Umum ped na amal-O`um 13-14


 Ta'lim va tarbiyani shaxs kamolotining omili sifatida izohlab bеring


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet169/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   296
2. Ta'lim va tarbiyani shaxs kamolotining omili sifatida izohlab bеring. 
Tarbiya jarayonida quyidagi holatlar vujudga keladi: 
1. Tarbiya jarayonida kishi ongining o'sishi sodir bo'Iadi. Masalan, bola o'z ona 
tilini, atrofini o'rab turgan muhitning ta'sirida o'rganib olishi mumkin. Lekin o'qish 
va yozishni ta'lim olish yo'li bilan o'rganadi. Ma'lum bilim ko'nikma va malakalar 
faqat tarbiya jarayonida egallanadi. 
2. Tarbiya yordamida kishining tug'ma kamchiliklarini ham kerakli tomonga 
o'zgartirish mumkin. Chunonchi, ba'zi bir bolalar ayrim kamchilik (kar, ko'r, soqov 
va h.k) bilan tug'iladi. Lekin maxsus tashkil etilgan tarbiya yordamida, ularning aqliy 
qobiliyatlari taraqqiy qiladi, sogiom kishilar bilan barobar faoliyatda bo'lishi 
mumkin. 
Tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'siri natijasida yuz bergan kamchilik 
(bolalarning qarta, qimor o'ynashi, chekishi, ichishi va narkotik moddalarga 
o'rganishi kabi)larni ham tugatish mumkin. 
Tarbiya - istiqboldagi maqsadni belgilaydi. Shu bois, shaxs kamolotini 
ta'minlashda ilg'or rol o'ynaydi. Tarbiyaning muvaffaqiyati ko'p jihatdan bola 
shaxsining o'ziga xos xususiyatlari, u yashayotgan muhitning ta'sirini hisobga 
olishga bog'liqdir. 
Shaxsning kamol topishida tarbiya muhim rol o'ynaydi. Uning shakllanishi 
faoliyatdan tashqarida bo'lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi 
uchun asos boiadi. Pedagogik jihatdan to'g'ri uyushtirilgan har qanday faoliyat — 
o'yin, mehnat, o'qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi. 
Inson-ning kamol topish jarayonini faqat irsiyat, muhit va ta'lim-tarbiyaga bog'lab 
o'rganish, talqin qilish ham haqiqatga unchalik to'g'ri kel-maydi. Chunki, ijtimoiy 
taraqqiyotda shaxsning o'zi ham faol ishtirok etadi. 
Tarbiyalash jarayoni. Tug'ilganda, hamma chaqaloqlar bir xil yigiaydi. Ammo 
ular kat-ta bo'lganlarida, turli mavqega ega boiadi. Nima uchun? Bola o'z onasidan 
tug'ilishi bilan uni tashqi muhit asosida tar­biyalash boshlanadi, chunki, odatda, u 
ichki muhit asosida ona qor-nida tarbiya oladi. Tarbiya insonning o'z oilasi, jamoasi, 
jamiyatida muhim asos hisoblanadi, chunki hech kirn o'z onasidan «yomon» boiib 
tug'ilmaydi. 
Shaxsning shakllanishida unga berilayotgan ta'lim-tarbiyaning mazmuni, 
metodlari va vositalari bolaning yosh xususiyatlariga rnuvofiq kelishi muhim 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
127 
sanaladi. O'qituvchi o'quvchilarning ruhiy xususiyatJarini bilishi, ma'lum yoshdagi 
o'quvchilarning diqqat, xotira, tafakkur layoqatlarini inobatga olishi asosida faoliyat 
tashkil etishi lozim. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling