Umum ped na amal-O`um 13-14


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet241/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   296
Pontomimikabu gavda, qo‘l va oyoq harakatidir. O‘qituvchining gavdasi, qul va oyoqlari harakati ham 
joyida bo‘lishi kerak. Pontomimika asosiy fikrni ajratib ko‘rsatishga imkon beradi. YAqqol qiyofalarni gavdalantiradi. 
O‘qituvchi darsda o‘quvchilar oldida to‘g‘ri turish holatini mashq qilish kerak (oyoqlar oralig‘i 12-15 sm, o‘ng oyoq 
biroz oldinda), barcha harakatlar o‘zini oddiyligi va nafisligi bilan o‘quvchilar e‘tiborini tortishi zarur. Gavda tutish 
estetikasi: oldinga-orqaga tebranish, og‘irlikni bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa o‘tkazib turish, stul suyanchig‘iga tayanib 
turish, boshni qashlash, qo‘lda biror buyumni aylantirib turish, burunni artish, quloq qashlash kabi zararli odatlarga yo‘l 
qo‘ymaydi. O‘qituvchi gavdasining harakati chegarali va bosiq bo‘lishi, ortiqcha silkinish va keskin harakatlardan holi 
bo‘lishi zarur. 
Mimika - o‘z fikri, kayfiyati, sezgisini yuz muskullari harakati orqali aks ettirish san‘ati. O‘qituvchining yuz 
ifodasi va qarashi ba‘zan o‘quvchilarga so‘zdan ham qattiqroq ta‘sir ko‘rsatadi. Jest va mimika axborotning hissiy 
ahamiyatini oshiradi, uni puxtaroq o‘zlashtirilishini ta‘minlaydi. O‘quvchilar o‘qituvchi kayfiyati va munosabatini 
uning yuzidan «uqib» turadilar. SHuning uchun ham o‘qituvchining yuzi, uning sezgilarini ifodalash bilan birga, ularni 
yashirib turishi ham muhimdir. 
2. Pedagogik texnikani egallash yo‘llari. Pedagogik texnikani egallashning asosiy yo‘llari o‘qituvchi 
rahbarligidagi mashg‘ulotlar va mustaqil ishlashdir. Pedagogik texnika malakalarining individual shaxsiy tusda 
ekanligini hisobga olib, pedagogik texnikani egallashda va uni takomillashtirishda kasbiy jihatdan o‘z - o‘zini 
tarbiyalash, ya‘ni talabaning o‘zida mohir o‘qituvchi shaxsiy fazilatlarini va kasbiy malakalarini shakllantirishga 
qaratilgan faoliyat yetakchi rol o‘ynaydi, deb aytish mumkin. Kasbiy ideal sari bu harakatda ham pedagogik texnikani 
egallash muhim rol o‘ynashi lozim. 
Tashkiliy - metodik jihatdan pedagogik texnika mashg‘ulotlari individual, guruhli yoki ketma - ketlikda 
o‘tkazilishi mumkin. Masalan, zarur bilimlar ma‘ruzalarda yoki tegishli adabiyotni mustaqil o‘qishda egallanishi 
mumkin. Avtomatlashtirishga doir oddiy harakatlar ketma - ket ko‘rsatilishi mumkin. Tegishli kunikmalarni ishlab 
chiqish individual ishlashni dastlab o‘qituvchining nazorati va rahbarligida keyin esa mustaqil ishlashni talab qiladi.
3. Nutq faoliyati - odam tomonidan ijtimoiy - tarixiy tajribani o‘zlashtirish va avlodlarga berish yoki 
kommunikatsiya o‘rnatish yoki o‘z harakatlarini rivojlantirish maqsadida tildan foydlanish jarayonidir.
Nutq qanchalik chiroyli, mazmundor bo‘lsa kishilarni o‘ziga shunchalik jalb etadi. Bu masalaga kishilar 
qadimdan qiziqib kelishgan. Qadimgi YUnoniston va Rimda nutq madaniyatining nazariy asoslari yaratilgan. Notiqlik 
san‘at darajasiga ko‘tarilgan. Ularda yetuk inson bo‘lish uchun notiqlik san‘atini egallashlari shart bo‘lgan. 335 yilda 
Aristotelning "Ritorika"si yaratiladi. sitseronning "Notiq haqida", "Notiq"asarlari, Mark Fabiy Kvintilianning "Notiq 
tayyorlash to‘g‘risida" asari ham notiqlik san‘ati haqidadir. 
4. Til va nutq madaniyati 
Tilning madaniyati deyilganda, uning so‘z boyligi, sintaksizning taraqqiyoti va boyish darajasi, so‘z 
ma‘nolarining o‘tkirligi, nutqiy ohangning rang-barangligi tushuniladi. Nutqning madaniyati uning aloqaviy fazilatlari 
yig‘indisi va tizimi bo‘lib, ular til madaniyati til faoliyatida qiynalmaslik, matnning mazmuniy vazifasi va imkoniyati 
kabi har xil sharoitlarga bog‘liq. 
Tilning lisoniy imkoniyatlarini egallash ikki bosqichda amalga oshadi. 1-bosqich til vositalarini bilishdan 
iborat. Bu nutqni tinglaganda unda ishlaydigan til vositalarining ma‘nosi va vazifasini anglashda ko‘rinadi. YA‘ni, 
tinglovchi tinglash va o‘qigan narsalarini tushunadi. Bunday shaxs o‘zgalar nutqini yaxshi tushunadi. Ammo o‘zining 
nutqi tilning rang-barang imkoniyatlaridan mahrum, qoshshoq bo‘ladi. 
2-bosqich til sistemasi taqdim etgan imkoniyatlarning katta qismini chuqur o‘zlashtiradi, ularni nutq 
tezkorligiga aylantirib olishdan iboratdir. Bunga erishgan shaxsning nutqi ravon, boy, obrazli, o‘rinli bo‘ladi. 1-
bosqichda anglab olingan nutq vositalari ustida doimiy mashq qilish, ularni xotirada saqlashga doimo e‘tibor berish, bu 
imkoniyatlarni nutqiy tezkorlikka aylantiradi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling