54._Theileria annulata o`rganish tarixi, ularning keltirib chiqaradigan kasalliklar, qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlar.Teyleridalar (Theileriidae) oilasining vakillaridan – Theileria annulatadastlab qoramollarning limfa hujayralarida, keyinchalik esa eritrositlarida parazitlikqiladi va teylerioz kasalligini qo‘zg‘atadi. Teylerioz uy va yovvoyi kavsh qaytaruvchi
hayvonlarning obligat transmissiv kasalligi hisoblanadi va chorvachilik xo‘jaliklariga
katta zarar etkazadi.Teylerioz ham eng xavfli, o‘limga olib keladigan kasalliklardan hisoblanadi.
Kasallangan hayvonlarning 40-80 % o‘ladi. Bu kasallik issiq iqlimli mamlakatlarda,
shu jumladan, O‘zbekistonda ham chorva mollariga, birinchi navbatda, qoramollarga
katta zarar etkazadi. Teyleriya ko‘pga bo‘linib, ya’ni shizogoniya usulida ko‘payadi,
natijada shizontlar - anor donachalari hosil bo‘ladi.
Teylerioz qo‘zg‘atuvchisining shakli har xil eritrositlar ichida tayoqchasimon,
halqasimon, oval, yumaloq, noksimon, vergulsimon, nuqtasimon (anor doniga
o‘xshash) bo‘ladi. Har bir eritrosit ichida 1 dan 7 tagacha parazit bo‘ladi (13-pacm).
Teyleriyalar xo‘jayin almashinish bilan rivojlanib, kanalar organizmida ko‘plab
bo‘linish (gametogoniya) yo‘li bilan ko‘payadi. Teyleriya kanalardan issiq qonli
hayvonlar organizmiga tushganda, dastlab limfa tizimida shizogoniya yo‘li bilan
ko‘payadi, anor donachalarini hosil qiladi, keyin esa eritrositlarga o‘tib oladi. Kasallik
qo‘zg‘atuvchisini asosan voyaga etgan yaylov kanalari tarqatadi. Tabiiy muhitda eng
ko‘p kasallangan hayvonlar asosaniyun , iyul va avgust oylariga to‘g‘ri
keladi. Yosh mollarda teylerioz og‘irkechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |