Umum ped na amal-O`um 13-14
Muammoli ta‘lim nima? Qanday qilib muammoli vaziyat yaratish mumkin
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qanday holda induktiv va deduktiv usullar qo‘llaniladi
Muammoli ta‘lim nima? Qanday qilib muammoli vaziyat yaratish mumkin?
Muammoli deyilganda o‘quv materialini o‘quvchilar ongida ilmiy izlanishga o‘xshash bilish vazifalari va muammolari paydo bo‘ladigan qilib o‘rganish tushuniladi. O‘quvchilarning fikrlash faoliyatida mantiqiy to‘g‘ri, ilmiy xulosalarni izlash va o‘zlashtirishga rag‘batlantiradigan muammoli vaziyatlar vujudga keladi. Har qanday ta‘lim o‘quvchi uchun muammolidir. O‘quvchi ongida muammoli vaziyatni vujudga keltirish, o‘quvchining faol fikrlash faoliyati o‘quv materialini puxta o‘zlashtirib olishlari haqida sharq pedagoglari qimmatli fikrlar aytib o‘tganlar. Mutafakkir Abu Rayxon Beruniy (937-1048) didaktik qarashlarida o‘quvchilarni o‘qitish hamda tarbiyalash jarayonida birinchidan turli mavzularda mulohazalar yuritishni, o‘quvchining zerikmasligini, zo‘riqmasligini ta‘kidlagan. Muammoli vaziyatda: o‘quvchi uchun bilish qiyinchiligiga ega, ya‘ni o‘rganilayotgan muammo ustida fikr yuritish; o‘quvchilarda bilishga qiziqish o‘yg‘otish; UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 35 tahlil jarayonida o‘quvchilarning avvalgi tajribasi va bilimiga suyanish. Ta‘lim jarayonida muammoli vaziyatni vujudga keltirish, undan foydalanish usullarini yaratish, ta‘lim tizimining har bir bosqichida o‘rganiladigan fanlarga xosdir. Muammoli vaziyat fanning mazmuni o‘ziga xos xarakter xususiyatlari, uni o‘rganish usullarini hisobga olgan holda yaratiladi. Ta‘lim jarayonida o‘qitishning induktiv va deduktiv usullariga ehtiyoj sezilmoqda. Qanday holda induktiv va deduktiv usullar qo‘llaniladi? Ayniqsa deduktiv o‘qitishga talab va e‘tibor kuchaydi. Bu usulda tafakkur qilish katta samara beradi. Induktiv yoki deduktiv usullarni qo‘llash o‘rganilayotgan mavzu mazmunini ochishning ma‘lum mantiqini - xususiydan umumiyga yoki umumiydan xususiyga o‘tishni tanlashni anglatadi. Induktiv usullar texnik qurilmalarni o‘rganishda va amaliy topshiriqlarni bajarishda keng qo‘llaniladi. Deduktiv usul o‘quv materialini tezroq o‘tishga yordam beradi, tafakkurni bir muncha faol rivojlantiradi. Nazariy materialni o‘rganishda anchagina umumiy holatlardan ayrim oqibatlarni aniqlashni talab qiluvchi masalalarni yechishda deduktiv usulni qo‘llash ayniqsa foydalidir. Jeff Halstead fikricha: ―Agar sinfning katta qismida o`zlashtirish, bilim va ko`nikmalar yetishmayotgan bo`lsa, u holda butun guruhni oldinga harakatlantirish faoliyati bilan ta‘minlash mumkin. Agar o`zlashtirolmaydiganlar qismi kamroq bo`lsa, unda o`qituvchi ularni tabaqalashtirish orqali bir xil bilim darajaga ega bo`lgan yoki bir xil konseptual akl atrofida bo`lganlarni ajratilishi mumkin. O`qituvchilar toki o`z o`quvchilarini omadini guvohi bo`lmagunlaricha dars bilan birga oldinga intilmaydilar. Ular shuningdek, yordamga muxtoj talabalarga yordam berish g`oyasini amalga oshirishlari kerak bo`ladi. Agar o`quvchilar darsga yoki oldindagi ishlarga tayyor bo`lishmasa, ular o`zlari uchun kurashishlariga to`g`ri keladi, extimol muvaffaqqiyat o`z salohiyatlarini ko`rsatishar‖ 1 Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling