- Mizomov Yusufjon Saydulla o’g’li
- “Navoiy IESning mexanik ta’mirlash sexidagi elektr jihozlarini modernizatsiya qilish orqali energiya tejash”
- MAVZUSIDAGI MAGISTRLIK DISSERTATSIYA ISHI BO’YICHA YARIM YILLIK HISOBOTI
- 70710701 “Elektr mexanikasi” (tarmoq boʼyicha) Ilmiy raxbar. dots. B.SHaymatov
- O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
- BUXORO MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
- “Elektr mexanikasi va texnologiyalari”kafedrasi
- Ma’lumki, Respublikamiz miqyosida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining asosiy qismi sanoat korxonalaridagi elektr dvigatellar hisobiga to’g’ri keladi. Bugungi kunda elektr energiyasini iste’molini kamaytirish, isroflarni yo’qotish va texnologik jarayonda inson omilini kamaytirish kabi bir qator masalalarni elektr dvigatellar ustida o’tkazilgan energiya tejash ishlarida energiya samaradorligi ko’rsatgichi bir muncha yuqori chiqishini inobatga olsak, eng katta energiya iste’molchilari bu elektr dvigattellar ekanligi ma’lum bo’ladi. Bu masala kundan-kunga kuchayib bormoqda va mamlakatimizda ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4779 sonli “IQTISODIYOTNING ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH VA MAVJUD RESURSLARNI JALB ETISH ORQALI IQTISODIYOT TARMOQLARINING YOQILG‘I-ENERGETIKA MAHSULOTLARIGA QARAMLIGINI KAMAYTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA”gi qarorida qilinishi kerak bo’lgan ishlar yo’l xaritasi ko’satilgan. Masalan sanoat korxonalaridagi yuklamalarning to’g’ri tanlanmaganligi, ularga to’g’ri texnik xizmat ko’rsatilmaganligi va bir qator elektr yuritmalarning dvigatellari yuklamaga nisbatan bir necha barobar katta olinganligiga qarab tadqiqot ishi olib borilmoqda. Dissertatsiya ishi ushbu masalalarni hal qilishga yo’naltirilgan.
- Dunyo olimlari А. И. Дащенко, Бедрин В.М., Бедрина A.B. va boshqalar texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish bo‘yicha qator ishlarni amalga oshirishgan.
- O’zbekiston olimlaridan G’ulomov SH.M, Yusufbekov A.N, Ergashev F.A, va boshqalar texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish bo‘yicha qator muammolarni o‘rganishgan va ishlarni amalga oshirishgan.
- TADQIQOT MAQSADI : tadqiqotdan asosiy maqsad korxonadagi asosiy elektr yuritmalarining ustida o’tkaziladigan tadbirlar asosida yuqori samaradorlikka erishish va ularni amaliyotga tadbiq etish. Bu ishlar zamirida elektr dvigatellarning isroflarini kamaytirish, texnik isroflarni yo’qotish va butun texnologik jarayonni avtomatlashtirish orqali yuqori energiya samaradorligiga erishish.
- TADQIQOT VAZIFALARI:
- Eng avvalo navoiy IES dagi mexanik ta’mirlash sexining umimiy elektr ta’minot tizimini o’rganish.;
- O’rganilgan ta’minot tizimi asosida umumiy texnik iste’mollari va barcha turdagi isroflarni taxlil qilish. Bu taxlillar asosida korxonaga isroflarni bartaraf etish bo’yicha kerakli ko’rsatmalar berish.;
- Korxonadagi mexanik ta’mirlash sexidagi barcha elektr yuritmalarni avtomatik ish rejimiga o’tkazish;
- Avtomatik ish rejimidagi iste’mol va isroflarning taxlilini olish va oldingilari bilan solishtirish.
- Ko’rilgan iqtisodiy samaradorlikni umumiy hisoblash va amaliyotga tadbiq etish to’g’risida tavsiyalar berish.
- Tadqiqot ob’ekti: ‘‘Navoiy IES’’ korxonasidagi mexanik ta’mirlash sexi elektr ta’minoti tizimi olingan.
- Tadqiqot predmeti: ‘‘Navoiy IES ’’ korxonasi elektr ta’minoti tizimida avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish.
-
- Elektr ta’minoti tizimida elektr qurilmalarining avtomatik boshqaruvi tizimini joriy qilish. Bu bilan elektr taminotidagi isroflarni yo’qotish va to’liq avtomatlashtirilgan tizimga o’tish orqali mahsulot birligiga ketadigan energiya sarfini kamaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi
Do'stlaringiz bilan baham: |