57._Prosthogonimus ovatus va Prosthogonimus cuneatus o`rganish tarixi, ularning keltirib chiqaradigan kasalliklar, qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlar.So'rg'ichlilar sinfidan - prostogonimus (Prosthogonimus) urug'ining vakillari, ayniqsa, Prosthogonimus ovatus va Prosthogonimus cuneatus turlari tovuq,kurka, o'rdak, g'oz va boshqa yovvoyi parrandalarning fabritsiyev xaltasi va tuxumdonlarida parazitlik qilib, prostogonimoz kasalligini keltirib chiqaradi.Bu parazitning tanasi noksimon shaklda, darzoventral tomondan yassilangan.
Uzunligi 3-6 mm, eni esa 1-2 mm keladi. Ichaklari og'iz so'rg'ichi bilan qorin
so'rg'ichi oralig'ida ikkiga shoxlangan. Qorin so'rg'ichi og'iz so'rg'ichiga nisba-tan
ancha yirik. Urug'donlari ikkita, ovalsimon ko'rinishda, asosan tanasining orqa
yarmida joylashgan. Tuxumdoni qorin so'rg'ichining yuqorisida, sariqlik bezlari
tananing ikki yon tomonida, bachadoni esa tanasining orqa tomonida joylashgan.
Prostogonimning rivojlanishi uchta xo'jayinda ketadi (24-rasm).
Birinchi oraliq xo'jayini chuchuk suvda yashovchi Bithynia va Gyraulus
urug'iga mansub mol-luskalar, ikkinchi oraliq xo'jayinlari, ya'ni qo'shimcha
xo'jayinlari har xil turga kiruvchi ninachilar (Libellula Anax, Sympetrum va boshqa
urug'lar turlari) va asosiy xo'jayinlari esa parrandalar hisoblanadi.
Parazitning tuxumlari parrandalarning tezagi bilan tashqi muhitga, suvga
tushgandan 8-14 kundan keyin tuxumdan miratsidiy chiqadi va faol harakat qilib.
birinchi oraliq xo'jayini - molluskalarning ichiga kiradi, Molluska jigarida miratsidiy
sporotsistaga aylanadi va sporotsista ichida uzun dumli serkariylar yetiladi va ular
molluskadan suvga chiqadi. Keyinchalik serkariylar ikkinchi oraliq xo'jayin -
ninachilar lichinkasining ichiga kirib oladi. Bu yerda serkariy ninachi lichinkasi
ichagining devorini teshib, qorin muskuli oralig'iga kelib joylashadi va to'rtinchi kuni
metatserkariyga aylanadi. Metatserkariy kapsulaga o'ralib, 70 kundan keyin yuqumli
(invazion) holatga aylanadi. Asosiy xo'jayinlari - parrandalar metatserkariy bilan
zararlangan ninachilar va ularning lichinkalarini yeyishi bilan parazitni o'zlariga
yuqtiradi. Parranda ichagidan meta-tserkariy kloaka orqali tuxum yo'li va fabritsiyev
xaltasiga o'tadi va taxminan ikki haftadan keyin jinsiy voyaga yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |