Umum ped na amal-O`um 13-14


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet270/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   296
4- MASALA: «Kimyo fani o‘qituvchisi mening sevimli o‘qituvchim edi. U o‘zining fanini juda yaxshi bilar va 
har bir darsda qandaydir yangilikni etkazishga harakat qilardi. U bizga gapirib berayotgani uning bilimining kichik bir 
bo‘lakchasi ekanligi sezilib turardi. Ilgari kimyo faniga qiziqmagan ko‘pgina o‘quvchilar ham bu fanga qiziqib 
qolishdi va kimyo to‘garagiga qatnay boshlashdi. U har bir o‘quvchiga e`tibor bilan qarardi. Uning sevimli 
o‘quvchilari borligi, ularga qo‘yilayotgan talabning kattaligidan sezilib turardi. VIII sinfda biz u bilan fan yuzasidan 
bahslashish darajasiga etdik. Har qanday holatda ham u g‘olib chiqardi. Agar o‘quvchilar u bilan teng bahslasha olsalar
yoki g‘olib chiqsalar o‘qitiuvchimiz juda xursand bo‘lardilar». 
O‘quvchining sevimli o‘qituvchisi haqidagi hikoyasini tahlil qiling. O‘qituvchi muvaffaqiyatining sababi 
nimada deb bilasiz? Kimyo o‘qitish davomida u qanday usullardan foydalangan? 
5- MASALA: «IX sinfda bizga yangi o‘qituvchi keldi. Birinchi darsidanoq bizga qattiq va qo‘pol muomala 
qila boshladi. U bizni o‘zidan uzoqlashtira boshladi, biz ham shunga mos javob qaytardik. Balki biz o‘qituvchiga 
nisbatan noto‘g‘ri yo‘l tutgandirmiz, lekin har bir darsda «Axmoqlar, aqli pastlar» kabi so‘zlarni eshitaverganimizdan 
so‘ng boshqa choramiz qolmadi.
Bir kuni o‘quvchilardan biri o‘zini tuta olmay o‘qituvchiga «Asablaringizni davolating» deb yuborganligi 
uchun uni maktabdan haydashdi. O‘qituvchi haq, o‘quvchi esa aybdor bo‘lib qolaverdi. Agar o‘qituvchi bizga 
«yovvoyi hayvonlarga» emas, balki insonga qilgandek muomala qilganda edi bu hodisa yuz bermas edi. Biz ham uni 
hurmat qilgan bo‘lardik». 
IX sinf o‘quvchilarining tahririyatga ushbu mazmunda xat yozishiga nima sabab bo‘lgan? O‘qituvchi darsda 
qanday yo‘l tutishi kerak edi? Darsda ishchan muhitni yaratishning asosida nima yotadi deb o‘ylaysiz? 
6- MASALA: Bir a¸l shunday fikr bildiradi: «Bizning oilamizda har xil ixtisosdagi kishilar bor. Turmush 
o‘rtog‘im - muxandis, men- muxbir, otam- hisobchi, onam- tikuvchi. Ishonamanki, qizim har tomonlama rivojlangan 
odam bo‘lib etishadi». 
A¸l haqmi? Uning fikrini bola rivojlanishi qonunlari nuqtai nazaridan tanqidiy tahlil qiling. 
 
7- MASALA: Bir ona shunday deydi: «Men bolaning rivojlanishi uchun unga u ishlata oladigan turli 
buyumlarni berish kerak, deb eshitgan edim. Shu sababli uch yashar o‘g‘limning stol ustidan, shkafdan turli narsalarni 
olishiga ruxsat beraman. Unga tez-tez yangi o‘yinchoqlar sotib olaman. Lekin u ko‘p o‘tmay bu buyumlarni har yoqqa 
otib tashlaydi va xonada kaltak ko‘tarib chopib yurishni hamma narsadan yaxshi ko‘radi. Men o‘g‘limning bu borishida 
yaxshi rivojlanishiga ishonmayman. Nimada xato qilayotganimni bilmayman.» 
Onaga xatosi nimaligini va bolani rivojlantirish uchun turli buyumlardan qanday foydalanish kerakligini uqtiring. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling