I. A. Karimov Bugungi kunda insonni uning axborotni qayta ishlash bo'yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar bilan qurollantirish axborotlashtirish sanoatini jadal rivojlantirishni talab etu


Download 221.49 Kb.
bet2/8
Sana24.12.2022
Hajmi221.49 Kb.
#1053715
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishiNozima

Kurs ishining maqsadi: C# dasturlash tilida polimorfizm tushunchasi va undan foydalanish.
Kurs ishi vazifalari:
Obyektga yo’naltirilgan dasturlash haqida ma’lumot berish
Polimorfizm haqida umumiy tushunchalar va undan foydalanish
Polimorfizmda override va virtual metodlardan foydalanish
Kurs ishi tarkibi: Kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar, ilovalar.
1-§.Algoritmik tillar
Amaliyotda algoritm ijrochisi kompyuter hisoblanadi. Shuning uchun kompyuter uchun tuzilgan algoritm u tushunadigan tilda tasvirlanishi kerak. Ijrochi (kompyuter) berilgan buyruqlarni aniq va to’g’ri bajarishi uchun unga beriladigan buyruqlar yozilishi aniq va ijrochi tomonidan bir xil tushunilishi lozim. Shu sababli kompyuter tushunadigan til dasturlash tili, bu tilda yozilgan algoritm esa kompyuter dasturi deyiladi. Masalani yechish algoritmi ishlab chiqilgandan so’ng dastur tuziladi. Dastur - bu berilgan algoritmga asoslangan biror bir algoritmik tilda yozilgan ko’rsatmalar, ya’ni buyruqlar yoki operatorlar to’plamidir. Dasturlash - esa bu dastur tuzish jarayoni bo’lib, u quyidagi bosqichlardan iboratdir:
•Dasturga bo’lgan talablar;
•Qo’yilgan masala algoritmini tanlash yoki ishlab chiqish;
•Dastur kodlarini (matnlari, buyruqlarni) yozish;
•Dasturni to’g’rilash va test o’tkazish.
Hozirgi kunda juda ko’plab algoritmik tillar mavjud. Ularni dasturlash tillari deb ataymiz. Algoritmik til - algoritmlarni bir xil va aniq yozish uchun ishlatiladigan belgilashlar va qoidalar tizimidir. Algoritmik til oddiy tilga yaqin bo’lib u matematik belgilarni o’z ichiga oladi. Tuzilgan algoritmlarni to’g’ridan-to’g’ri mashinaga berib bo’lmaydi, shu sababli yozilgan algoritmni biror bir algoritmik tilga o’tkazish zarur. Har qanday algoritmik til o’z qo’llanilish sohasiga ega. Masalan, muxandislik hisob ishlarini bajarishda Paskal, Beysik va Fortran. Iqtisod masalalarini echishda Paskal va Kobol. Mantiqiy dasturlash uchun Prolog va boshqalar. O’quv jarayonlari uchun Beysik, Paskal va boshqalar. Paskal, Fortran va Kobol tillari universal tillardan hisoblanadi. Assembler tili mashina tiliga ancha yaqin til bo’lib o’rta darajadagi tildir. Algoritmik til inson tillariga qancha yaqin bo’lsa, u tilga yuqori darajali til deyiladi. Mashina tili esa eng pastki darajali tildir.
Masalalarni yechish bosqichlari
Kompyuterda masalani yechish bosqichlari quyidagilar:
 Masalani qo’yish va uning matematik modelini ishlab chiqish. Ushbu bosqichda boshlang’ich malumotlar tarkibi aniqlanadi. Masalani qo’yish odatda yechiladigan masalaning asosiy xususiyatlarini og’zaki tavsiflash bilan tugallanadi va so‘ngra, masala matematik modeli yoziladi.
Yechish usulini tanlash. Masala matematik ifodalanib bo’lgandan so’ng uni yechish usuli tanlanadi. Bunda izlanayotgan natijalarning boshlang’ich ma’lumotlarga bog’liqligini aniqlaydi. Hozirgi zamon hisoblash matematikasi fan va texnikaga oid turli masalalarni yechish uchun ko’plab sonli usullarga ega.
 Masalani yechish algoritmini ishlab chiqish. Bu bosqichda kompyuterda masalani yechish uchun bajariladigan amallar(buyruqlar) ketma-ketligi tavsiflanadi. Biz buni algoritmlash deb ataymiz.
Dasturlash. Bunda algoritm biror algoritmik tilga ko’chiriladi.
Dasturni kiritish va xatolarini tuzatish.
Masalani bevosita kompyuterda yechish va natijalarni tahlil qilish. Bunda dasturda kerakli boshlang’ich qiymatlar berilib kompyuterda natija olinadi va tahlil qilinadi. Bu bosqichda agar kerak bo’lsa algoritm va dastur modernizatsiya qilinishi ham mumkin. Yangi olingan ma’lumotlar asosida kerakli xulosalar ishlab chiqiladi. Bu ma’lumotlar qo’yilgan masalani turlicha tahlil qilishga, murakkab jarayonlarni tushunishga, olamshumul yangiliklarning ochilishiga, yangi nazariyalarning, texnika mo’jizalarining yaratilishiga xizmat qiladi. Umuman olganda «Model-algoritm-dastur» uchligi modellashtirishning intelektual mag’zini tashkil etadi, bunday uchliksiz kompyuterda murakkab masalalarni echishda muvaffaqiyatga erishib bo’lmaydi.
2-§. C# dasturlash tili tarixi
C# tili 1972-yilda Nyu-Djersi shtatining Myurrey-xill shahrida Bell
Laboratories kompaniyasining tizimli dastur tuzuvchisi Dennis Richie tomonidan
yaratilgan. Bu til oʻzini shunchalik yaxshi koʻrsatdiki, oxir oqibatda unda Unix
operatsion tizimlarining 90 % yadro kodlari yozildi (oldin quyi darajadagi til
assemblerda yozilgan). C# ning vujudga kelishidan oldinroq yaratilgan tillardan
(Pascal ulardan eng mashhuri hisoblanadi) yetarli darajada muvaffaqiyatli
foydalanilgan, lekin aynan C# tili dasturlashning zamonaviy davri boshlanishini
belgilab berdi. 1960-yillarda dasturlash texnologiyalaridagi strukturaviy
dasturlashlarning paydo boʻlishiga olib kelgan inqilobiy oʻzgarishlar C# tilini
yaratish uchun asosiy imkoniyatlarni belgilab berdi. Strukturaviy dasturlashlarning
paydo boʻlishiga qadar katta dasturlarni yozish qiyin boʻlgan, satr kodlari
miqdorining oshishi sababli dasturlarning oʻtish joylari chalkash massalariga
aylanib ketishiga olib keladi. Strukturaviy tillar dastur tuzuvchi instrumentariysiga
shartli operatorlarni, lokal oʻzgaradigan tartiblarni va boshqa mukammallashtirishlarni qoʻshib bu muammoni hal qildi. Shunday tarzda, nisbatan
katta dasturlarni yozish imkoniyati vujudga keldi. Aynan C# tili kuch, elegantlik va
maʼnodorlikni oʻzida muvaffaqiyatli birlashtirgan birinchi strukturaviy til boʻldi.
Uning boʻlishi mumkin boʻlgan xatolar masʼuliyatini tilga emas, dastur tuzuvchi
zimmasiga yuklaydigan prinsiplar bilan inobatga olgan holda sintaksisdan
foydalanishdagi qisqalik va osonlik kabi xususiyatlari tezda koʻplab tarafdorlarini
topdi. Bugungi kunda biz mazkur sifatlarni oʻz-oʻzidan anglashiladigan deb
hisoblaymiz, lekin C# da birinchi marotaba dastur tuzuvchiga zarur boʻlgan ajoyib
yangi imkoniyatlar mujassamlashtirilgan. Natijada, 1980- yillardan boshlab C#
strukturaviy dasturlash tillari orasida eng koʻp foydalaniladiganlaridan biri boʻlib
qoldi. C# dasturi 90-yillarning oxiridaa ishlab chiqilib, Microsoft.NET ning bir qismiga aylandi. Al`fa versiya sifatida 2000-yildan boshlab ishlatila boshlandi. C# bosh arxitektori butun dunyo dasturchilari ichida birinchilar qatorida turgan va butun dunyo tomonidan tan olingan Anders Heylsberg bo`ldi. Uni 1980-yillarda chiqargan Turbo Paskal dasturi orqali ham tanishimiz mumkin. C# bevosita C, C++ va Java bilan bog`liq. Chunki, bu uchta til dasturlash olamida eng mashhur tillardir. Bundan tashqari, professional dasturchilar C va C++da va juda ko`pchilik Java tilida ish yuritadi. Hozirgi kunda C# dasturlash tili yuqori bosqichli dasturlash tillari ichida
eng samarali dasturlash tillaridan hisoblanadi. C# dasturlash tilida dastur tuzish
uchun Visual Studio .NET muhitidan foydalanamiz. C# dasturlash tili obyektga
yo`naltirilgan dasturlash tili hisoblanadi.

3-§. OYD asoslari


Obyektga yo’naltirilgan dasturlash (Object Oriented Programming - OOP) – bu kompyuter dasturlash modeli bo’lib, bunda ma’lumotlar va obyektlar asosida dasturiy ta’minot dizayni ishlab chiqiladi. U sinf(class) tushunchasi bilan bog’liq bo’lgan dasturlash usuli hisoblanadi. OYD dastur protsedurasiga emas balki, dasturlash mobaynida obyektga diqqatni qaratish yo’lida ishlab chiqilgan. Obyekt biz atrofimizda ko’rgan har qanday narsa bo’lishi mumkin. OYD katta va murakkab dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish uchun juda qulay hisoblanadi va uning asosiy maqsadi ham murakkab kodni osonlashtirishdir. Obyektga yo’naltirilgan dasturlash real hayotga yaqin, chunki, biz har biror doim obyekt bilan ishlaymiz. Obyektga yo’naltirilgan dasturlash atamasi dastlab 60-yillarning o’rtalarida, Simula-67 dasturlash tilida paydo bo’lgan. Ammo bu til FORTRAN, ALGOL, PL/1 kabi tillarga nisbatan o’zining imkoniyatlari past bo’lganligi hamda shu davrda yechish talab qilingan masalalar uchun yetarli vositalarni taklif qila olmagani uchun dasturchilar orasida keng ommalasha olmagan. Keyinchalik obyektga yo’naltirilgan dasturlash Smalltalk, Object Pascal, C++, Ada, hozirda esa C# kabi yuqori darajali dasturlash tillarining topologiyasi asosida rivojlandi va ommalashdi.


•OYD ning boshlang’ich asosiy tushunchalari:
Obyekt – bu xususiyatlar va xatti-harakatlarga ega bo’lgan shaxs yoki narsa buyumdir. Obyektlar odatda qandaydir sinfning vakili bo’ladi. Dasturiy ta’minot obyektlari ko’pincha kundalik hayotda uchraydigan real dunyo obyektlarini modellashtirish uchun ishlatiladi.
Sinf(class) – bu obyektlar yaratish uchun shablon. Ushbu tushuncha real dunyo obyektining holati va xatti-harakatlarini modellashtirishni anglatadi. Ya’ni obyektlar o’zlarida ma’lumot saqlasalar, sinflar esa obyektlar qanday ma’lumotlar saqlay olishini belgilab beradi.
Bugungi kunda turli xil obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash tillari mavjud. Ammo quyida baʼzi mashhur va keng qoʻllaniladigan OYD tillarini roʻyxatga keltirilgan. TIOBE indeksiga koʻra, eng yaxshi yigirmata OYD tillari Java, C++, C#, Python, R, PHP, Visual Basic.NET, JavaScript, Ruby, Perl, Object Pascal, Objective-C, Dart, Swift, Scala, Kotlin, Common Lisp, MATLAB va Smalltalk.

Download 221.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling