Umum ped na amal-O`um 13-14


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet274/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   296
17- MASALAYosh o‘qituvchini 1X V sinfga sinf rahbari etib tayinladilar. Bu ancha murakkab bo‘lgan va 
yaqinda tashkil topgan sinf edi. Sinf jamoa bo‘lib uyushmagan, o‘quvchilar tarqoq edi. Sinf rahbari ularni sinf va 
maktab ishlarini bajarishga chorlash bilan uyushtirishga harakt qildi. Bunga kuzgi ekskursiya ham yordam berdi. Bu 
o‘qituvchiga har bir bolaning qiziqishi va imkoniyatini bilishga sharoit yaratdi. Sinfda tashkil etilgan xar bir tadbir
o‘zaro sog‘lom munosabatlarni o‘rnatishga, yuqori sinf o‘quvchilarining jamoadan talablarini qondirishga qaratilgan 
edi. Sinf o‘quvchilaridan biri o‘z inshosida shunday yozadi: «Men sinfga faqat o‘qish uchun bormayman. Bu erda 
mening doimo yordamga tayyor bo‘lgan do‘stlarim bor. Ilgari mening faqat ko‘chada do‘stlarim bor edi. Ular bilan juda 
ma`nisiz xayot kechirgan ekanman. Meni unday hayotdan sinfim olib chiqdi. Men go‘zallikni qadrlashga, odamlarni 
sevishga, ularning mehriga ishonishga, o‘z hatti-harakatim uchun javob berishga o‘rgandim. Men sinfimga biror -bir 
ziyon etkazishdan xavotirlanaman». 
Yosh o‘qituvchi faoliyatini tahlil qiling. Ancha tarbiyasi murakkab bo‘lgan sinfda ijobiy natijalarga erishishga 
nima yordam berdi deb uylaysiz? 
18- MASALA: Sinfda qator yillar davomida saylangan kat`iy «faollar» boshqarib, «passiv»lar unga bo‘ysinib 
keldi. Lekin keyin ular bu holatga qarshi chiqa boshlashdi. Yangi sinf rahbari oldingi o‘qituvchining xatosini 
to‘g‘rilash maqsadida kat`iy chora ko‘rdi. Sinfda qayta saylov o‘tkazilib, «faollar» o‘rnini «passivlar» egalladi. Lekin
bir-ikki haftadan so‘ng saylov o‘zini oqlamaganligi aniq bo‘ldi. Yangi faollarning bir qismi o‘z majburiyatini 
bajarishdan bosh tortsa, ikkinchi qismi kuch bilan tartib o‘rnatishga harakat qilishdi. Sinfda yangi guruhlar tashkil 
topib, «passivlar» ikki barobar ortdi. 
O‘qituvchi qanday xatoga yo‘l qo‘ydi? Bu vaziyatda qanday yo‘l tutish kerak edi? Qanday holda aktiv jamaoni 
jipslashtirishga yordam berardi? Maktabda o‘z-o‘zini boshqarishning qanday xususiyatlari bor?

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling