Umum ped na amal-O`um 13-14


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   296
 
(Har bir guruh nomidan bittadan talaba Klasterni taqdim etib, izohlab bersin.)
Mutaxassislik fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta‘lim davlat standartlari bilan guruhda tanishib chiqib uning 
mohiyatini qisqacha izohlang. 
 
Ta‘lim mazmuni nima ekanligini tushunib oldik, endi o‘quvchilarga beriladigan ta‘lim mazmuni nimalarda o‘z 
aksini topadi degan savol sizni qiziqtirishi  o‘rinlidir. 
Ta‘lim mazmuni quyidagi davlat hujjatlari va rasmiy hujjatlarda o‘z aksini topadi. 
1. O‘quv rejasi. 
2. O‘quv dasturi. 
3. Darslik. 
O‘quv rejasi - davlat hujjatidir. Unga barcha umumta‘lim maktablari so‘zsiz amal qiladi. Bu hujjatda sinflar 
bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan o‘kuv fanlari va shu fanlar uchun ajratilgan o‘quv soatlari ko‘rsatiladi. Bu hujjat 
maktabning yagona o‘quv rejasi hisoblanib, u xalq ta‘limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Alohida aniq bir fanning 
o‘quv rejasi - shu fanni o‘qitish uchun ajratilgan soatlar va o‘quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat 
hujjatlaridir. 
O‘quv rejasini tuzishda quyidagi omillarga asoslanadi. O‘quv tarbiya ishining maqsadi, o‘quvchilarga aniq ilmiy 
bilim berish, olgan bilimlarini ko‘nikmaga aylantirib, uni hayotga qo‘llay olishga o‘rgatish. 
 
O’quv dasturi nima? U qanday qoidalar asosida tuziladi? 
O‘quv dasturi - har bir alohida fan uchun tuziladi. Dastur o‘kuv rejasiga asoslanadi. Dasturda fanning mazmuni, 
mavzu ketma - ketligi, ikkinchi mavzu birinchisini to‘ldirishi, izchilligi bilan yoritiladi va ma‘lum mavzular orqali 
ko‘rsatiladi. O‘quv dasturida mavzu maqsadi qisqacha izohlanadi. 
Fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda yo‘nalishlari ajratiladi. Ular boblarga bo‘linadi. Boblar katta 
katta mavzularga, katta mavzular esa kichik mavzularga bo‘linadi va o‘quvchilarga tushuntiriladi. O‘quv dasturining 
o‘zini amal qilishi kerak bo‘lgan qoidalari mavjud. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling