Умумий психология
Illyuziya Idrok jarayonining navbatdagi yana bir o’ziga xos xususiyati idrok qilishda ba'zan yuz beradigan illyuziya hodisasidir. Illyuziya
Download 124.14 Kb.
|
Умумий психология
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aristotel (Arastu) illyuziyasi
- E.G’.G’oziev
Illyuziya
Idrok jarayonining navbatdagi yana bir o’ziga xos xususiyati idrok qilishda ba'zan yuz beradigan illyuziya hodisasidir. Illyuziya - bizga ta'sir qilayotgan narsalarni yanglish idrok qilish demakdir. Odatda ikki xil illyuziya farqlanadi: a) ob'ektiv illyuziya; b) sub'ektiv illyuziya. Ob'ektiv illyuziya - hamma odamlar uchun umumiy xarakterga ega bo’lib, uni geometrik illyuziya deb ham yuritiladi. Ob'ektiv illyuziya biz idrok qilayotgan narsalarning o’zaro bir-biriga ta'siri tufayli yuz beradi. Illyuziyaning bu turi har xil geometrik shakllarni idrok qilishda juda yaqqol ko’rinadi. Masalan, uzunligi baravar bo’lgan ikkita gorizontal to’g’ri chiziq chizilsa, bu chiziqlarning uchlariga tashqariga qaratilgan va ichkariga qaratilgan chiziq kattaroq bo’lib ko’rinadi. Idrok jarayonida yuz beradigan illyuziyaning bu turiga juda ko’plab misol keltirish mumkin. Masalan, baravar kattalikka ega bo’lgan uchta ketma-ket turgan to’g’ri burchakli ustunchalarni chizib, ularning atrofiga uzoqlashtiruvchi chiziqlarni chizsak, bu uchta ketma-ket turgan ustunchalar har xil kattalikda bo’lib ko’rina boshlaydi. Bu erda uzoqlashtiruvchi chiziqlarning ta'sirida illyuziya hosil bo’ladi. Sub'ektiv illyuziyalar odamning ayni chog’dagi hissiy holati bilan bog’liq bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, odamning hissiy holatida ro’y beradigan o’zgarishlar idrok jarayoniga ta'sir qiladi. Masalan, yuqorida aytib o’tilganidek, odam kechasi yolg’iz ko’chada qo’rqib ketayotgan bo’lsa, har bir sharpa uning qo’rqinch hissini kuchaytirib yuboradi. Natijada uning ro’parasidan chiqib qolgan butalgan daraxt qandaydir dahshatli mavjudotga o’xshab ko’rinadi. Hayotda keng tarqalgan har xil ins-u jins, devlar, ajinalar va shu kabi nojins narsalar haqidagi ko’plab gaplar kuchli qo’rqinch hissi ta'sirida noto’g’ri idrok qilish, ya'ni sub'ektiv illyuziya tufayli vujudga kelgandir. Ba'zan odam qattiq qo’rqqan paytida bosh miya katta yarim sharlarining po’stidagi muhim markazlardan birortasi uzoq muddatli tormozlanish holatiga tushib qolishi mumkin. Buni akademik I.I.Pavlov hayotni muhofaza qiluvchi tormozlanish deb atagan edi. Ana shunday paytda tormozlanib qolgan markaz bilan bog’liq bo’lgan organizmning biror qismida keskin o’zgarish paydo bo’ladi. Chunonchi odamning og’zi yoki ko’zi qiyshayib qolishi mumkin yoki ho’li, oyoqi falaj bo’lib qolishi mumkin. Sub'ektiv illyuziya hodisasi, ya'ni qattiq qo’rqinch hissi ta'sirida noto’g’ri idrok qilish hodisasi bolalarda ham uchrashi mumkin. Shuning uchun ana shu yug’oridagi mulohazalarni, ya'ni yanglish idrok natijasida paydo bo’ladigan qo’rqinchli obrazlarni nazarda tutib, hech vaqt bolalarni qo’rqitish kerak emas. Psixologiyada ko’rish illyuziyalarining o’rganilishi muayyan o’zining tadqiqot tarixiga ega. Masalan, agarda biz ko’rsatkich va o’rta barmoqlarimizni chalishtirib, no’xot yoki bironta dumaloq narsani chalishtirgan holda ikkala barmoqimizning uchi bilan bosib turib, shuningdek ayni bir davrda aylantiraversak, bu holda barmoqlarimizning tagida bitta emas, balki ikkita no’xot bordek his qilamiz. Ana shu holdagi bir narsaning ikkita bo’lib sezilishi Aristotel (Arastu) illyuziyasi deb ataladi. Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir. Biz har kuni yangi narsalarni bilamiz, kun sayin bilimlarimiz boyib boradi. Xotira faoliyatida shaxsning g’oyaviy yo’nalishi katta o’rin egallaydi. Bu yo’nalish uning faoliyatini hayot sharoiti ta'sirida shakllantiradi. Kishi o’zining shu faoliyati uchun muhim bo’lgan voqea, hodisalarni yaxshi eslab qoladi. Aksincha, kishi uchun kam ahamiyatga ega bo’lgan narsalar yomon esda qoldiriladi va tezda unutib yuboriladi. Shu o’rinda xotira borasidagi ta'riflarga qaytsak, ko’pgina adabiyotlarda xotira tushunchasi quyidagicha ta'riflanadi. "Indvidning o’z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi". Lekin mazkur ta'riflarni tahlil qilgan professor E.G’.G’oziev tomonidan xotira tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi. "Xotira atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va faol holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutish hamda tanish hissidan iborat psixik jarayon. Alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa barcha taassurotlarni ijobiy qayta ishlashga yo’naltirilgan mnemik faoliyatdir". Shuni ta'kidlash joizki, keltirilgan mazkur ta'rif xotiraning murakkab, keng qamrovli jihatlarini to’la ta'kidlash imkoniyatiga ega. Shaxsning yo’nalishi uning qiziqishida ifodalanadi. Kishining qiziqishi xotiraga aniq va kuchli ta'sir ko’rsatadi, ya'ni yaxshi esda olib qolishni ta'minlaydi. Biz ko’pincha u yoki bu narsa va hodisalarni yomon esda qoldiramiz. Bu xotirani yomonligini emas, balki ularga qiziqish yo’qligini ko’rsatadi. Masalan, o’quvchilar hamma fanlarni bir xil o’zlashtira olmaydilar. Bu ularning har xil xotiraga ega ekanliklar bilan emas, balki o’qitilayotgan fanga qiziqishning har xilligi bilan tushuntiriladi. Esda olib qolishga kishining emosional munosabati ham katta ta'sir ko’rsatadi. Kishi uchun yaqqol hayajonli reaksiya vujudga keltiruvchi narsalar ongda chuqur iz qoldirib, puxta va uzoq yodda saqlanadi. Biz bir narsadan ta'sirlansak, o’sha uzoq vaqt esda saqlanadi. Samarali xotira kishining iroda sifatlariga ham bog’liqdir. Kuchsiz, irodasiz, ishyoqmas kishilar har doim yuzaki, yomon xotirlaydilar. Aksincha, irodali, materialni o’zlashtirishga astoydil kirishadigan kishilar puxta va chuqur eslab qoladilar. Samarali xotira kishining umumiy madaniyatiga, uning aqliy saviyasiga, bilimiga, uquviga fikrlash qobiliyatiga, ko’nikmaa va odatlariga ham bog’liqdir. Shunday qilib, xotiraning tabiati va uning samaraliligi shaxsning xususiyatlari bilan bog’liqdir. Shaxs o’z oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalari asosida o’zining xotirlash jarayonini ongli ravishda tartibga soladi va boshqaradi. Xotira sohasida quyidagi asosiy jarayonlar: esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish bir-biridan farq qilinadi. Bu jarayonlar faoliyatda tarkib topadi va belgilanadi. Ma'lum materialni esda olib qolish hayot faoliyati davomida individual, ya'ni shaxsiy tajribani to’plash bilan bog’liqdir. To’plangan tajribadan keyingi faoliyatda foydalanish qayta esga tushirishni talab qiladi. Ma'lum materialning faoliyatda qatnashmay qolishi yoddan chiqarishga olib keladi. Download 124.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling