Umum ped na amal-O`um 13-14
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
98 Milliy an‘analarni o‗rganish, targ‗ib etish bilan bir qatorda to‗y-marakalarni, odat va udumlarni ixchamlashtirish, bu borada isrofgarchilik va dabdababozlikka yo‗l qo‗ymaslikka alohida e‘tibor qaratish darkor. Ma‘naviy-ma‘rifiy muassasalar. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov «Jamiyat taraqqiyotining asosi, - degan edi, - uni muqarrar halokatdan qut-qarib qoladigan yagona kuch - ma‘rifatdir» 1 . «Tarix - xalq ma‘naviyatining asosidir». Qadrlar tayyorlash milliy dasturida «Ma‘naviy-axloqiy tarbiya va ma‘rifiy ishlar»ga alohida e‘tibor berilgan. yosh avlodni ma‘naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniytarixiy an‘analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi ta‘minlanadi 62. Umumiy hamda pedagogik madaniyatni oshirish maqsadida, mamlakat aholisi orasidagi ma‘rifiy ishlar takomillashtirilib boriladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta‘kidlaganidek, «Millat bor ekan, milliy davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an‘ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni o‗z ta‘siriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan o‗z manfaati yo‗lida foydalanishga intilish va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar. Shu ma‘noda, bunday xavf-xatarlarga qarshi asosiy qurol sifatida yurtimizda yashayotgan har bir inson, avvalo, unib-o‗sib kelayotgan yangi avlodning har tomonlama barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun bo‗lib voyaga yetishi uchun keng jamoatshilik va aholimiz o‗rtasida ma‘naviy-ma‘rifiy faoliyatimizni yuksak darajaga ko‗tarishning ahamiyati beqiyosdir». 1999 yil 3 sentabrda tuzilgan «Respublika ma‘naviyat va ma‘rifat kengishini qo‗llabquvvatlash to‗g‗risida»gi Prezident Farmonida kengashning asosiy maqsadi ham - «Jaholatga qarshi ma‘rifat» g‗oyasiga tayangan holda o‗zbek xalqining ongini va qalbini mustabid o‗tmish asoratlaridan forig‗ etish, barkamol avlod, komil insonni kamol toptirishdan iborat qilib qo‗yildi. «Biz barcha mamlakatlarda bo‗lganidek, g‗oyaga qarshi g‗oya bilan kurashish tarafdorimiz», - degan edi Yurtboshimiz. (Karimov I.A. Asarlar. 8 - tom, 24 - bet). Demak, madaniyat va madaniy - ma‘rifiy muassasalar mafkurani shakllantirish va xalqimiz ongiga singdirishda katta imkoniyatlarga ega. Bunda kutubxona, teatr, klublar, madaniyat uylari va saroylari, istirohat bog‗lari, muzeylar va boshqa muassasalar faoliyatidan keng foydalanish, kishilar dunyoqarishini yuksaltiradigan, odamlarga ruhiy-ma‘naviy oziq beradigan tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim. Bu dargohlarda turli anjumanlar, davra suhbatlari, bahs-munozaralar, uchrashuvlar uyushtirish, milliy istiqlol mafkurasining mazmun-mohiyatini har bir ijtimoiy qatlamga tushunarli tarzda izohlab beradigan qo‗llanma va tavsiyalar tayyorlash ayniqsa muhim. Madaniy-ma‘rifiy muassasalar yoshlarni haqiqiy san‘at, chinakam badiiy go‗zallik ruhida tarbiyalash maskanlari bo‗lmog‗i lozim. Madaniyat va san‘at sohalari faoliyatining butunlay tijorat asosida tashkil etilishiga, g‗oyaviy-badiiy jihatdan sayoz, milliy qadriyatlarimizga yot asarlarning yetakchi o‗rinni egallab olishga yo‗l qo‗ymaslik muhim ahamiyatga ega. Turmushimizni ommaviy axborot vositalarisiz, xususan radio, televideniye, gazeta, jurnallarsiz tasavvur qilish qiyin. Odamlarni butun dunyoda ro‗y berayotgan murakkab ijtimoiysiyosiy jarayonlardan, yurtimizda sodir bo‗layotgan o‗zgarishlardan xabardor qilish, hozirgi kunning dolzarb muammolari bo‗yicha jamoatchilik fikrini bilish va shakllantirish, ma‘naviymafkuraviy o‗zgarishlarni, ma‘rifatni yetkazish matbuot xodimlarining muhim burchi hisoblanadi. Shu o‗rinda ta‘kidlab o‗tish joizki, milliy g‗oyani shakllantirishda, uning asosiy xususiyatlari, tamoyillarini xalkimizga atroflicha tushuntirishda va milliy istiqlol g‗oyasini, uning asl mohiyatini yoritish va ularni yoshlarga yetkazishda matbuotning o‗rni juda kattadir. 1 Karimоv I.A. Biz kеlajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T.7. T.: «O‘zbеkistоn», 1999, 135, 146–bеtlar. 62 Barkamоl avlоd – O‘zbеkistоn taraqqiyotining pоydеvоri. –T.: «SHarq», 1997, 55- bеt. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling