12._Erkin organizmlarni parazit organizmlarni kelib chiqishidagi ahamiyati, (ektoparazitlar, endoparazitlar, qon parazitlari) va ularnng kelib chiqishidagi shart-sharoitlar. Yashash joyiga qarab parazitlar (Ectozoa) tashqi-ektoparazitlar (bunda parazit
xo'jayini tanasining sirtida) va ichki-endoparazitlar(Entozoa)ga bo'linadi (bunda
parazit xo'jayini tanasining ichki to'qima yoki bo'shliqlarida yashaydi) Evolyutsion
taraqqiyot jarayonida ularning kelib chiqishida umumiy belgilar bilan birga
individual farqlar ham kuzatiladi. Har ikkala guruhlar asosida oziqlanish va yashash
makoni sifatida foydalanish manfaatdorligi yotadi.
Ko’pchilik ektoparazitlar asosan parazitlikka avval yirtqichlik qilib hayot
kechiruvchilardan o’tgan. Ektoparazitlik ko’proq bo’g’imoyoqlilarda (kanalar,
parxo’rlar, junxo’rlar, bitlar, burgalar va boshqalar) uchraydi va bu jarayon birdaniga
yuzaga kelmagan. Bo’g’imoyoqlilar umurtqali hayvonlar bilan uzoq vaqt
bog’lanishda (kontaktda) bo’lishi bilan bog’liq. Evolyutsiya jarayonida oziqlanish
muddatini uzayib borganini kuzatish mumkin: iskabtoparlarning urg’ochilari bir
daqiqadan ozroq, tayga kanasi 6-8 kun, burgalar xo’jayuinlarida hayotini ko’p
qismini, bitlar esa xo’jayinlarida hayoti davomida, ya’ni doimiy yashaydi.
Ektoparazitlarning paydo bo’lishida yana boshqa yo’llar ham mavjud, ya’ni
ko’pchilik umurtqasizlar umurtqali hayvonlarning terisi, jabra yoriqlariga yopishib
hayot kechirishi bilan ham bog’liq. Ular teriga borgan sari botib kirib, to’qimalar
hisobiga oziqlanishga o’tgan va shu guruh hayvonlardan parazit qisqichbaqasimonlar
kelib chiqqan. Yana bir yo’li kommensalizm orqalidir. Bunga misol qilib
parxo’rlarni, qush kanalarini olish mumkin. Bu kanalarni dastlabki avlodlari
qushlarni kommensallari bo’lgan. Avvaliga qushlarning inlarida organik qoldiqlar
hisobiga oziqlangan. Keyinchalik tanasiga o’tib, (uy egalariga o’tgan) tana shox
moddalari hisobiga oziqlanishga o’tgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |