39._Mollyuskalar (Mollusca) tipi sistematikasi, tavsif.Tipiga 130 mingdan ortiq tur kirib, u 7 tasinfga boiinadi. Molluskalar orasida ham ayrim turlari parazitlik qilib hayot
kechiradi. Ular asosan ikki pallali fBivalvia) va qorinovoqlilar (Gastropoda) sinflari ichida uchraydi.Qorinoyoqlilar sinfining ayrim vakillari har xil parazit chuvalchanglarning,
birinchi navbatda, so‘rg‘ichlar sinfi vakillarining oraliq xo‘jayinlari hisoblanadi.
Shuningdek, ular ayrim tur tasmasimon chuvalchanglar vakillarining ham oraliq
xo‘jayin!arisifatidaqatnashadi.Ikki pallali molluskalardan chuchuk suv marvariddorlari (Margaritifera) va tishsizlaming (Anodonta) lichinkalari baliqlarda parazitlik qilib yashaydi.
Tishsizlar ayrim jinsli boiib, tashqi ko‘rinishidan erkagi urg‘ochisidan farq qilmaydi. Urg‘ochi tishsiz yetilgan tuxumlarini jabra yaproqchalari oralig'iga qo‘yadi.
Erkaklarining spermatozoidlari esa suvga chiqariladi va kirish sifonlari orqali
urg‘ochisining tanasiga kiradi. Tuxum jabra yaproqchalari orasida urugianib, bir
necha kundan keyin undan gloxidiy deb ataluvchi lichinka chiqadi.
Lichinkaning ikki pallali chig‘anoqlari qirralari tishchali boiadi. Bunday
lichinkalar erta bahorda ona organizmidan suvga chiqadi va biroz harakatlanib,
keyin chig‘anoqlarini tishchalari va yopishqoq bissus ipchalari yordamida turli
baliqlaming jabrasiga va suzgich qanotlariga ilashib, parazit holda hayot kechira
boshlaydi. Natijada zararlangan baliqlar tanasida shishlar paydo boiadi. Terisining
ostida gloxidiylar bir-ikki oy davomida parazitlik qilib rivojlanadi va asta-sekin
kichik tishsizga - baqachanoqqa aylanadi. Keyinchalik baliqning terisini yorib, suv
tubiga cho‘kib mustaqil hayot kechiradi. Gloxidiylar, ayniqsa, baliqlaming jabra
to‘qimalarida parazitlik qilib, ulaming nafas olishini qiyinlashtiradi va natijada
ko‘plabbaliqlarnobudboiadi.Qorinoyoqli molluskalar ichida ham ayrim turlari ninaterililar tipi vakillaridaparazitlikqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |