60._Nitsha (Nitzchia sturiorus) o`rganish tarixi, ularning keltirib chiqaradigan kasalliklar, qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlar.Girodaktiluslardan yana bir turi - nitsha (Nitzchia sturiorus) Volga daryosidaosyotrsimon baliqlarga katta zarar kelti-radi. Bu parazit sevruga balig'iniiqlimlashtirish jarayonida Orol dengiziga ham kelib qolgan va mahalliy osyotrsimonbaliqlarda (baqra balig'ida) parazitlik qilishga o'tgan. Agar davolash choralari
ko'rilmasa, kasallaagan yosh baliqlarning 90-95 % qirilib ketadi. Shuning uchun ham
baliqlar bahor va kuz oylarida 5%li osh tuzi eritmasidan tayyorlan-gan suvda
cho'miltiriladi. Oqmaydigan hovuzlarning suvini 10-14 kun ichida chiqarib tashlab,
hovuz quritiladi va qaytadan suv bilan to'ldirilib, keyin baliqlar boqiladi.
Ayrim tur monogeniyalar baliqlardan tashqari baqalarda ham parazitlik qiladi.
Shulardan biri baqa ko'p so'rg'ichlisi (Polystoma integerrimum) hisoblanadi.
Bu parazit voyaga yetganida, baqaning qovug'ida so'rg'ichlari
va ilmoqchalari yor-damida yopishib olib yashaydi. Bahordabaqalar tuxum qo'yayotgan paytda baqa ko'p so'rg'ichlisi hambaqaning kloakasi orqali siydik pufagidan bir oz tashqarigachiqib, suvga o'zining urug'langan tuxumlarini tashlaydi. Parazit tuxumidan suvga kipriklar bilan qoplangan,ko'zi bor, gavdasining orqa qismida 16 ta mayda ilmoqchali
diski bo'lgan lichinka chiqadi. Bunday lichinkalar 1-2 kunsuvda suzib yurganidan so'ng, baqa tuxumidan chiqqanitbaliqlarning jabralariga ilmoqchalari bilan yopishib oladi vakipriklarini tashlab, 6 ta yumaloq so'rg'ich va 2 ta yirik ilmoqcha hosil qilib, jinsiy voyaga yetadi va tuxum qo'yaboshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |