Умумий психодиагностика


Download 1.67 Mb.
bet4/70
Sana16.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1777737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
УМУМИЙ ПСИХОЛОГИЯ МАЪРУЗА (14)

Shaxsni izohlash. Shaxs psixologiyasining predmeti uni izohlashga nisbatan anchagina murakkab xarakterga ega, chunki insonlar xilma xil bo‘lganligi bois har xil vaziyatlarga qarab, o‘zgarib turadilar. Shu sababli shaxsni tushunarli tilda izohlash uchun mos aniqlik va izohga ega bo‘lish lozim. O‘z navbatida shaxsni mos tarzda izohlashga mos keladigan tilga ham ega bo‘lish kerak. Oqibatda shaxsni o‘rganishning o‘ziga xos prinsiplari va baholash vositalari-testlarni shakllantirishga olib keldi.
Psixologiyada shaxsni tushunishda uning xarakterlovchi bir qator tushunchalarni qo‘llashga olib keldi:



Sifatlar

1

Yoqimli- jizzaki

2

Tirishqoq- maqta nchoq

3

Quvnoq -surbet

4

Talabchant-hukmron

5

Xavotirlanuvchan -irodali

6

Qo‘zg‘aluvchan-betoqat

7

Ziyrak- beozor

8

Injiq- nekbin

9

O‘ziga ishongan - bardoshli

10

Jiddiy- bo‘shang

11

Zaharxanda- sezgir

12

Muloqotmand-hokisor

13

Sabr-bardoshli-ishonuvchan

14

Erkin –qasoskor



1-jadval. Shaxsni baholash sifatlarining namunasi
Yuqorida keltirilgan xususiyatlarni mavjudlik holati va sizga yoqimliligi, siz erishishingiz zarur bo‘lganlarini ro‘yxatini tuzish talab etiladi. Ushbu sifatlarni o‘qituvchi yoki ota-ona misolida va real baholashingiz mumkin bo‘ladi. Ushbu toifa sifatlarning kengaytirilgan varianti 300 ta sifatdan iborat (Gough & Heilbrun , 1983 ). Bu esa shaxsni yanada kengroq baholash imkoni beradi.
Shaxs psixologiyasida o‘rganiladigan asosiy muammolardan biri shaxs rivojlanishini tahlilidir. Shaxs psixologiyada tahlil qilishda uning hayotining barcha bosqichlari, ongsizlik ta’sir ko‘rsatadimi yoki bolalikdan keyingi davrlarda shaxs sifatida o‘zgarish yuz beradimi? Ushbu tarzdagi savollarga javob izlash zarur bo‘ladi.
Mazkur masalalarni shaxs psixologiyasining metodologik masalalaridan hal etish uchun qator shaxs nazariyalarni ko‘rib chiqish zarur bo‘ladi.
Shaxsni o‘rganishga doir yondashuvlarning har bir muammoning o‘ziga xos boshqotirma sifatida uning hal etishga e’tibor qaratganliklarini guvohi bo‘lamiz.
Hattoki, ayrim yondashuvlarni o‘rganish esa o‘nlab yillarni taqozo etadi. Shaxs psixologiyasi esa mazkur masalalarga javob topishga intiladi.
Ongni o‘rganish. Shaxs muammosini o‘rganishga yondashuvning bir jihati uning ongini o‘rganishga yo‘nalganligidir. Psixologiya shaxsning ushbu jihatini o‘rganishda tabiiy fanlarning metodlarini modifikatsiya qilish asosida erishdi. V.Vund va boshqa psixologlar inson tabiatini o‘rganishda tabiiy-ilmiy fanlar ta’sirida uni insonning aqlini o‘rganishda foydalandilar. Ushbu tadqiqotlarda psixik jarayonlar eksperimental o‘rganilgan bo‘lsa-da, ammo ularda cheklanishlar bor edi.
Xulq-atvorni o‘rganish. 20-asrning dastlabki o‘n yilligida amerikalik olim Djon B. Uotson biologik masalalarni o‘rganishga e’tibor qaratdi va bu esa shaxs xulq-atvorini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, Vilgelm Vundtning qarashlariga zid edi. Uotsonning bu harakatlari bixeviorizm deb nomlandi. U psixologiya inson tabiatining moddiy jabhalarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lishi kerak degan g‘oyani ilgari surdi. Uning g‘oyasicha, tashqi xulq-atvor psixologiyaning o‘rganish asosi bo‘la oladi. Bu esa xulq-atvorni o‘rganishga ehtiyoj tug‘diradi. Bixeviorizm esa inson tabiatini mexanik tasvirini o‘zida ifoda etdi. Keyinchalik bu g‘oyani Skinner boyitdi.
Shaxs psixologiyasining metodologik masalalarini boshlang‘ich bo‘g‘inidan biri sifatida Freyd faoliyatini qayd etish mumkin. Venalik vrach Freyd psixoanalizga asos soldi. Bu esa uning vrachlik faoliyatida emotsional buzilishlardan aziyat chekkan insonlarni o‘rganish orqali o‘zining ilmiy yondashuviga asos soldi. U o‘zining uzoq vaqtli seanslari asosida uning hayotiy to‘g‘risidagi ijodiy talqinlari taqdim etdi. Uning yondashuvi eksperimental o‘rganishdan keskin tafovut qildi. Freydning psixoanalitik yondashuvi inson tabiati haqidagi noyob qarashlarni ishlab chiqishga sabab bo‘ldi.
G.Olportning xizmatlari hisobida o‘tgan asrning 30-yillariga qadar Garvard universitetida shaxs psixologiyasi amerika psixologiyasida bir tizimga keltirishga erishildi. Buning uchun tadqiqot ishlari, o‘quv kurslari va ilmiy jurnallar nashr etishga erishildi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling