Umum ped na amal-O`um 13-14


Mehnatni ulug‘lovchi, uning ahamiyatini yorituvchi, mehnatsevarlikka chaqiruvchi qanday fikr, ibora va


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet149/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   296
 
Mehnatni ulug‘lovchi, uning ahamiyatini yorituvchi, mehnatsevarlikka chaqiruvchi qanday fikr, ibora va 
maqollarni bilasiz? 
Shunga misollar keltiramiz: 
«Har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo‘yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni 
singdirish kerakki, ular o‘rtaga qo‘yilgan maqsadlarga erishish o‘zlariga bog‘liq ekanligini, ya‘ni bu narsa ularning 
sobitqadam g‘ayrat - shijoatiga, to‘la - to‘kis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog‘liq ekanligini anglab 
yetishlari kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy shartidir". 
(I.A.Karimov "O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li") 
"Mehnat umuminsoniy, milliy va ma‘naviy qadriyatlar taraqqiyotining negizidir" ( donolar bisotidan) 
Umrni zoye etma, mehnat qil, 
Mehnatni saodatning kaliti bil.
(A. Navoiy) 
Oltin topmaginu o‘rgangin hunar,
Hunarning oldida xasdir oltin-zar.
(Jomiy) 
Eng yaxshi axloqiy va estetik dori - mehnat.
(A.Frans) 
O‘zbek xalq maqollaridan namunalar
Mehnat baxt keltirar. 
Mehnat e‘tibor garovi. 
Mehnatsiz rohat yo‘q. 
Mehnat qancha og‘ir bo‘lsa. 
Keti shuncha shirin bo‘lar. 
Komil inson shakllanishida mehnatning o‘rni qanday?
Har tomonlama yetuk, barkamol avlodni yetishtirishda mehnat tarbiyasining roli va o‘rni beqiyos kattadir. Mehnat 
tarbiyasi shaxsni har tomonlama rivojlantirishning ajralmas qismidir. Shuningdek bolaning har tomonlama 
shakllantirish vositasi, uning shaxs sifatida ulg‘ayish omili hamdir. Farzandlarimiz mustaqil O‘zbekistonimizning 
bo‘lg‘usi quruvchilaridir. Shu sababli kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa hujjatlarda ularni mehnatga 
qaydarajada tayyorlashga alohida e‘tibor berilmoqda. Shunday ekan, mehnat farzandlarimiz uchun ham zaruriyat, ham 
burch bo‘lishi, buning uchun uyda ham, o‘quv yurtlarida ham mehnat qilish uchun sharoitlar yaratish lozim. Agar bola 
kichikligidan mehnat qilishga o‘rgatilsa, o‘yindan mehnat qilishga hech bir qiyinchiliklarsiz o‘tadi. Inson huquqlari 
umumjahon deklaratsiyasining 23-moddasida "Har bir inson mehnat qilish, mehnat turini ixtiyoriy tanlash, adolatli, 
qulay mehnat sharoitida ishlash huquqiga ega", - deb ta‘kidlangan. 
Shunday ekan, bugungi kunda O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, xalq farovonligini ta‘minlash yo‘lida 
fidokorona mehnat qilayotgan kishilar bilan faxrlanish va o‘rnak olish lozim. Yoshlar mehnati dastlab oilada, keyin esa 
o‘quv yurtlarida amalga oshiriladi. Bu jarayonda ayniqsa akademik litsey, kasb - hunar kollejlarini o‘rni va ahamiyati 
beqiyos kattadir. Ta‘lim to‘g‘risidagi qonunning 13-moddasida ta‘kidlanganidek, "kasb - hunar kollej o‘quvchilarining 
kasb - hunarga moyilligi, mahorati va malakasini chuqur rivojlantirishni tanlangan kasblar bo‘yicha bir yoki bir necha 
ixtisos olishini ta‘minlaydigan uch yillik o‘rta kasb - hunar o‘quv yurtidir"
1

1
Ўзбекистон Республикасининг «Таълим тўg‘рисида»ги Qонуни. Баркамол авлод-Ўзбекистон тараqqиѐтининг пойдевори. Т.: 
«Шарq», 1998. 23- бет.


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
108 
(Mehnatning mohiyati va ahamiyatini yoritib beruvchi videofilm namoyish etiladi)
Filmni ko‘rib, mehnat tarbiyasining mazmunini nimalar tashkil etar ekan degan savol paydo bo‘lishi 
mumkin. 
Inson faoliyatining asosiy turi mehnat, atrof - muhitni o‘zlashtirish, bunyod qilish orqali ham ijtimoiy, ham 
shaxsiy ehtiyojlarini qondiradi. Shuning uchun mehnatga murakkab ijtimoiy hodisalar sifatida qaraladi. Mustaqillik 
milliy kadrlar tayyorlash ko‘lami va sifatini oshirishni taqozo qilmoqda. Yirik korxonalarda milliy kadrlarning kamligi 
yetuk mutaxassislarning migratsiyasi ushbu muammoga davlat nuqtai nazaridan jiddiy yondashishni talab etmoqda.
Yoshlar mehnatining mazmuni mamlakat oldida, ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy vazifalar, viloyat va tumanlardagi 
kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj, o‘quv yurtlarining ichki imkoniyatlari va talablari asosida belgilanadi. Avvalo, bolalar ta‘lim 
jarayonida mehnat haqida dastlabki bilim va tasavvurlarga ega bo‘ladilar. O‘qish ham mehnat ekanligini tushunib 
oladilar. O‘quv rejasiga kiritilgan mehnat darslarida esa mehnat qilish malakalarini egallaydilar. Bu jarayonda o‘z 
mehnatlarining natijalarini ko‘rib zavqlanadilar va yanada yaxshiroq mehnat qilishga harakat qiladilar. Mehnat qilish 
jarayonida sinfdan va maktabdan tashqari mehnat, o‘z - o‘ziga xizmat qilish mehnati, ijtimoiy foydali mehnat turida 
faol ishtirok etadilar va chiniqadilar. Pedagogika fani mehnat tarbiyasini tashkil qilishda qo‘yayotgan talablar 
quyidagilar: 
-mehnatning ijtimoiy axloqiy ahamiyatiga alohida e‘tibor berish; 
-mehnat o‘quvchining yoshi, hayoti tajribasi va imkoniyatlariga mos bo‘lishi; 
-o‘quvchilarning mehnat faoliyatlari ijodiy harakterda bo‘lishi; 
-o‘z vaqtida turli kasblar haqida ma‘lumotlar berib borilishi; 
-mehnat ahllari bilan doimo suhbat va uchrashuvlar tashkil qilish. 
Mehnat tarbiyasi fan asoslarini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning olgan bilimlarining aniq maqsadga 
yo‘nalganligi, ishlab chiqarish jarayonining ilmiy asoslarini, bilim va kasbiy qiziqishlarni ko‘zda tutadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling