Umum ped na amal-O`um 13-14


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet156/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   296
 
 
 
20-MAVZU: O‘QUVCHILARDA AXBOROT ISTE‘MOLI MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH.
Mavzu. O‘quvchilarda axborot istemoli madaniyatini shakllantirish.
Ta‘lim muassasasi menejmenti. 
R ej a : 
1. Axborot istemoli madaniyati: mazmuni va mohiyati. Shaxsiy axborot xavfsizligi 
2. O‘quvchilarda axborot istemoli madaniyatini shakllantirish metodlari. 
3. O‘quvchilarda axborot istemoli madaniyatini shakllantirish texnologiyasi 
4. Ta‘lim muassasasi menejmenti haqida tushuncha. 
5. Ta‘lim muassasasining ichki boshqaruvi va metodik ishlarni tashkil etish. 
Har qanday jamiyatdagi ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar shaxsning e‘tiqodi shakllanishida muhim 
o‗rin tutadi. Xuddi shunday XXI asrning boshqa davrlardan keskin farqi jamiyatning axborotlashuvi 
natijasida shaxsda e‘tiqodning susayishi bilan namoyon bo‗lmoqda.
Bir qaraganda axborotlashgan jamiyat sof texnologik jarayon sifatida namoyon bo‗lsa-da, uning 
asl mazmuni esa keng miqyosda integrativ-ijtimoiy jarayon hisoblanadi. Negaki, ijtimoiy hayotimizga 
jadallik bilan kirib kelayotgan axborotlar jamiyatni boshqarish, rivojlantirish, yuksaltirish, kengaytirish, 
diversifikatsiyalash, muqobillashtirish, moslashtirish, identifikatsiyalash kabi ko‗plab xususiyatlarga ega 
bo‗lmoqda. Biroq, axborotlashgan jamiyatning o‗ziga xos salbiy jihatlari ham borki, bu uning shaxs 
ma‘naviyati va tarbiyasiga ko‗rsatadigan ijtimoiy-psixologik ta‘siridir. Shu o‗rinda, O‗zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning quyidagi fikrini keltirib o‗tmoqchimiz: ―...Biz bugun
axborot globallashuvi davrida yashayapmiz. Biz istaymizmi, yo‗qmi, yurtimizga turli ko‗rinishdagi 
axborot xurujlari bo‗lishi tabiiy. Ana shunday xurujlarga qarshi aholida, ayniqsa, yoshlarda immunitetni
mustahkamlash, ularni milliy qadriyatlarimiz va istiqlol g‗oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda
televideniye va radioning o‗rni beqiyosdir‖ [Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob
xalqimiz bilan birga quramiz. –T.: O‗zbekiston, 2017. –B. Bizga ma‘lumki, jamiyatda axborotlarning 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
113 
asosiy iste‘molchisi yoshlar hisoblanadi. Chunki, ular axborotlar orqali o‗zlarini qiziqtirgan, yoqtirgan 
va ularga kerakli bo‗lgan, asqotadigan, zarur bo‗lgan barcha ma‘lumotlar, bilimlar, tushunchalar hatto 
maslahatlarni olmoqda. Bir so‗z bilan aytganda yoshlar uchun axborotlar ehtiyojlarni qondiradigan 
ba‘zaga aylandi, desak adashmaymiz.
Y. Mamatova va S. Sulaymonovalar ―O‗zbekiston-mediya ta‘lim taraqqiyotida nomli o‗quv 
qo‗llanmasida ―Axborot jamiyati‖ tushunchasini tahlil qilar ekan, quyidagi fikrni bildirib o‗tadi: 
―Axborot jamiyati‖ ko‗p hollarda medialar ijtimoiy muammolarni hal qilishga yordam berishiga 
ishonchni nazarda tutadi. Ammo yangi texnologiyalarning jadal joriy etilishi turli ijtimoiy sinflar,
hududlar va xatto jinslar o‗rtasida raqamli tengsizlikning kelib chiqishiga ham sabab bo‗ladi. Internet 
insonlarning jamiyatdan ajralib qolishiga olib kelishi mumkin. Sababi, u orqali ko‗rsatiladigan xizmat
turlari ortib bormoqda, lekin hammada ham Internet tarmog‗iga ulanish imkoniyati va undan
foydalanish ko‗nikmasi mavjud emas‖ [Y. Mamatova, S. Sulaymonova. O‗zbekiston-mediya ta‘lim 
taraqqiyotida.T.: 2015, ―Extremum-press‖, 94. 44] . 
Shu bilan birga, bugungi kunda axborotlar yoshlar uchun bilim egallash va biror bir faoliyat bilan 
shug‗ullanish uchun imkoniyat yaratdi. Dunyoda millionlab yoshlar axborotlardan foydalanib ta‘lim 
olmoqdalar hamda axborotlar orqali ma‘lum bir kasb bilan shug‗ullanib, o‗z moddiy ehtiyojlarini 
qondirishmoqda.
Dunyodagi axborotlar integratsiyasi va globallashuv jarayonlari, ming afsuski, hayotda aniq bir 
maqsadi yo‗q, turli yo‗llar bilan o‗z moddiy manfaatlarini qondirishga harakat qiladigan, biror bir kasbni 
egallamagan yoki kasbiy qo‗nimsiz, e‘tiqodi sust shaxslarni ham vujudga keltirdi. Bunday salbiy holat 
mamlakatimiz yoshlari tarbiyasiga o‗z ta‘sirini ko‗rsatmay qolmaydi. O‗z navbatida jamiyatimiz 
taraqqiyotiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadigan bu kabi illatlarni bartaraf etish uchun bor imkoniyatimizni ishga 
solib, ta‘lim tizimining barcha sohalarida izchil chora-tadbirlarni qo‗llashimiz lozim.
Demak, hozir kunda axborotlarning tarqalishi yashin tezligidek tarqalayotgan bir davrda, 
yoshlarimizning bo‗sh vaqtini oqilona tashkil etish va ularni aniq bir maqsad sari yashashga o‗rgatish, 
yoshlikdan kasbga yo‗naltirish orqali shaxsiy fazilatlarini yuksaltirish oldimizda turgan dolzarb 
vazifadir. Ma‘lum bo‗lishicha, dunyoda mehnat va kasbga layoqatli bo‗la turib ishlashni hohlamaydigan 
yoki bir kasbda uzoq yillar ishlamaydigan yoshlar soni yildan yilga ortib bormoqda. Bizningcha bu holat 
quyidagi salbiy omillar ta‘sirida ro‗y bermoqda:
Yoshlar ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarning yetarli darajada singdirilmayotganligi; 
Axborotlar orqali kirib kelayotgan G‗arb ―madaniyatining‖ shaxs tarbiyasiga ko‗rsatayotgan 
salbiy ta‘siri; 
Yoshlarda mustaqil fikrlash va e‘tiqod sustligining mavjudligi; 
Yoshlarning bolalikdan ota-onalar va kattalar tomonidan aniq bir kasb va hunarga 
yo‗naltirilmaganligi; 
Yoshlarda kasb tanlash jarayoni tizimli va izchil ravishta olib borilmaganligi; 
Yoshlarning yengil hayotga ru‘ju qo‗yishi, mo‗may pul topishga intilishi; 
Qiyinchiliklar oldida ojizlik, ruhiy tushkunlik va irodasizlik
Shaxsning ijtimoiy munosabatlarga kirisha olmasligi, muloqotchanlikning pastligi; 
Yoshlarda jamiyat talablari darajasida zamonaviy bilim egallashga qiziqishning pastligi va 
boshqalar.
Afsuski, bugungi kunda bu kabi salbiy illatlar yoshlar hatti-harakatida tez-tez kuzatilmoqda va o‗z 
navbatida mazkur holat ularning e‘tiqodini shakllanishiga to‗sqinlik qilayotgan omillardandir. Biz 
kattalar ushbu muammoni yechishda yoshlar uchun internetni cheklash va axborot olishni taqiqlash, 
kuchli nazoratni amalga oshirish bilan muammoni hal eta olmaymiz. Hayotni ommaviy axborot 
vositalarisiz tasavvur qilish qiyin bo‗lgan hozirgi sharoitda internet yoshlar uchun asosiy axborot 
manbaiga aylanayotir. Darhaqiqat, bugungi davr yoshlari asosiy vaqtini axborotlar qurshovida 
o‗tkazmoqda. Bu albatta ularning ta‘lim olishi, ma‘naviy-axloqiy tarbiyasi, shaxs sifatida o‗z-o‗zini 
anglashiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Ayrim yoshlar o‗zining bilim olishi va hayotga munosabati, kasb 
tanlashida kattalar, ota-ona, ustoz-murabbiyni emas, OAV hamda internetni maslahatchi sifatida tan 
olmoqdalar, shuningdek, ulardagi axborotlarga tobelik reallikdan yiroqlashishga olib kelmoqda.
Umuman olganda bugungi davr yoshlarining shaxsiy fazilatlari texnologik va ijtimoiy taraqqiyot 
natijasida shakllanmoqda. Ular axborotlarga tez va oson moslashadilar, texnologiyalarsiz o‗z hayotlarini 



Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling