55._Myxobolus pfeifferi o`rganish tarixi, ularning keltirib chiqaradigan kasalliklar, qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlar.Miksosporalilar shizogoniya, jinsiy jarayon, sporogoniya davrlari va nasllargallanishining yo'qligi bilan sporalilardan farq qiladi.
Shilimshiq sporalilardan Myxobolus pfeifferi turi baliqlarning har xil to'qima
va organlarida (jabralari, terisi, o't pufagi va muskullarida) parazitlik qiladi.
Baliqlarning terisida shishlar paydo bo'lib, ko'plab, ayniqsa, yosh baliqlar qirilib
ketadi (15-rasm).Organlar bo'shlig'ida uchraydigan voyaga yetgan miksosporalilar ko'p yadroli
amyobaga o'xshash bo'ladi. To'qimalarda miksosporalilar 1 -2 sm va undan ham
yirikrok shishlar hosil qiladi. Sistalari ko'p yadroli bo'lib, plazmodiy tanasi bilan
to'lgan. Yadrolari vegetativ va generativ yadrolarga bo'linadi. Vegetativ yadrolari
o'sish va moddalar almashinuvi, generativ yadrolar esa ko'payish funksiyasini
bajaradi. Generativ yadrolar atrofiga sitoplazma ajralishi natijasida juda ko'p
generativ hujayralar hosil bo'ladi. Bu hujayralar plazmodiy tanasida harakatlanish
xususiyatiga ega bo'ladi. Generativ hujayralar yadrosining bir necha marta bo'linishi
bilan ko'p yadroli sporoblastlar shakllanadi. Har bir sporoblast ichida 2 tadan ko'p
yadroli spora hosil bo'ladi. Miksosporalilar sporasi juda xilma-xil va murakkab tuzilgan; ko'pincha ikki,ba'zan 3-6 tavaqali bo'ladi. Spora ichida otuvchi kapsulasi va ikki yadroli
amyobasimon murtak, kapsula ichida esa otiluvchi ip o'rami joylashgan. Shu
sababdan bunday sporani dafatan ko'p yadroli deyish mumkin. Sporalar tashqi
tomondan qattiq po'st bilan qoplangan, ko'pincha uzun o'simtalari bo'ladi. Baliq
tanasidan suvga tushgan sporalarni boshqa baliqlar yutishi mumkin. Ichakda ovqat
hazm qilish shirasi ta’sirida otiluvchi ipchalar kapsuladan otilib chiqib, ichak
devoriga sanchiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |