Umum ped na amal-O`um 13-14
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘qitishning reproduktiv metodini qachon qo‘llash mumkin
Pedagogik test:
1. Faraz qiling: Siz teatrda o‘tiribsiz. Teatr artistlari o‘z rollarini qoyilmaqom qilib ijro etishmoqda. Siz bexosdan qarsak chalib, «bravo»-deb xitob qilganingizni ham sezmay qoldingiz. Xitobingizni qarsak bilan tasdiqlamoqdasiz. Qarsak chalish jarayonida qaysi panjangiz yuqorida joylashganiga e‘tibor qiling. Agar, masalan, o‘ng panjangiz yuqorida joylashgan bo‘lsa, unda biron varoqqa «O‘» deb belgilab qo‘ying, yoki aksincha chap panjangiz yuqorida joylashgan bo‘lsa «Ch» deb belgilang. 2. Fransuz imperatori Bonapart Napoleon mushkul vaziyatda qo‘llarini chalishtirib mushohada qilishni yoqtirar edi. Faraz qiling: Siz ham chuqur o‘yga cho‘mdingiz, yoki kimnidir kutmoqdasiz. Shu paytda qo‘llaringizni chalishtirdingiz. Bunda qaysi qo‘lingiz dominantalik qilmoqda? Masalan, chap qo‘lingiz o‘ng qulingizning ustida joylashgan bo‘lsa, varoqqa «Ch» deb belgilaysiz va aksincha. 3.Ma‘ruzaga kechikkan talaba ko‘p hollarda eshik tirqishidan mo‘ralaydi. Shunday vaziyatlarda Sizning qaysi ko‘zingiz dominantalik qiladi? «Ch» yoki «O‘» ekanligini belgilang. Test xulosasi: Varoqdagi «O‘» yoki «Ch» harflarining belgilanishiga qarab, insonning chap yoki o‘ng miya yarim sharlari faoliyatini aniqlash mumkin. Ma‘lumki, insonning o‘ng qo‘li, o‘ng ko‘zi, ung oyog‘i va boshqa o‘ng tomonlari xatti-harakati uchun chap miya yarim shari javob beradi va aksincha. Masalan, Sizning javoblaringizda «Ch» harfi ko‘p belgilangan bo‘lsa, unda Sizning o‘ng miya yarim shari faoliyatingizda dominantalik qiladi va aksincha. O‘qitishning reproduktiv metodini qachon qo‘llash mumkin? Bu usullar o‘quvchilarning yangi tushuncha, hodisa va qonunlarni bilishdagi ijodiy faolliklari darajasini baholash asosida qismlarga ajratiladi. Reproduktiv usullar o‘quvchilarning o‘quv materiallarini mustahkamroq eslab qolishlarini ta‘minlash, bilishga doir faoliyatni bevosita boshqarish, kamchiliklarni tez aniqlash uchun amaliy ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish maqsadida qo‘llaniladi. Reproduktiv usullar - o‘quv materialining mazmuni asosan axborot xarakterida bo‘lsa, amaliy harakatlarning usullarini ta‘riflasa, o‘quvchilarning bilimlarini mustaqil qidirib ola bilishlari uchun juda yangi hisoblansa, vaziyatlarni hal qilish uchun tayyor bilimlar yo‘q bo‘lsa samarali qo‘llanadi. Bu usulda tafakkur qilish katta samara beradi. Reproduktiv usulda o‘quvchilar ilgari yoki yaqinda egallagan bilimlarini qo‘llaydi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling