Умумий якуний назорат саволларga-javob. “Parazitologiya” fani, uning biologiya fanlari tizimida tutgan o’rni va boshqa fanlar bilano’zarobog’liqligi


_Paramfistomalarning o`rganish tarixi, ularning keltirib chiqaradigan kasalliklar, qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlar


Download 82.51 Kb.
bet38/46
Sana09.01.2022
Hajmi82.51 Kb.
#256393
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46
Bog'liq
Parazitologiya Javoblar.

56._Paramfistomalarning o`rganish tarixi, ularning keltirib chiqaradigan kasalliklar, qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlar.Paramphistomatakenja turkumiga mansub parazitlarning voyaga yetgan vakillari kavsh qaytaruvchisutemizuvchilarning oshqozon oldi bo’limlarida (katta qorinda, ba’zan to’r qorinda),yosh parazitlar esa shirdon va ingichka ichakning shilliq pardasi ostida parazitlikqiladi. Uy va yovvoyi kavsh qaytaruvchilarda 60 turdan ziyod paramfistomatalarparazitlik qiladi.O'zbekistonda qoramol va qo'y-echkilarda Paramfistomatalardan -Raramphistomum, Calicophoron, Gastrothylax va Liorchis avlodlariga mansub birnecha tur trematodalar parazitlik qiladi.Paramfistomalarning gavdasi ipsimon yoki silindrsimon shaklda, rangi oqqizg'ish, uzunligi 5-20 mm bo’lib, ularda og’iz so’rg’ichi bo’lmaydi. Qorin so’rg’ichiyaxshi rivojlangan bo’lib, tananing orqa qismiga yaqin joylashadi. Paramfistomatalartuxumlari oval shaklda, kulrang, tuxum pusti sariqliq hujayralari bilan zich
to’lmagan, o’lchami 0,11-0,16 mm. Fastsiola tuxumlaridan rangi va sariqlik
hujayralari joylashishi bilan farq qiladi.Paramphistomatidae oilasiga kiruvchi barcha turlarning rivojlanish bosqichlarideyarli bir xil o’tadi. Ular oraliq va asosiy xo’jayinlar ishtirokida rivojlanadi. Ularda og'iz so'rg'ichi bo'lmaydi, terminal joylashgan og'iz teshigidan
rivojlangan farinks vaundan keyin ikkiga shoxlangan ichakketadi, Qorin so'rg'ichi
kuchli rivojlangan bo'lib, gavdasining orqa uchida joylashgan, u yopishib turish
vazifasini bajaradi. Jinsiy voyaga yetganlari asosiy xo'jayinlarining (kavsh
qaytaruvchi juft tuyoqli sutemizuvchilar, asosan, qoramol, qo'y, echki va boshqalar)
katta va to'rqorinlarida parazitlik qiladiParamfistomalar biogelmintlar hisoblanadi.
Rivojlanishi ikkita xo'jayinda o'tadi. Ularning oraliq xo'jayinlari chuchuk suvlarda
yashovchi molluskalar (Planorbis, Galba, Physa urug'larining turlari) hisoblanadi.
Asosiy xo'jayinlari esa kavsh qay-raruvchi sutemizuvchilar. Parazitning tuxumi
asosiy xo'jayinining tezagi bilan tashqariga (suvga) chiqib, 12-13 kundan keyin
undan miratsidiy lichinkasi chiqadi. Miratsidiy oraliq xo'jayini - chuchuk suvda
yashovchi molluskalarning organizmigakirib, sporotsistaga, keyin rediyaga aylanadi.
1,5-3 oydan keyin esa serkariylarga aylanib, oraliq xo'jayinlardan tashqariga chiqadi.
Ma'lum vaqtdan keyin serkariylar domini yo'qotib, sistaga o'ralib adoleskariylarga
aylanadi. Asosiy xo'jayinlari suv va o't orqali adoleskariylarni o'zlariga yuqtiradi.
Adoleskariylar ichak bo'shlig'i orqali katta qoringa va to'rqoringa o'tib jinsiy voyaga
yetadi. Adoleskariydan to jinsiy voyaga yetgan parazitga aylanguncha 3-3,5 oy vaqt
kerak bo'ladi.


Download 82.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling