Умумий якуний назорат саволларga-javob. “Parazitologiya” fani, uning biologiya fanlari tizimida tutgan o’rni va boshqa fanlar bilano’zarobog’liqligi


_Trypanosoma gambiense o`rganish tarixi, ularning keltirib chiqaradigan kasalliklar, qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlar


Download 82.51 Kb.
bet26/46
Sana09.01.2022
Hajmi82.51 Kb.
#256393
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46
Bog'liq
Parazitologiya Javoblar.

44._Trypanosoma gambiense o`rganish tarixi, ularning keltirib chiqaradigan kasalliklar, qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlar. Odamlarda parazitlik qiladigan tripanosomalarning quyidagi turlari anchayaxshi o'rganilgan:
1). Afrika uyqu kasalligining qo'zg'atuvchisi - Trypanosoma gambiense;
2). Chagas kasalligining qo'zg'atuvchisi - Trypanosoma cruzi;
3). Uyqu kasalligining rodeziya shaklini keltirib chiqaradigan – Trypanosoma rhodesiense vaboshqalar.Trypanosoma gambiense - Afrikada tarqalgan juda og'ir "uyqu kasalligi" deb
atalgan xastalikni qo'zg'atuvchisi hisoblanadi. XX asrning birinchi yarmida bir milliondan ortiq kishi shu kasallikdan halokbo'lgan. Kasallik tana haroratining ko'tarilishi bilan boshlanadi, so'ngra asta-sekinlikbilan markaziy nerv sistemasining qattiq shikastlanishi kuzatiladi. Bemorda uxlabqolish va aksincha, uxlay olmaslik hollari kuzatiladi. Kasallik o'z vaqtidadavolanmasa, o'limga olib kelishi mumkin. Parazitlar bemorlarning qoniga, limfa
bezlariga, keyinchalik esa orqa miya suyuqligiga o'tadi.
Trypanosoma gambiensini antilopalar qonida ko’plab uchratish mumkin. Bu
hayvonni kasallikka chidamli bo’lganligi uchun uni tabiatda tripanosomalarni
o’zlarida saqlovchi rezervuar deb hisoblash mumkin.
Demak, Afrika uyqu kasalligining tabiiy manbai antilopalar hisoblanadi,
tarqatuvchisi esa se-se pashshasidir (Glossina palpalis). Kasallik faqat shu qon
so'ruvchi pashshalar tarqalgan hududlarda uchraydi. Pashsha odam qonini so'rganda
unga kasallikni yuqtiradi. Pashshalar ichagida parazitlar bo'yiga bo'linib, jinssiz
ko'payadi. Trypanosoma gambiense shuningdek qoramollarda, cho’chqa, it va
yovvoyi sut emizuvchilarda ham uchraydi. Ushbu tripanosoma 1962-yilda G’arbiy
Afrikada D.Datton tomonidan aniqlangan, uning rivojlanishini D.Bryus o’rgangan.
Kasallik odamlarda juda og’ir kechadi va uzoq davom etadi, davolanmagan taqdirda
kishilarning o’limiga sabab bo’ladi.


Download 82.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling