Umum ped na amal-O`um 13-14
Mеhnat tarbiyasini bеrish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mеhnat tarbiyasini bеrish
shakllari Ta'lim jarayonida mеhnat Sinfdan tashqari ishlar jarayonida mеhnat tarbiyasi O`z-o`ziga xizmat qilish mеhnati Ijtimoiy foydali mеhnat Jismoniy tarbiya mazmuni Jismoniy kamolot Jismoniy holat diagnostiкаси Jismoniy tarbiya madaniyati Sport ishlari Jismoniy ma'lumot UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 109 Jismoniy madaniyat mazmuniga quyidagilar kiradi: 1. Inson a‘zolarining tuzilishi va ularning funksional kamoloti. 2. O‘quvchilarning sog‘ligini mustahkamlash. 3. Gigiyena qoidalariga ko‘nikish. 4. Bo‘lajak ishchi-mehnatchilarning jismoniy va fiziologik sifatlarini kasb ahamiyati jihatidan shakllantirish, ish qobiliyatlarini oshirish. 5. O‘quvchilarda iroda, chidamlilik, qat‘iy intizom, do‘stlik hissini kamol toptirish. 6. Shaxsiy jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash. Yosh avlodni jismonan chiniqtirishda o‘quv yurtlari rejasi bo‘yicha o‘tiladigan jismoniy tarbiya darslarining roli, ahamiyati beqiyos kattadir. «Bolaning qanday shaxs sifatida kamol topishida xalq pedagogikasi muhim ahamiyat kasb etadi. Xalq pedagogikasida tarbiyaning mayda-chuydasi, ya‘ni birlamchi-ikkilamchisi bo‘lmaydi, hamma narsa hisobga olinishi, hech bir soha chetda qolmasligi, ayni choqda tarbiyaning nihoyatda nozik, injiq, murakkab tomonlari e‘tiborga olingan holda , yetti o‘lchab bir kesishga amal qilinadi. Xalq pedagogikasining o‘ziga xosligi shundaki, u bugun va ertani uylab ish tutadi, ya‘ni utmishni unutmaslik, bugunning qadriga yetishlik, kelajakka umid asosida tarbiya olib boradi» (Mavlonova, 2002,320). Xalq pedagogikasining asrlar davomida shakllanib, rivojlanib, boyib borishining, inson va Vatan taqdirida hal qiluvchi rolining boisi, birinchidan, uning hayotiyligi, ta‘sirchanligi, serqirra va serma‘noligida bo‘lsa, ikkinchidan, uning bevosita xalq tomonidan mavjud hayot jarayonida jonli an‘analarda yaratilishi, tarbiyaning eng dolzarb masalalarini hal qilishga qaratilganligi, uchinchidan, umuminsoniy yo‘nalishga, umumbashariy g‘oya-maqsadlarga qaratilgan bo‘lganligidir. Tarbiya yosh avlodni taraqqiy ettirishda muhim vosita hisoblanadi. Yirik allomalarimizdan biri Ibn Sino birinchi bo‘lib tarbiyaning ilmiy-pedagogik jihatdan bir butun tizimini yaratdi. Jismoniy mashqlar, to‘g‘ri ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish tartibiga rioya etish inson sog‘lig‘ini saqlashda muhim omillardan ekanligini ham ilmiy, ham amaliy jihatdan asoslab bergan edi. 2-35.chizma Jismoniy tarbiya - bu sof sport musobaqalarigina emas. Bu tarbiya orqali bolalarda ko‘plab axloqiy-irodaviy hislatlar tarkib toptiriladi. Mashqlarni bajarish davomida bolalarda iroda, tezlik, chaqqonlik, chidamlilik tarbiyalanadi, ularning sog‘ligi mustahkamlanadi, ish qobiliyatlari, aqliy faolligi oshiriladi, jasurlik, halollik, qat‘iylik, mustaqillik kabi ijobiy xulq me‘yorlari tarkib topadi. Yetuklik komillikka erishish bosqichlaridan biridir. Shuning uchun mamlakatimizda va ta‘lim-tarbiya tizimimizda tarbiyaga katta e‘tibor qaratib kelinmoqda. Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi- o‘quvchilar tanasidagi barcha a‘zolarni sog‘lom o‘sishini ta‘minlash barobarida ularni aqliy va jismoniy mehnatga, shuningdek, Vatan mudofaasiga tayyorlashdir. Jismoniy tarbiya va jismoniy yetuklik masalasi bizda azal-azaldan ota-bobolarimiz ma‘naviyatida ulug‘lanib kelingan. Xalq og‘zaki ijodidagi «Alpomish», «Go‘r-o‘g‘li»dostonlarini misol tariqasida ko‘radigan bo‘lsak, ulardagi qaxramonlar jismonan baquvvat, mard yigitlar bo‘lishgan. Buyuk allomalarimiz ham, jadid ma‘rifatparvarlari ham tarbiyani komil inson yetishtirishdagi o‘rnini alohida ta‘kidlashgan. Tarbiya kishilarga katta ta‘sir ko‘rsatib, salomatligini mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko‘rishiga yordam beradi. Shuning uchun yurtimizda mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq tarbiyaga e‘tibor qaratila boshlandi. 2001 yil esa alohida «Sog‘lom avlod yili» deb e‘lon qilindi. Tarbiya mazmuni kamolot, tarbiya madaniyati, sport ishlari, jismoniy ma‘lumot tushunchalarida o‘z ifodasini topadi. Kamolot yosh avlod ichki a‘zolarining o‘zgarishi, o‘sishidir. Birinchi navbatda yurak va o‘pka, shuningdek nerv va harakat tizimi, tana shaklining o‘zgarishi, teri-muskul tizimi og‘irligi, tananing mukammal rivojlanishidir. Pedagogik tushunchada kamolot deganda insondagi jismoniy ma‘lumotning o‘sishi borasidagi o‘zgarishlar, ya‘ni oddiydan murakkabga, pastdan-yuqoriga, nomukammallikdan mukammallikka tomon bo‘lgan o‘zgarishlar tushuniladi. O‘quvchilarning kamolotlari uchun sharoit yaratish va pedagogik boshqarish tarbiyaning vazifasidir. Tarbiya tizimida jarayoniy kamolot diagnostikasi muhim o‘rin tutadi. Kamolot tarbiya saviyasi, fan tili bilan aytilganda, tarbiya samaradorligi ko‘rsatkichidir. Maxsus usul va texnika asosida o‘quvchilarning sog‘liklarini, har bir individual shaxs kamoloti saviyasini tadqiq etish: belgilangan norma va undan uzoqlashish ko‘rsatkichlarini oldindan belgilash negizida tarbiya uchun doimiy Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling