Umum ped na amal-O`um 13-14


Oilaning felitsitologik funksiyasi nima?


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet146/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   296
Oilaning felitsitologik funksiyasi nima? Hozirgi zamon oilasining tobora ahamiyati ortib borayotgan 
funksiyalaridan biri uning felitsitologik funksiyasidir (italyancha «felitsite»- baxt degani). «Shaxsiy farovonlikka 
erishishga intilish oilaviy munosabatlar tizimida ko‘p jihatdan hal qiluvchi omil bo‘lib bormoqda. Oilada er-xotining
bir-birini to‘liq tushunishi- ularning o‘zlarini baxtli his qilishlarini ta‘minlaydi. Shuningdek, o‘zidagi mavjud tabiiy-
ijodiy imkoniyatlar (iqtidorni) ro‘yobga chiqarish, jamiyat va oila doirasida sarflash ham insonga o‘zini baxtli his 
qilish imkonini beradi»
1
. Keyingi vaqtlarda insonning imkoniyatlari ortgan sari uning baxtga intilish darajasi ham 
ortib bormoqda. 
Oilaning regulyativ funksiyasi oila a‘zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimini
shuningdek birlamchi ijtimoiy nazoratni, oilada ustunlik va obro‘ni amalga oshirishni ifodalaydi. Bunda kattalar 
tomonidan yosh avlodi nazorat qilish va ularni moddiy hamda ma‘naviy tomondan qo‘llab- quvvatlash nazarda tutiladi. 
Oilaning relaksatsiya funksiyasi uning eng asosiy funksiyalaridan biridir. Bu degani oila a‘zolarining jinsiy, 
emotsional faoliyatini, ruhiy-jismoniy quvvatini, mehnat qobiliyatini yana qayta tiklash demakdir
2

Oila funksiyalarining muvaffaqiyatli bajarilishi har qanday oila baxtini ta‘minlovchi mezon hisoblanadi.
Shuning uchun oilaning o‘z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi nafaqat uning ichki holatiga, shu bilan birga 
jamiyatning ijtimoiy sog‘lomligiga ham ta‘sir etadi.
(Har bir funksiya mohiyati tushuntirilgandan so‘ng kichik munozara tashkil etiladi)
O‘qituvchi: Mening qo‘limda uch dona konvert bor. Har birida muayyan mavzu mavjud. Marhamat, bitta 
mavzuni tanlab, mini-munozara tashkil eting. 
Munozara mavzulari: 
1. Kamolotli farzand tarbiyasining sarchashmasi oiladan boshlanadi. 
2. Qush uyasida ko‘rganini qiladi... 
3. Jamiyat farovonligi - oila farovonligidir. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling