Umum ped na amal-O`um 13-14
Maktabdan tashqarida nafosat tarbiyasi berish tartibi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
3. Maktabdan tashqarida nafosat tarbiyasi berish tartibi.
Yuqorida ta‘kidlanganidek nafosat tarbiyasiga tibbiyot manzillari, yilning turli fasllarida unda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar ta‘sir qiladi. Shaxar va qishloqlarning qiyofasi ulardagi noyob binolar, bog‘-rog‘lar, me‘morchilik yodgorliklari ,xiyobonlar, maydonlar, favvoralar, har-xil bezaklar, hatto tozalik, saranjom-sarishtalik bolalarnng yuksak didli bo‘lishlariga ta‘sir etadi. Shu o‘rinda ayniqsa, muzeylar, teatr va kinoxonalarning ahamiyatini alohida ta‘kidlamoq kerak. UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 112 O‘zbekistonda dunyoga mashhur bo‘lgan shaharlar, ulardagi me‘morchilik yodgorliklari va sa‘nat muzeylari ko‘plab kishilarni hayratlantirib, o‘ziga mahliyo qilish imkoniyatiga ega.Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Qo‘qon, SHahrisabz va boshqa joylarda go‘zalligi bilan asrlar osha nafosat tarbiyasi berib kelayotgan inshoatlar bor. O‘zbekiston qadimdan badiy ijod va sa‘natning markazlaridan biri sanalib kelingan. SHuning uchun ham unda A.Navoiydek shoirlar yetishib chiqqan. Zahriddin Bobur, B.Mashrab, Uvaysiy, Nodirabegim, Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, H.H.Niyoziylar o‘zbek badiy adabiyotining yangi cho‘qqilariga ko‘tarildilar. G‘.G‘ulom, H.Olimjon, A.Qahhor, S.Abdulla, Zulfiya, H.G‘ulom, S.Axmad, M.Ismoiliy, J.SHaripov va boshqalarning asarlari halqimiz qalbidan munosib urin egallagan. Hozirgi davrda o‘zbek adabiyotini jahonga tanitayotgan E.Vohidov, A.Oripov, o.Matjon, M.Ali, U.Hoshimov, N.Normurodov, S.YOqubov, P.Qodirov va yana ko‘plab shoir va yozuvchilarning asarlari yoshlarga nafosat tarbiyasini berishning bebaho xazinasiga aylanmoqda. O‘zbek tasviriy sa‘nati ustalarining asarlari ham halqimiz ma‘naviy dunyosini boyitishga hissa qushmoqda. O‘.Tansiqboyev, Ch.Mirzayev, B.Ahmedov va boshqalarning asarlari jahon kurgazmalarida namoyish etib, yuqori baholanmoqda. O‘quvchilarni bu ijod namunalari bilan tanishtirish orqali ularda yetuk did, fahm-farosat, nafs, his-tuyg‘ular tarbiyalanadi. Savol va topshiriqlar: 1. Mehnat tarbiyasining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? 2. Mehnat tarbiyasining mazmuni haqida gapirib bering. 3. SHarq mutafakkirlari yosh avlodning mehnat tarbiyasi, kasb-hunar egallashi haqida qanday qarashlarni ilgari surganlar? 4. Mehnat tarbiyasida ta‘lim va tarbiya birligining ahamiyatini qanday baholaysiz? 5. Mehnat tarbiyasi va ijtimoiy tarbiyaning boshqa yo‘nalishlari o‘rtasidagi aloqadorlik haqida so‘zlab bering. 6. Mehnat tarbiyasining iqtisodiy tarbiya bilan aloqadorligi nimalarda ko‘rinadi? 7. Nafosat tarbiyasining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat ekanligi haqida so‘zlab bering. 8. Nafosat tarbiyasining vositalarini ko‘rsating. 9. Go‘zallik va xunuklik tushunchalarining mohiyatini izohlang. 10. Sizga manzur bo‘lgan she‘rlardan namunalar aytib bering. 11. O‘zbek rassomlaridan kimlarni bilasiz? 12. Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari nimalardan iborat? 13. Mamlakatda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishiga berilayotgan e‘tibor nimalarda ko‘zga tashlanadi? 14. «Jismoniy tarbiya – kashandalik va alkogolizmning dushmani» iborasining mazmunini izohlab bering. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling