19._Sarkomastigoforalar tipi. Sarkomastigoforalar tipining parazit vakillari va ularning tuzilishi, ko’payishi, keltirib chikaradigan kasalliklari.
Sarkomastigoforalar tipigа mаnsub hаyvоnlаr sохtа оyo‘qlаr yoki хivchinlаr
yordаmidа hаrаkаtlаnаdi. Ulаr dеngiz, chuchuk suv hаvzаlаri vа nаm tuprоqlаrdа
hаyot kеchirаdi. Shuningdеk, ulаr оrаsidа ham turli hаyvоnlаr vа оdаm оrgаnizmidа
pаrаzitlik qilib, оg‘ir kаsаlliklar kеltirib chiqаrаdigаn turlаri bоr. Bu tipgа 18000 gа
yaqin tur kirаdi. Sаrkоmаstigоfоrаlаr sаrkоdаlilаr vа хivchinlilаr kenja tiplariga
bo‘linаdi.Sarkodalilar kenja tipi vakillarining qattiq po‘sti bo‘lmaydi; hujayra
sitoplazmasi faqat sitoplazma membranasi bilan tashqi muhitdan ajralib turadi. Qattiq
po‘st rivojlanmaganligi uchun sarkodalilar tanasining shakli doimiy emas. Sitoplazmadan hosil bo‘lib turuvchi о'simtalar yordamida hayvon sekin-asta siljiydi; shuning
uchun bunday oyoqlar soxta oyoqlar psevdopodiylar deb ataladi.
Sarkodalilar kenja tipiga 11000 dan ortiq tur kiradi. Ko‘pchilik turlari chuchuk
suvlarda, dengiz va okeanlarda hamda tuproqda erkin yashaydi. Ayrim turlari parazit
hisoblanadi. Sarkodalilar kenja tipi ildizoyoqlilar, nurlilar, quyoshlilar va
akantariyalar kabi sinflarini o‘z ichiga oladi. Bu sinflardan ildizoyoqlilar sinfi
orasidaparazitlariuchraydi.Ildizoyoqlilar (Rhizopoda) sinfi vakillarining soxta oyoqlari xilma-xil vaharakatchan bo‘ladi. Sitoplazmasi doimiy, ixtisoslashgan zonalarga bo‘linmagan. Bu
sinf amyobalar, chig‘anoqli ildizoyoqlilar va foraminiferalar turkumlariga bo‘linadi.
Parazit turlari asosan, amyobalar(Amoebina) turkumi orasida uchraydi
Odam va hayvonlarda amyobalar turkumining bir necha turlari parazitlik qiladi.
Ular orasida ichburug' (dizenteriya) amyobasi (Entomoeba histolytica) odamlarning
yo'g'on ichagida parazitlik qilib, amyobiaz, ya'ni qonli ichburug' bilan og'rishga sabab
bo'ladi. Umuman, odam organizmida amyobalarining 5 ta turi uchraydi. Ularning 4
tasi zararsiz hisoblanib, asosan yo'g'on va ko'r ichaklardagi bakteriyalar hisobiga
yashaydi. Ichak amyobasi - Entamoeba coli xuddi shunday amyobalardan
hisoblanadi. Uning tuzilishi ichburag' amyobasiga o'xshash, lekin sistasi 8yadroli
bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |