Умумий геология фанидан 1-лаборатория машғулоти


Asosli tarkibli tog jinslari


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana09.06.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1472147
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3.O\'rta va asosli tarkibli tog jinslari

Asosli tarkibli tog jinslari
Diabaz - tarkibida 45-52 % SiO
2
.bo‘lgan asosli jins.
Rangi odatda to‘q yashil, yashilsimon-kulrang. 
Strukturasi yashirin kristalli, mayda va o‘rta donali.
Teksturasi yaxlit, zich. Alohidaligi ustunsimon, sharsimon.
Mineral tarkibi: plagioklaz (odatda labrador), piroksen, olivin. Aksessor
minerallari - magnetit, ilmenit, apatit, ba’zan biotit va rogovaya obmanka. 
Ba’zan kvars mavjud bo‘ladi. Asosli plagioklazning (labrador) uyqashgan
kristallari oralig‘i mayda donali avgitli massa bilan to‘dirilgan.
Tomirlar, daykalar, qoplamalar shaklida uchraydi. 
Diabaz temir-magnezial silikatlar miqdorining yuqoriligi, sezilarli
qovushoqligi, yuqori mustahkamligi bilan farq qiladi.
U yaxshi qayta ishlanadi va silliqlanadi. 
Diabaz


Diabaz turlari
Spilit - suvosti dengiz vulkanizmi natijasida hosil bo‘ladi. 
Dolerit – nurash mahsulotlari uchraydigan diabaz
Dolerit
Spilit


Asosli tarkibli tog jinslari
Bazalt - tarkibida 45-52 %. SiO
2
bo‘lgan asosiy jins,
gabbroning otqindi muqobili hisoblanadi. 
Rangi - qora yoki to‘q kulrang. 
Strukturasi - porfirli yoki afirli.
Teksturasi flyuidal, pufaksimon, g‘ovakli, bodomsimon yaxlit. 
Qatlamli, ustunsimon, sharsimon, prizmatik alohidalikka ega. 
Mineral tarkibi plagioklaz (labrador, bitovnit), piroksen va temir-
magnezial minerallarning (asosan avgit) aralashmasidan iborat. 
Ba’zan ancha miqdorda olivin mavjud bo‘ladi. Bazaltlar g‘ovakli; 
g‘ovaklari xalsedon, agat, xlorit, kalsit va ayniqsa seolitlar bilan 
to‘ldirilgan bo‘ladi. 
Bazaltlar makroskopik tomondan qora zich qotgan lavadan iborat 
bo‘lib, donali tuzilishli va turli o‘lchamdagi donalar orasini to‘ldirib 
turuvchi yashirin kristalli yoki amorf holatda bo‘ladi; shu bilan bir 
qatorda bu jinsning porfirli turlari ham kuzatiladi.
Bazalt


• Bazaltda qurilish materiali sifatini pasaytiruvchi turli qo‘shimchalar (ksenolitlar) ko‘p uchraydi. U 
qattiq va shu bilan bir qatorda mo‘rt, qiyin ishlov beriladigan jins hisoblanadi. Shisha va olivin 
uchramaydigan mayda donali yosh bazalt eng qimmatli hisoblanadi. 
• Qoplamalar, oqmalar, nekklar, daykalar, sillar, gumbazlar, trapplar va b. hosil qiladi.
• Bazaltlar bilan qimmatli optik xom ashyo - island shpati, mis, nikel, platinaning konlari bog‘liq. 
YUqori mustahkamlikdagi bazaltdan qurilish va bezash materiali sifatida; tosh (bazaltli) quyush uchun 
xom ashyo sifatida, shag‘al shaklida - temir yo‘l ballasti sifatida, yo‘l qurilishida shag‘al va 
bruschatkalar shaklida foydalanishga imkon beradi. 
• Bazaltlar yaxshi kislotabardosh va elektroizolyasion material hisoblanadi va tosh quyush xom ashyosi 
sifatida yuqori baholanadi. Tosh quyush bazalti kislotabardoshligi, yuqori mustahkamligi va uzoq 
muddatligi bilan ajralib turuvchi bezak buyumlar, quvurlar, kimyo apparaturalari ishlab chiqarish 
uchun foydalaniladi. 


• To‘la kristall strukturli bazalt 
Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling