Umum ped na amal-O`um 13-14


Oilaning iqtisodiy funksiyasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet144/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   296
Oilaning iqtisodiy funksiyasi uning asosiy tarbiyaviy funksiyasidir. Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy 
estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoning faqat poydevorini qo‘yish bilan 
cheklanmasdan, balki uning so‘nggi g‘ishti qo‘yilguncha javobgardir. Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, 
tarbiyalash hozirgi zamon oilasining muhim funksiyasi darajasiga kiradi. Chunki shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval 
oilada amalga oshadi. 
Oilaning kommunnikativ funksiyasi oila a‘zolarining o‘zaro muloqot va o‘zaro tushunishga bo‘lgan 
ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Psixologik tadqiqotlarda ta‘kidlanishicha, turli ijtimoiy oriyentatsiyalar
«ustanovka»lar, hissiy madaniyat, odamning axloqiy, ma‘naviy va psixologik salomatligi- oilada o‘zaro, ichki muloqot 
xarakteri, xonadondagi yoshi kattalarning o‘zaro, munosabatlarida psixologik «ustanovka»larni namoyon qilishlari 
oiladagi axloqiy psixologik iqlimga to‘g‘ridan- to‘g‘ri bog‘liqdir. 
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida fan texnika taraqqiyotining yuksalib, odamlarning kundalik 
hayotning urbanizatsiya-lashuvining (radio,televideniye, video, kompyuter va boshqalar) ortib borishi, oilalarning 
tobora nuklearlashib
3
borayotganligi bilan oilaning kommunikativ funksiyasining ahamiyati tobora ortib bormoqda. 
 
Oilaning rekreativ funksiyasi nimadan iborat? Nikoh-oila munosabatlari yuzaga kelgan dastlabki, ibtidoiy 
zamonlardan buyon unga xarakterli bo‘lgan xususiyatlardan biri, oila a‘zolarining axloqiy-psixologik himoyalanishini 
ta‘minlash, yosh bolalarga va mehnatga yaroqsiz kishilar yoki keksa qarindoshlarga moddiy-ma‘naviy va jismoniy 
yordam ko‘rsatish kabilardan iborat bo‘lib kelgan
4

1
Миллий истиqлол g‘ояси: асосий тушунча ва тамойиллар.-Тошкент:«Янги аср авлоди», 2001.. 131- бет.
2
Маhмудов М. Комил инсон шахси ва ижтимоий тажриба.// «Педагогик маҳорат».2002, 4-сон, 6-10- бетлар. 
 
3
Нуклеар (nucleus)- ядро деган маънони англатиб, нуклеар оила- ота-она ва болалардан иборат бўлиши тушунилади.
4
1001 саволга психологнинг 1001 жавоби.Ғ.Б. Шоумаров таhрири остида. –Тошкент: «Меhнат», 2000. 38-39-бетлар.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling