Умумий якуний назорат саволларga-javob. “Parazitologiya” fani, uning biologiya fanlari tizimida tutgan o’rni va boshqa fanlar bilano’zarobog’liqligi


_Skrebnilar muhim vakillari, ularning tuzilishi, keltirib chiqaradigan kasalliklari


Download 82.51 Kb.
bet32/46
Sana09.01.2022
Hajmi82.51 Kb.
#256393
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46
Bog'liq
Parazitologiya Javoblar.

50._Skrebnilar muhim vakillari, ularning tuzilishi, keltirib chiqaradigan kasalliklari.

Rudolfl XIX asrning boshlarida skrebniyning 50 ta turini o’rganib, ularni
bitta turkumga kiritadi. Leykart bu guruh parazltlarning biologiyasini o’rganib, ular
oraliq xo’jayinlar orqali rivojlanishini aniqlaydi. 1956-1958-yillarda prof. V.I.
Petrochenko akantotsefa-lalaming MDH da uchraydigan turlari, ularning tarqalishi,
rivojlanish sikli, keltirib chiqaradigan kasalliklarini o’rganib, "Uy va yovvoyi
hayvonlar akantotsefalalari" nomli ikki jildlik monograflyasini yaratdi.
Bu tipga faqat bitta sinf, ya'ni Tikanboshlilar (Acanthocephala) sinfi kiradi.
Akantotsefalalarning gavdasi ipsimon, silindrsimon, qopsimon va ovalsimon
ko’rinishda bo’lib, kattaligi 1,5 mm dan 68 sm gacha (Macracanthorhynchus hirudinaceus) boradi.Gavdast xartum va haqiqiy tanaga bo’linadi. Tanasining oldingi qismida xitinli
ilmoqchalar bilan qurollangan xartumi, xartum qini va bo’yindan iborat, haqiqiy tana
bo’limida esa hamma qolgan ichki organlari joylashgan, Skrebniylarda ovqat hazm
qilish organlari reduksiyalangan, shunga ko’ra ular ovqatni butun tana yuzasi orqali
difftiziya holda qabul qiladi. Ularning xartumi xo’jayini ichagi devoriga yopishish
uchun xizmat qiladi. Xartumdagi xitinli ilmoqlarning shakli, katta-kichikligi, soni va
joylashish tartibi har xil turlarda turlicha bo’lib, skrebniylarning sistematikasini hal
qilishda muhim rol o’ynaydi. Xaitumi juda harakatchan bo’lib, tez-tez qiniga kiribchiqib turadi.


Download 82.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling