18-mavzu:
O‘QUVCHILARNI MA‘NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASH.
REJA:
1. Axloq va axloqiylik haqida tushuncha. Axloqiy tarbiya mazmuni.
2. Ma‘naviy-axloqiy tarbiyani amalga oshirish yo‘llari.
3. Komil insonning ma‘naviy sifatlari. Inson komilligi mezonlari.
4. Oila - jamiyatning asosiy bo‘g‘ini. Oilaning maqsadi va vazifalari.
5. Oilaning maktab va jamoatchilik bilan hamkorligi
Tayanch so`z va iboralar
Axloq, axloqiylik, axloqiy tarbiya mazmuni, ma‘naviy-axloqiy tarbiya, komil inson, ma‘naviy sifatlar, inson
komilligi mezonlari, odob, xulq, madaniyaт, nazokat, ma'naviyat, oila, oila - jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, oilaning
maqsadi va vazifalari, oilaning maktab va jamoatchilik bilan hamkorligi
Ma‘ruzani boshlashdan oldin, axloq tushunchasiga Klaster tuzib olaylik. «Axloq» deganda xayolingizga qanday
fikrlar keladi?
Talabalar guruhlarga bo‘linish qoidalari asosida kichik guruhlarga bo‘linadilar. Har bir guruh o‘zaro hamkorlikda
«Axloq» tushunchasiga klaster tuzib, taqdimotni o‘tkazishadi (10 minut). Klaster tuzish qoidalari doskada ko‘rsatib
qo‘yiladi (Bu qoidalar oldingi mavzularda berilgan).
Ularga yordam tariqasida quyidagi sxemani taqdim qilish mumkin.
2-30-chizma
Axloq o‘zi nima?
Axloq, xulq va atvor so‘zlari arabcha bo‘lib, ular o‘zbek tilida ham o‘z ma‘nosida ishlatiladi. Axloq ijtimoiy
ong shakllaridan biri, ijtimoiy qoida bo‘lib, bu tartib-qoida ijtimoiy hayotning istisnosiz hamma sohalarida kishilarning
xatti-harakatlarini tartibga solish funksiyasini bajaradi. Axloq- ijtimoiy ong shakllaridan biri hisoblanib, har bir
kishining jamiyat va oiladagi yurish-turishi, tartib- qoidalarining yig‘indisi sifatida gavdalanadi. Demak, jamiyatga,
oilaga, mehnatga bo‘lgan munosabatlarda axloq namoyon bo‘ladi.
Quyidagi donolarimiz bisotidan keltirilgan jumlalarni o‘qing va mushohada qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |