Umum ped na amal-O`um 13-14


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet150/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   296
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2-33.chizma 
O‘quvchilarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘llash uchun qanday ishlar olib borish lozim? Siz o‘z kasbingizni 
to‘g‘ri tanladingizmi?
 
Mehnat jamoalari inson umrining asosiy qismi o‘tadigan, uning tafakkuri, hayotga munosabati shakllanadigan 
ijtimoiy - ma‘naviy muhitdir. Ular kishida jamoa ruhi, mehnatsevarlik, omilkorlik, adolat tushunchasi, mehr - oqibat 
tuyg‘ularini tarbiyalaydigan o‘ziga xos maskan bo‘lib hisoblanadi. Kasb tanlash jiddiy va mas‘uliyatli ishdir. O‘z hayot 
yo‘llarini jiddiy suratda belgilab borish jiddiy masala. Buning uchun maktablardagi politexnika tizimidagi to‘garaklar 
muhim o‘rin tutadi, fan to‘garaklarida bolalar texnik saviya va bilimlarini kengaytiradi, kasb tanlashga tayyorlanadi. 
Maktabda yuqori sinf o‘quvchilari uchun "ishlab chiqarish asoslari, kasb tanlash" kursi o‘qitiladi. Kasbga yo‘naltirish 
umumiy o‘quv- tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishda ota - onaning ham roli 
kattadir. 
Kasbga nisbatan qiziqishni vujudga keltirish o‘qituvchining pedagogik faoliyati bilan bevosita bog‘liqdir. Ta‘limni 
oqilona, optimal yo‘l bilan tashkil qilish va olib borish orqali turli yoshdagi maktab o‘quvchilarida mehnatga ongli 
munosabatni tarkib toptirish, kasb - hunarga nisbatan qiziqishni o‘stirish mumkin. 
Barkamol avlodni jismoniy komilliksiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, bu tarbiyaning bosh maqsadi jismonan 
chiniqqan, mard va sabotli, kat‘iyatli vatanparvarlarni kamol toptirishdir. 
Jismoniy tarbiyaning inson kamolotidagi o‘rni qanday? Uning maqsad va mazmuni nimadan iborat? 
Jismoniy tarbiyaning maqsadi - o‘quvchilar tanasidagi barcha a‘zolarini sog‘lom o‘sishini ta‘minlash barobarida 
ularning aqliy va jismoniy mehnatga, shuningdek, Vatan mudofaasiga tayyorlashdan iborat. Abdulla Avloniyning
fikricha, sog‘lom fikr, yaxshi axloq va ilm - ma‘rifatga ega bo‘lmoq uchun badanni tarbiya qilish zarur. 
Jismoniy tarbiya kishilarga katta ta‘sir ko‘rsatib, salomatligini mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq 
umr ko‘rishga yordam beradi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling