Umum ped na amal-O`um 13-14
Ekskursiya metodidan foydalanish mumkin
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta‘limning amaliy metodlarini qo‘llash o‘quvchilarga nimalar beradi
Ekskursiya metodidan foydalanish mumkin. Mavzuni ekskursiya usuli bilan ham ko‘rsatish mumkin. Bu usulda
o‘rganilayotgan narsa hodisalarni tabiiy sharoitda zavod, fabrika, tabiatda, muzey, ko‘rgazmalarda tashkiliy ravishda ko‘rsatiladi. Agar ko‘rsatilayotgan joyda o‘tilayotgan mavzu mazmunini keng ochib berish imkoni bo‘lsa, buni o‘qituvchi oldindan borib kuzatib keyin o‘quvchilarni olib boradi, ekskursiya usulidan foydalanadi, o‘quvchilar ekskursiya davomida ob‘ekt ustidan ma‘lumotlarni eshitish yoki kuzatish bilan chegaralanmasdan zarur materiallarni yozib oladilar, rasmini chizadilar, o‘lchash, hisoblash ishlarini olib boradilar. O‘qituvchi ekskursiya oxirida mulohaza va fikrlarni umumlashtirib, xulosa chiqaradi va mashg‘ulotni yakunlaydi. Ta‘limning amaliy metodlarini qo‘llash o‘quvchilarga nimalar beradi? UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 34 O‘quv informatsiyasini amaliy mehnat harakatlari orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, laborotoriya, ishlari, dastur tuzish, pedagogik masalalarni yechish, mehnat harakatlari va boshqalar) Ta‘limning amaliy usullari doirasi keng. Bu usullarga: yozma mashq, tajriba, laboratoriya xarakteridagi mashqlar, mehnat topshiriqlarini bajarish kabilar misol bo‘ladi. Yozma mashqlar jarayonida olingan nazariy bilimlar bevosita amaliyotda qo‘llanadi. Mashq qilish davomida ilmiy bilim va ma‘lum ish harakat o‘zlashtiriladi, takomillashadi, ular aniq o‘quv fanining xarakteri hisobiga maqsadli, rejali tarzda amalga oshadi. Mashq davomida har bir mashq e‘tiborga olinadi. Masalan, ona tilidan grammatik tahlil, matematikadan misol, masala yechish, tabiiy fanlardan ximiyaviy tenglamalar tuzish, koeffitsentlar tanlash, masala yechish, o‘simlikllarni turlarga ajratish va h.k. Mashq davomida ilgari egallangan bilim, ko‘nikma, malakalar, qonunlar faoliyatga tadbiq etiladi. O‘quvchilarning o‘zlashtirilgan ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish asosida mashq qilishda mashq uchun berilgan topshiriqning maqsadi o‘kuvchilarga aniq tushuntirilgan bo‘lishi; mashq ustidan sinf o‘quvchilar jamoasi va har qaysi o‘quvchilarning shaxsiy intilish, qiziqishini hisobga olishi; topshiriq butun sinf o‘quvchilarining aktiv faoliyatini ta‘minlaydigan bo‘lishi va mashqni belgilangan vaqt ichida bajarishi talab etiladi. Mashq qilishda o‘quvchilarning yozma, ijodiy mashqlari alohida o‘rin egallaydi. Yozma ijodiy mashqlar ona tili, adabiyot, tarix, geografiya fanlarida ham qo‘llaniladi. Ular insho, va‘z, referatlar yozish kabilarda o‘z aksini topadi. O‘quvchilarning yozma grafik ishlari rasm solish, xaritalar chizish, chizma va sxemalar ishlash, jadval, diagramma, grafik, plakat, albom, stendlar ishlash, laboratoriya mashq ishlari, tajribalar o‘qitish jarayonida o‘quvchilarga atrofni o‘rab olgan ob‘ektlarni borliqdagi narsa va hodisalar, ularning shakli, hajmi, tarkibi, tuzilishi, o‘zgarish va rivojlanishi qonuniyatlari haqida yangi bilim beradi. Bu usullar o‘quvchilar bilan yoppasiga va alohida ish olib boriladi. Amaliy mashg‘ulotlar o‘quvchilarga umumiy politexnik ta‘lim berish va mehnat malakasi bilan qurolantirishda asosiy usul bo‘lib xizmat qiladi.Bunga misol tariqasida quyidagi testni qarab chiqsak. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling