37._Zuluklar (Hirudinea) sinfi sistemaikasi, tavsif, rivojlanishi va zarari. ZULUKLAR
(HIRUDINEA) sinfiga 450 ga yaqin tur kiradi. Ular asosan chuchuk suvlarda, bir
qismi esa dengizlarda yashaydi. Umurtqali hayvonlarda vaqtincha ektoparazitlik
qilib yoki yirtqichlarcha hayot kechiradi. Ular asosan qon so‘rib yoki mayda hayvonlar bilan ovqatlanadi. Ayrimlari quruklikda yashashga ham moslashgan. Masalan, tropik nam o‘rmonlarda, quruklikda - Avstraliya, Janubiy Osiyo, Yaponiya va
boshqa janubiy mamlakatlarda 3-5 sm li qonxo‘r jagii zuluklar daraxtga yopishgan holda hayvon yoki odam o‘tishini poylaydi va ko'pincha ularga tashlanib, azob
beradi.Zuluklar juda ham harakatchan, suv ostida o‘rmalab yoki suvda suzib yashaydi.
Ulaming tanasi yelka qorin tomonga yassilanganligi bilan boshqa halqali chuvalchanglardan farq qiladi. Tanasining oldingi uchida muskulli so‘rg‘ichi bo‘lib, uning
o‘rtasida og‘iz teshigi joylashgan. Gavdasining keyingi uchida esa juda yaxshi rivojlangan orqa so‘rg‘ichi joylashgan. Orqa so‘rg‘ichining yelka tomonida anal teshigi
bor. Zuluklar boshqa halqali chuvalchanglardan ana shu so‘rg‘ichlarining boiishi,
ularda parapodiyalar, jabralar va boshqa qillarining boimasligi (qillar faqat primitiv turlaridan — qildor zuluklardagina saqlangan) bilan keskin farq qiladi. Bundan
tashqari, zuluklar gavdasining tashqi halqalari ichki halqalariga to‘g‘ri kelmaydi,
ya’ni tashqi segmentlari bilan ichki segmentlarining mosligi buzilgan. Zuluklaming
turli vakillarida har qaysi haqiqiy ichki segmentiga 3 tadan 5 tagacha tashqi segmentlar to‘g‘ri keladi (tibbiyot zulugida 5 ta tashqi segment to‘g‘ri keladi). Zuluklaming tashqi halqalanishi tashqi muhitga moslashish xususiyatlaridan boiib, bu
qalinlashib ketgan teri-muskul qopchigining egiluvchanligini ta’minlaydi.
Zuluklar tanasining uzunligi 1 sm dan 30 sm gacha boradi. Laboratoriya sharoitida 1,5 yil davomida 44 sm ga yetadigan zuluk o‘stirilgan. Zuluklar harakatlanganida, oldin orqa so‘rg‘ichi bilan biror narsaga yopishib olib, gavdasini oldinga
cho‘zadi, shunda oldingi ogiz so‘rg‘ichi bilan boshqa narsaga yopishib oladi. Bu
vaqtda orqa so‘rg‘ichi narsadan ajraladi va gavda bosh tomonga qarab tortilib, ilmoq kabi egiladi. Shu tariqa ular qadamlab harakat qiladi. Ular suzganda butun
gavdasi bilan toiqinsimon harakat qiladi, bunda zuluk tanasining orqa va qorin
tomonlari bukiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |