ikkinchi xildagi polimorfizmda esa, ota klassdagi metod bola klassda qayta yoziladi. Ular:

1.Static polimorfizm


2.Dinamik polimorfizm
deb ataladi. Statik polimorfizmga metodlarni qayta yuklash va ularni qayta e’lon qilish kiradi. Ushbu tur kompilyatsiya vaqti polimorfizmi (Compile Time Polymorphism) deb ham yuritiladi. Chunki u qaysi metod yoki funksiyani chaqirishni kompilyatsiya vaqtida aniqlashtirib oladi va mos keladigan metod yoki funksiya topilmasa xatolik qaytariladi.
Quyida “Algebra” sinfida bir xil nomga ega ikkita “Add” metodi mavjud va bu metodlar faqat parametrlari bilan farqlangan. 1 – “Add” metodining vazifasi 2 ta butun sonni qabul qilib, ularning yig’indisini qaytarish. 2 – “Add” metodining vazifasi 3 ta butun sonni qabul qilib, ularning yig’indisini qaytarish:

class Algebra


{

Download 221.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling