48._Trichomonas hominis - o`rganish tarixi, ularning keltirib chiqaradigan kasalliklar, qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlar. Trixomonadalar (Trichomonas) - trixomonadoz kasalligini qo'zg'atuvchilaribo'lib, uch turni o'z ichiga oladi: 1.Ichak trixomonadasi - Trichomonas hominis; 2.Qin trixomonadasi - Trichomonas vaginalis; 3. Og'iz trixomonadasi - Trichomonastenax. Ichak trixomonadasi odamning yo'g'on ichagida parazitlik qiladi. Qin
trixomonadasi esa ayol va erkaklarning siydik va jinsiy yo'llarida uchraydi.
Trixomonadalarning tanasi oval shaklida bo'lib, orqa qismi ingichkalashib
ketgan. Uzunligi 5-10 mkm (ichak trixomonadasi) dan 15-30 mkm gacha (qin trixomonadasi) bo'ladi. Oldingi qismida sharsimon yadrosi joylashgan bo'lib, yadro oldida blefaroplast
yotadi. Barcha xivchinlilar sinfi vakillari singari trixomonadalarning harakat
organoidlariga xivchinlari kiradi. Xivchinlarining soni 4-5 ta bo'lib, ulardan bittasi
to'lqinsimon parda bo'ylab orqaga qayrilgan. Sitoplazmasida hazm qiluvchi
vakuolalari bor. Trixomonadaning tanasi bo'ylab uzunasiga ketgan tayanch o'zak
aksostil joylashgan, cheti bo'ylab to'lqinlanuvchi membrana (parda) yotadi.
Qin trixomonadasi va og'iz trixomonadasining to'lqinlanuvchi membranasi
qisqa bo'ladi.Trixomonadalar ikki usul bilan oziqlanadi, ya'ni oziq moddalarni tananing
butun yuzasi bilan shimadi (osmatik usulda) yoki hujayra og'zi - sitostom orqali
(qamrab olish usuli bilan). Lekin hozirga qadar qin trixomonadasining sitostomi
aniqlanma-gan. Trixomonadalar uzunasiga bo'linish (mitoz) yo'li bilan jinssiz
ko'payadi. Sis-talar hosil qilishi aniqlanmagan. Ichak trixomonadasi odamlarda xavfli
kasalliklarni keltirib chiqarmaydi, lekin kolit (ich qotish) kasalini tezlashtiradi.
Ichak trixomonadasi ifloslangan ovqat yoki suv orqali yuqadi. Ichak
trixomona-dasiga tashxis qo'yish uchun mikroskop ostida bemor axlatini tekshirib,
vegetativ shakllari aniqlanadi.Qin trixomonadasi erkak va ayollarning siydik-tanosil yo’llarida parazitlik qilib,shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik natijasida va jinsiy aloqa vaqtida yuqadi.Ushbu parazit barcha davlatlarda uchraydi. Ular erkak va ayollarning siydik
yo'llarida uchraydi. Kasallanish ayollarda 20-40 %, erkaklarda esa 15 % ni tashkil
qiladi. Tashxis qo'yish uchun bemorning siydik va jinsiy yoilaridan surtma olinib,
mikroskop ostida tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |