Умумий якуний назорат саволларga-javob. “Parazitologiya” fani, uning biologiya fanlari tizimida tutgan o’rni va boshqa fanlar bilano’zarobog’liqligi


_O’simliklarning parazit nematodalari. Ildiz bo’rtma nematodalari. Tuzilishi va hayot sikli. Tarqalishi. Zarari va profilaktikasi


Download 82.51 Kb.
bet46/46
Sana09.01.2022
Hajmi82.51 Kb.
#256393
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
Parazitologiya Javoblar.

64._O’simliklarning parazit nematodalari. Ildiz bo’rtma nematodalari. Tuzilishi va hayot sikli. Tarqalishi. Zarari va profilaktikasiNematodalar sinfming vakillari faqat odam va hayvonlarda parazitlikqilmasdan, balki bir qancha turlari o'simliklarda ham parazitlik qiladi. Hozirgi vaqtdaayniqsa ildiz bo'rtma nematodalari o'simliklarga katta zarar yetkazadi. Ular bug'doy,lavlagi, kartoshka, piyoz, bodring, pomidor, sabzi, qovun, tarvuz, g'o'za, kungaboqar,loviya, mosh, tut, tok va boshqa 200 dan ortiq sabzavot, poliz, texnika o'simliklari va
daraxtlarga zarar yetkazadi.Sitms nematodasi sitms o'simliklari (limon, apelsin va bosh.) ildizlarida parazitlikqiladi. Bug'doy nematodasi (Anguina tritici) o'simlik nematodalari ichida eng yirigihisoblanadi. Erkagining uzunligi 2,5 mm, urg'ochisiniki esa 5 mm atrofida bo'ladi. Bunema-toda bug'doy va boshqa boshoqli ekinlarga zarar yetkazadi. Zararlangan
bug'doy-ning boshog'ida don o'rnida qora yoki jigarrang bo'rtma (tugunak) hosil
bo'ladi. Tugunak ichida 15-17 mingtagacha nematoda lichinkalari bo'lib, ular quruq
holda oziqlanmay 20-28 yilgacha yashashi mumkin. Urug'lik bug'doylarga aralashgan
tugunaklar ichida yotgan lichinkalari bilan birga yerga tushadi. Namlikda lichinkalar
tugunakdan chiqib, yangi unayotgan bug'doy maysasining ildiziga kirib, tanasidan
yuqoriga ko'tariladi va barg qo'ltig'iga keladi. Bug'doy gullay boshlaganda lichinkalar
gul g'unchalari ichiga kiradi va gulning kurtagi (murtagi) bilan oziqlanib, tugunak
hosil qiladi. Tugunak ichida lichinkalar jinsiy voyaga yetadi. Bitta tugunakda 40-50
tagacha nematoda bo'ladi. Bitta urg'ochi nematoda otalangandan so'ng 2500 tagacha
tuxum qo'yadi. Tuxumdan birinchi yoshdagi lichinka chiqadi. U tullab ikkinchi
yoshdagi lichinkaga aylanadi. Har bir donda 6-8 ta urg'ochi nematodalarning nasli
rivojlanadi. Bu nematodalarning zarari bilan ayrim respublikalarda har gektar yerdan
8-11 s g'alla kam olinadi. Oldini olish choralaridan biri g'allani tugunaklardan
tozalashdan iborat.Lavlagi nematodasi (Heterodera schaehtii) lavlagi ildizida parazitlik qilib,
o'simlikni o'sishdan qoldiradi va so'ldiradi. Urg'ochisi 1 mm bo'lib, u 600 tagacha
tuxum qo'yadi. Tuxum tuproqda bir necha yilgacha saqlanishi mumkin. Tuxumdan
chiqqan lichinkalar tuproq ichida ancha vaqtgacha yotishi mumkin, so'ngra ular
lavlagi ildiziga kiradi. O'sishi 4-5 hafta davom etadi. U Ukraina sharoitida 5-6 niarta
nasi beradi. Bu nematoda kartoshka va poliz ekinlariga ham zarar yetkazadi.


Download 82.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling