Umum ped na amal-O`um 13-14


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   296
Pedagogik test:
1. Faraz qiling: Siz teatrda o‘tiribsiz. Teatr artistlari o‘z rollarini qoyilmaqom qilib ijro etishmoqda. Siz bexosdan 
qarsak chalib, «bravo»-deb xitob qilganingizni ham sezmay qoldingiz. Xitobingizni qarsak bilan tasdiqlamoqdasiz. 
Qarsak chalish jarayonida qaysi panjangiz yuqorida joylashganiga e‘tibor qiling. Agar, masalan, o‘ng panjangiz 
yuqorida joylashgan bo‘lsa, unda biron varoqqa «O‘» deb belgilab qo‘ying, yoki aksincha chap panjangiz yuqorida 
joylashgan bo‘lsa «Ch» deb belgilang. 
2. Fransuz imperatori Bonapart Napoleon mushkul vaziyatda qo‘llarini chalishtirib mushohada qilishni yoqtirar edi. 
Faraz qiling: Siz ham chuqur o‘yga cho‘mdingiz, yoki kimnidir kutmoqdasiz. Shu paytda qo‘llaringizni 
chalishtirdingiz. Bunda qaysi qo‘lingiz dominantalik qilmoqda? Masalan, chap qo‘lingiz o‘ng qulingizning ustida 
joylashgan bo‘lsa, varoqqa «Ch» deb belgilaysiz va aksincha.
3.Ma‘ruzaga kechikkan talaba ko‘p hollarda eshik tirqishidan mo‘ralaydi. Shunday vaziyatlarda Sizning qaysi ko‘zingiz 
dominantalik qiladi? «Ch» yoki «O‘» ekanligini belgilang. 
 
Test xulosasi: Varoqdagi «O‘» yoki «Ch» harflarining belgilanishiga qarab, insonning chap yoki o‘ng miya 
yarim sharlari faoliyatini aniqlash mumkin. Ma‘lumki, insonning o‘ng qo‘li, o‘ng ko‘zi, ung oyog‘i va boshqa o‘ng 
tomonlari xatti-harakati uchun chap miya yarim shari javob beradi va aksincha. Masalan, Sizning javoblaringizda «Ch» 
harfi ko‘p belgilangan bo‘lsa, unda Sizning o‘ng miya yarim shari faoliyatingizda dominantalik qiladi va aksincha.
O‘qitishning reproduktiv metodini qachon qo‘llash mumkin?
Bu usullar o‘quvchilarning yangi tushuncha, hodisa va qonunlarni bilishdagi ijodiy faolliklari darajasini baholash 
asosida qismlarga ajratiladi. Reproduktiv usullar o‘quvchilarning o‘quv materiallarini mustahkamroq eslab qolishlarini 
ta‘minlash, bilishga doir faoliyatni bevosita boshqarish, kamchiliklarni tez aniqlash uchun amaliy ko‘nikma va 
malakalarni tarkib toptirish maqsadida qo‘llaniladi. 
Reproduktiv usullar - o‘quv materialining mazmuni asosan axborot xarakterida bo‘lsa, amaliy harakatlarning usullarini 
ta‘riflasa, o‘quvchilarning bilimlarini mustaqil qidirib ola bilishlari uchun juda yangi hisoblansa, vaziyatlarni hal qilish 
uchun tayyor bilimlar yo‘q bo‘lsa samarali qo‘llanadi. 
Bu usulda tafakkur qilish katta samara beradi. Reproduktiv usulda o‘quvchilar ilgari yoki yaqinda egallagan 
bilimlarini qo‘llaydi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling