Umum ped na amal-O`um 13-14
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
13- MASALA: Ota quyidagicha hikoya qiladi: «o‘g‘lim qorong‘idan va balandlikdan qo‘rqadi. Men imkon boricha uni kuproq ana shu qo‘rquvni enga oladigan sharoitga qo‘yaman: Goho ob-havo qandayligini bilib kelish uchun kechqurun hovliga, goho go‘yo esdan chiqqan narsani olib kelish uchun qorong‘i xonaga yuboraman. O‘yin paytida chuqurlikka sakraymanda, «Daraxtning hov anavi navdasini menga olib ber. Uni emas, narigi yuqoridagisini» deyman. Ota to‘g‘ri qiladimi? Bu qanday tarbiya metodi.? U nima uchun samarali? 14- MASALA: Dars boshlanishidan oldin o‘qituvchi polda g‘ijimlangan qog‘oz parchasi yotganini ko‘rib, bir o‘quvchiga «qog‘ozni ol», deb murojaat qildi. O‘sha o‘quvchi sekin partadan turib «men tashlamaganman, nega olarkanman» deb, yana joyiga o‘tirdi. O‘qituvchi nima qilishi kerak? Sinfning ta`sirlanishi qanday bo‘ladi va bu nimaga bog‘liq? 15- MASALA: Darsda bir o‘quvchi javob berayotgan edi. O‘qituvchi yaxshi o‘qiydigan bir o‘quvchini partadoshi bilan gapirishib o‘tirganini ko‘rib qoldi va undan mavzuni kelgan joyidan davom ettirishni so‘radi. O‘quvchi to‘liq javob berdi. Lekin o‘qituvchi unga darsda gaplashib o‘tirgani uchun «uch» baho qo‘ydi. O‘qituvchi to‘g‘ri ish qildimi? Siz qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz? 16- MASALA: O‘qituvchi o‘zini-o‘zi darsdan chiqarib yuborgan holni eshitganmisiz? Bunga quyidagi voqea sabab bo‘lgan edi: o‘qituvchi dars o‘tish uchun sinfga kirsa, tanaffusda navbatchilar sinfni darsga tayyorlamagan, doska o‘chirilmagan, latta yo‘q, bo‘r yo‘q. O‘qituvchi : «Shunday oddiy masalani hal qila olmagan yomon o‘qituvchi dars o‘tishi mumkin emas»,- deb sinfdan chiqib o‘qituvchilar xonasiga ketdi. Uch minutdan keyin esa sinf o‘quvchilaridan vakillar borib, o‘qituvchidan kechirim so‘rab uni olib kelishdi. UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 207 Vaziyatni tahlil qiling. O‘qituvchi to‘g‘ri yo‘l tutdimi? O‘quvchilarda ongli intizomni tarbiyalash usullari qaysi hollarda samara beradi? Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling