Умумий якуний назорат саволларga-javob. “Parazitologiya” fani, uning biologiya fanlari tizimida tutgan o’rni va boshqa fanlar bilano’zarobog’liqligi


_Parazitizm va parazitlar to’g’risida tushunchalar


Download 82.51 Kb.
bet5/46
Sana09.01.2022
Hajmi82.51 Kb.
#256393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
Parazitologiya Javoblar.

5._Parazitizm va parazitlar to’g’risida tushunchalar. Parazitizm (yunoncha parasites-tekinxo'r, hamtovoq) har xil turga mansub
organizmlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning bir ko’rinishidir. Bunda
organizmlardan biri (parazit) ikkinchisi (xo'jayin) dan yashash muhiti va ozuqa
manbai sifatida foydalanib, unga zarar yetkazadi.
Parazitlik bilan hayot kechirish parazit turning o’ziga xos filogenetik belgisi
bo’lib, shu turga kiruvchi barcha individlar uchun xosdir. Parazitlar biologiyasi,
ekologiyasi, tarqalishi, kelib chiqishi, qo’zg’atadigan kasalliklari va ularga qarshi
kurash choralarini o’rganadigan fan – Parazitologiyadir.
Fan rivojlanishiga qarab XVII asrdangina parazitlarni erkin yashaydigan
organizmlar bilan umumiy o’rganila boshlangan. Ungacha parazitlarga alohida guruh
sifatida qaralib, ba’zida ularning kelib chiqishi ham sirli bo’lib, tirik organizmlarda
o’z-o’zidan paydo bo’ladi degan fikr ilgari surilgan. Parazitlar hayvonot olami
sistemasiga kiritilgandan keyingina parazitizm tushunchasini qayta ko’rib chiqish,
yanayam aniqroq tushuncha berish kerakligi talab qilindi.


Download 82.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling