Umum ped na amal-O`um 13-14


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet242/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   296
Nutq odobi. Nutq odobi insonning umumiy axloqini belgilovchi asosiy mezondir. Kishining odobi eng 
avvalo, uning nutqida ko‘rinadi. Nutq odobi nima? Nutq odobi deganda aytilishi zarur bo‘lgan xabarlarni, tinglovchini 
hurmat qilgan holda, uning ko‘ngliga mos, adabiy normadagi ifodalar bilan yetkazish tushuniladi. Har qanday xunuk 
xabarni ham tinglovchiga beozor yetkazish mumkin. Buning uchun so‘zlovchi tilni, adabiy til normalarini mukammal 
bilishi lozim. Muloyim, yoqimli, obodli so‘zlash ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Unga yoshlikdan ongli mashqlar 
qilish, tilning lug‘at boyligini egallash, bu borada nutqi ibratli kishilarga taqlid qilish, ulardan o‘rganish orqali 
erishiladi. O‘quvchi uchun eng yaxshi namuna bu o‘qituvchi nutqidir. Buni o‘qituvchi har doim o‘zida his etib turishi, 
o‘z nutqida hech vaqt odob-ahloq, nutq madaniyati normalaridan chiqmasligi lozim. 
Nutqiy muomala salomlashishdan boshlanadi. Salomlashishdagi xushmuomalalik undan keyingi yaxshi 
suhbatga debocha bo‘ladi. Tinglovchida yaxshi kayfiyat paydo qiladi. Agar salomlashish quruq, iltifotsiz bo‘lsa, 
keyingi suhbatga salbiy ta‘sir etishi mumkin. Ko‘p asrlik odatiy an‘analarimizga ko‘ra, «Assalomu alaykum» ning 
javobi «Vaalaykum assalom» dan iborat. Keyingi davrlarda yoshlar orasida salom ham, alik ham to‘mtoqlashib ketdi, 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
186 
ya‘ni salom berish uchun ham, alik olish uchun ham «salom» so‘zi ishlatiladigan bo‘ldi. Bu tarixiy an‘analarimizdan 
chetlashishdir.
Madaniyatli kishi o‘z aybini bo‘yniga ola bilishi, aybi uchun kechirim so‘rashni ham bilishi zarur. O‘z aybi 
uchun kechirim so‘rash, o‘z g‘ururini yerga urish emas, balki odoblilik, xushmuomalalik alomatidir. «Kechirasiz, 
mendan o‘tibdi» yoki «Avf eting, bundan so‘ng takrorlanmaydi» deyish bilan kishi o‘zining odobliligini namoyish 
etadi, xolos. 
5. Bugunda nutq texnikasi bo‘yicha ishlashning teatrli pedagogika tajribasi asosida nutqiy nafas, tovush, 
diksiya, ritmika kabi komplekslarini ishlash ko‘zda tutiladi. 
a) Nafas olish. Nafas olish organizmga hayot bag‘ishlovchi fiziologik funksiyani bajaradi. SHu bilan birga 
nutqning energiya bazasi bo‘lib ham hisoblanadi.
Nutq so‘zlayotganda nafas olish fonatsion nafas olish deb ataladi (fono-tovush). Kundalik hayotdagi nutq 
asosan dialog shaklida bo‘ladi. SHuning uchun ham nafas olish ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmaydi. Dars davomida 
o‘qituvchi juda ko‘p gapiradi, yangi mavzuni tushuntiradi, ma‘ruza o‘qiydi. Agar o‘qituvchi nafas olish texnikasini 
yaxshi egallamagan bo‘lsa, uning qon tomirlarini urishi tezlashib, yuzini qizarib ketishi, nafas qisishi sodir bo‘lishi 
mumkin.
b) Tovush-chiqarilgan havoni hiqildoqdan o‘tish paytida ovoz pardalarning tebranishi natijasida vujudga 
keladi. Tovush o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan harakterlanadi: 
- tovush kuchi-tovush apparati organlarining faol ishlashiga bog‘liq. CHiqarilayotgan havo oqimining 
tovush tirqishiga bo‘lgan bosimi qancha katta bo‘lsa, tovush ham shuncha kuchli bo‘ladi; 
- tovush pardozi-tovushni uzoq masofaga uzatilishi va qattiqligini sozlay olishini bildiradi; 
- tovushning ixchamligi va harakatchanligi- uning mazmuniga, tinglovchilarga moslab o‘zgartira olish 
qobiliyatini bildiradi; 
- diapazon-tovush hajmi bo‘lib, uning chegarasi eng yuqori va quyi ohanglar bilan belgilanadi. Diapazonning 
qisqarishi nutqni bir ohangli (zerkarli) bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi. Bir ohangda gapirish axborotni idrok qilishni 
susaytiradi, uyquni keltiradi. 
- tembr- tovush rangdorligi, yorqinligi hamda uning yumshoqligi va alohidaligidir. 
v) Diksiya - so‘z, bo‘g‘in, tovushning aytilishidagi to‘g‘ri va aniqlik, diksiya- aniq talaffuz qilish. 
Talaffuzning aniqligi o‘qituvchi uchun professional zarurat bo‘lib, o‘qituvchi nutqini o‘quvchilar tomonidan to‘g‘ri 
tushunilishini ta‘minlaydi. Talaffuzning aniqligi aytilayotgan so‘z, bo‘g‘in va tovushlarning qat‘iy aniqligidir. U nutq 
apparati barcha a‘zolarini (lablar, jag‘, tishlar, yumshoq va qattiq tanglay, kichik til, kyokirdak, tomoq orqa devori
tovush naychalari) birgalikda ishlashiga bog‘liqdir. Til, lablar, yumshoq tanglay, kichik til, va pastki jag‘ nutqda faol 
ishtirok etadi. SHuning uchun ham ularni mashq qildirish muhim ahamiyatga egadir. 
g) Ritmika- bu ayrim so‘z va bo‘g‘inlarning aytilish muddati va to‘xtalishi, nutq va ifodalarning navbat bilan 
o‘z o‘rnida ishlatilishini bildiradi. Bu nutqning muhim elementi bo‘lib, ba‘zan intonatsiya va pauza so‘zdan ko‘ra 
kuchli emotsional ta‘sir qiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling