Умумий якуний назорат саволларga-javob. “Parazitologiya” fani, uning biologiya fanlari tizimida tutgan o’rni va boshqa fanlar bilano’zarobog’liqligi


_Lyambliya (Lamblia intestinalis) o`rganish tarixi, ularning keltirib chiqaradigan kasalliklar, qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlar


Download 82.51 Kb.
bet29/46
Sana09.01.2022
Hajmi82.51 Kb.
#256393
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   46
Bog'liq
Parazitologiya Javoblar.

47._Lyambliya (Lamblia intestinalis) o`rganish tarixi, ularning keltirib chiqaradigan kasalliklar, qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlar. Ko’pxivchinlilar yoki polimastiginalar(Polymastigina)turkumivakililyambliyani birinchi marta 1859-yilda Xarkov UniversitetiningprofessoriLyambleaniqlagan. Lyambliya (Lamblia intestinalis) hayot siklida vegetativ hamdasistako'rinishida uchraydi. Vegetativ shakli noksimon bo'lib, uzunligi 12-15 mkm, eni esa 8-10 mkmgacha bo'ladi.Tanasining oldingi tomonida disk bo'lib, ichak epiteliysiga yopishishuchun xizmat qiladi. Tanasining o'rtasida ikkita tayanch ipi - aksostillar o'tadi.
Aksostillar yordamida parazitning tanasi ikki simmetriyali nimtalarga bo'lingan
bo'lib, har qaysisida bittadan yadro bo'ladi.Aksostillarning oldingi qismida bir qancha blefaroplastlar bo'lib, ular 3 juftxivchinlarni energiya bilan ta'minlaydi. To'rtinchi juft xivchinlar aksostillarning orqaqismida yotadi. Parazitning hazm organoidlari bo'lmaydi. Shuning uchun osmatik yo'lbilan oziqlanadi. Ko'payish usuli jinssiz, uzunasiga bo'linish (mitoz) yo'li bilanamalga osha-di. Lyambliyalarning sistalari oval shaklida bo'lib, uzunligi 10-14 mkmgacha yetadi. Ikki qavat po'stlog'i aniq ko'rinib turadi. Yetilmagan sistalarda 2 ta
yadro, yetilganlarida esa 4 ta yadro bo'ladi.Lyambliyalarning taraqqiyoti oddiy bo'lib, hayot davri parazitning vegetativ vasistaga o'ralgan shakllarining almashinib turishidan iborat. Vegetativ shakllariodamlarning 12 barmoqli ichagida yashaydi va ko'payadi. Tajriba yo'li bilan zararlangan hayvonlarda lyambliyalar ingichka ichakning yuqori qismlarida topilgan.
Ularning ba'zilari sistaga o'ralib, tashqi muhitga chiqadi va odamga lyamblioz
kasalligini yuqtiradigan manba bo'lib qoladi. Lyambliozni yuqtiradigan manba kasal
odam va parazit tashuvchilardir.Lyamblioz hamma yerda tarqalgan bo'lib, aholining taxminan 10 % idaparazitlarnj topish mumkin. Lyamblioz bilan, asosan, yosh bolalar ko'proq kasallanadi. Parazitlar odamning 12 barmoqli ichagida yashashi bilan birga, ayrim
ma'lumotlarga qaraganda, o't pufagida ham yashashi mumkin. Ammo sun'iy usulda
o'stirilgan lyambliya o't suyuqligi pufagida yashamaydi. Hozirgacha ham
lyambliyalarning o't yo'llarida, o't pufagida yashashi noaniq. L.I. Rogova va N.A.
Dehqonxo'jayevalarning (1960) ma'lumotlari bo'yicha, olib tashlangan o't pufaklar
hamda tajriba yo'li bilan zararlangan hayvonlarning o't pufagida lyambliyalar
topilmagan.


Download 82.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling