Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlashda huquq va deontologiya asoslari


Travmatologiya va ortopеdiyaning dеontologik asoslari


Download 0.76 Mb.
bet9/25
Sana07.03.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1244953
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlashda huquq va deontologiya a

4.4. Travmatologiya va ortopеdiyaning dеontologik asoslari.
Xirurgiyaning boshqa sohalari singari travmatologiya va ortopediya uchun ham albatta tibbiyot deontologiyasi talablariga qat'iy rioya qilishlik hisoblanadi. Ular birinchi navbatda tayanch va harakat sistemasi kasalliklari va jarohatlanishlari bilan kasallangan bemorlarning o'ziga xos insoniylik hususiyatlari hamda davolanish usullari bilan farqlanadi.
Bunday hususiyatlarga asosan quyidagilar kiradi:
1. Sog’lig’i har xil bo'lgan odamlarni jarohatlanishi tufayli to'satdan kasallanishi, ortopedik potologiyada esa birinchi navbatda bemorni uzoq muddatli yoki bemor hayotining birinchi kunidan boshlab kasallanishi;
2. Harakat tayanch organlarining kasalligi va jarohatlanishi har ikkala jinsdagi shaxslarda ko'krak yoshidan to keksalikgacha uchraydi. Hammaga ma'lumki jarohatlanish ko'pincha mastlik holatida bo'lgan shaxslarda uchraydi. Shuning uchun ham travmatologik bemorlar ayniqsa spirtli ichimliklarni ko'p iste'mol qiluvchi erkaklar orasida boshqa bemorlarga qaraganda yuqori foizni tashkil qiladi.
3. Ayrim jarohatlanishlarning davolash muddati qisqa bo'lsa, biroq ko’pchilik hollarda harakat tayanch apparati kasalliklari va jarohatlanishlari uzoq vaqt davolash hamda reabilitatsiya davri (oylab, ba'zan yillar)ning davomliligini talab qiladi. Bunda konservativ tadbirlarning solishtirma qiymati, xirurgiyaning boshqa sohalariga qaraganda anchagina yuqori bo'ladi. Ayrim jarohatlanishlar va ayniqsa harakat - tayanch apparati kasalliklarida ko'p etapli qaytalama operatsiya qilish ehtiyoji tug’iladi.
4. Ko'pgina ortopedik kasalliklar, ba'zan jarohatlanishlar faqatgina harakat-tayanch funksiyasining buzilishi va og’riq sindromigina emas, balki kosmetik nuqsonlar, hatto majruhlik bilan ham harakterlanadi. Bu bir tomondan bemorning ruhiy holatiga salbiy ta'sir qilib ma'lum asorat qoldirsa, boshqa tomondan faqatgina og’riq va funksional moslashuvidan xolos bo'lib qolmasdan, balki jarohatlangan organning tashqi ko'rinishi va anatomik shakllarini tiklanishini ham talab qiladi.
5. Harakat-tayanch organlari kasalliklari va jarohatlanishlari sotsial va maishiy reabilitatsiyasi ayniqsa yosh bemorlar kasbiy tayyorgarligiga talabni kuchaytiradi.
Yuqorida keltirilgan holatlar travmatologik va ortopedik bemorlarning shaxslararo munosabatlari hisobga olinishi zarur. Shuni unutmaslik zarurki, bu muhim deontologik jiddiylik og’ir jarohatlanishlar vaqtida ko'zga tashlanadi. Shuning uchun ham bunday bemorlarga alohida ahamiyat berilishi talab qilinadi.
Mutahassis ishining aniq sharoitida travmatalogiya va ortopediyada deontologik hususiyatlarni ko'rib chiqamiz: travmatologik punktida bemorlarni ambulatorik davolashda travmatolog-ortoped bemor bilan ishlaydi. Odatda og’ir bo'lmagan jarohatlanishlarda davolash jarayoni travmatologik punktida o'tkazilib, bunda vrach birlamchi yordam ko'rsatishdan boshlab, to mehnat qobiliyatini tiklangunicha bo'lgan barcha ishlarni bajaradi.
Bemorlarni davolashda optimal tartibni saqlash juda muhim bo'lib, bunda jarohatlangan segmentga beriladigan vazifa haqidagi barcha tavsiyalarga qat'iy amal qilishi, davolash fizkultura mashqlarini bajarishi, ayniqsa immobilizatsiya qoidalariga rioya qilishlari talab qilinadi. Bu to’g’risida to'satdan (yoki qasddan) o'zini sog’lig’iga ziyon keltirmasligini bemor yaxshi bilishi zarur. Gips bog’ichining jarohatlangan oyoq-qo'llar funksiyasi o'zgarishiga ta'siri mumkinligida bemorning psixologik tayyorgarligi juda muhim ahamiyatga egadir. Bemor oyoq qo'llarinining uzoq muddatli immobilizatsiyasi atrofiga va kontrakturaga olib kelishi, bunday hollarda mahsus mashq va boshqa davolash usullarini qo'llanilishi ma'lum darajada har xil asoratlarni oldini olish mumkinligi to’g’risida bemor ogohlantiriladi. Agar bemor ambulatoriya davolanishiga yaxshi tushungan holda sitqidildan yondashsa yaxshi natija ta'minlanishi mumkin.
Birinchi suhbat davomida vrach bemorni mo'ljallangan davolash usuli rejasi, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo'qotilish muddati bilan tanishtirishi zarur. Bunda bemorni shaxsiy hususiyati, mehnat faoliyatining harakterini aniqlashda qanday yo'nalish va jadallikda reabilitatsiya muolajalarini o'tkazishni tushuntirishga harakat qilish muhim ahamiyatga egadir. Ijtimoiy reabilitatsiya bunday turkum kasallarni ambulatoriyada davolashning birinchi navbatdagi vazifasidir. Turmushda bunday bemorlar o'ziga mustaqil hizmat ko'rsatishi tufayli ularning kayfiyati ko'tarilib, atrofdagilar bilan aloqasi osonlashadi, odatdagi sharoitda o'zini yaxshi his qilib, davolash tezroq kechadi. Bularning hammasini ambulatoriya sharoitida davolash usullarini tanlashda hisobga olinishi talab qilinadi.
Ortopedning ambulatoriya amaliyotida tayanch - harakat apparati degenerativ distrofik kasalliklari bilan kasallangan qari va keksa bemorlar ko’pchilikni tashkil qiladi. Odatda bunday bemorlar alohida sezgirlik va e'tiborlilikni talab qilib, ular bilan aloqa osoyishtalik asosida bo'lishligi maqsadga muvofiqdir. Ayrim hollarda, hatto bemorni tezda ko'zdan kechirishda tashxis ma'lum bo'lganida ham keksa, bemorga gapini tugatish imkoniyati berilishi zarur. Tibbiyot odobi bunday bemorlarni ko'rikdan o'tkazishni talab qiladi. Bunda tekshiruv usullari imkoniyati boricha kamroq jarohatlantiruvchi va bemorlarda anchagina fizik kuchlanishlikni talab qilmasligi zarur. Bir vaqtning o'zida asosiy patologik o'zgarishlarni davolash usullariga yondash surunkali kasalliklarning ta'sirini sinchiklab o'rganilishi talab qilinadi. Ayniqsa, yosh bemorni davolashga qat'iylilikka xos bo'lib, keksa bemorlar uchun esa bunday holat har doim ham dalil bo'lavermaydi.
Keksa yoshdagi bemorlarni davolashda faqatgina to'lik anatomik funksiyasini qoniqarli tiklanishigina emas, balki har doim ham to'liq funksional tiklanish kuzatilavermaydi. Shuning uchun ham keksa bemorlar bilan muomala paytida uning kasallikkacha bo'lgan harakat aktivligi haqida aniq ma'lumotga ega bo'lishlik talab qilinadi. Bunda neinvaziv davolash usullari afzalligiga e'tibor berilishi zarurligi ko’zda tutiladi. Operativ davolash usulidagi masalani bemor bilan har tomonlama shoshmasdan muhokama qilishlikka to’g’ri keladi. Agar operatsiyaga ko'rsatmasi nisbiy bo'lsa, biroq bemorni hayotiga aniq havf tug’dirgan taqdirda undan saqlanmoqlik zarurligi e'tirof etiladi.
Ambulatoriya sharoitida davolanuvchi bolalar ortopediyasi va travmatologiyasi bemorlarining o'ziga xos deontologik hususiyatlari ahamiyatlidir. Bunda ortoped vrach shaxs sifatida bemor bolaga to’g’ridan to’g’ri va ota-onasi orqali ta'sir qiladi. Shuni unutmaslik kerakki, ortopedik kasalliklari bilan kasallanuvchi bolalar faqatgina og’riq va funksiyasini chegaralanishidangina emas, balki kosmetik kamchiliklaridan ko'pincha qayg’uradilar. Ortopedning vazifalaridan yana biri bemor bolaning tushkunlikka tushish sezgisini kamaytirib, davolash davrida o'z tengdoshlari bilan normal munosabatda bo'lish uchun qandaydir sharoit yaratadi. Yosh bemor va qarindoshlari aloqasining hususiyatlari qator faktorlarga bog’liq bo'lib, bunda birinchi navbatda bolaning yoshi, harakteri va oilasidagi sharoit hisobga olinadi. Bemor bola qarindoshlarining vrachga munosabati asosida aniq davolashni to’g’ri o'tkazilinishi ishonchliligiga bog’liqligi yotadi. Aynan vrach bemorning qarindoshlari bilan birinchi marta aloqada bo'lganlarida ana shunday maqsadni o'z oldiga qo’yadi. Bu ayniqsa o'smirlik davrigacha va o'smirlik davrida ambulatorik davolashda muhim ahamiyatga egadir. Bunday hollarda oqibati va kasallikning harakteri qanday havfli bo'lmasin uni yashirishga vrachning ahloqiy va yuridik huquqi yo'qdir. Buni qanday shaklda yetkazilishi to’lig’icha vrachga bog’liq bo'ladi. Hatto qoniqarsiz oqibati kuzatilganida ham bemorning qarindoshlarida bolani to’lig’icha yoki deyarli to’lig’icha tuzalish imkoniyatini saqlashda ularda katta ishonch paydo bo'lishiga harakat qilinishi maqsadga muvofiqdir. Bunda vrachning barcha tavsiyanomalariga e'tibor berish zarurligi uqtiriladi. Tug’ma va orttirilgan ortopedik kasalliklar uchun ma'lum hayotiy sharoitlarini saqlashda uzoq muddatli ambulatorik usullarini sinchkovlik bilan o'tkazilishi talab qilinadi. Bunday hollarda vrachlarning kundalik harakatlari va barcha ko'rsatilayotgan yordamlari kutilgan natijalarga erishib bo'lmasligiga bemorning qarindoshlarini ishontirish maqsadga muvofiqdir.
Voqea sodir bo'lgan joyda, shuningdek tez yordam ishida jarohatlanishlarga birlamchi yordam ko'rsatishda tibbiy brigada oldidagi vazifa faqatgina o'zlarining kasbiy burchi majburiyatlarini aniq bajaribgina qolmasdan, balki jabrlanuvchi va shu yerda qatnashuvchi bemorlarning yaqinlari va atrofidagi begonalarga nisbatan deontologiya qoidalariga rioya qilish ham muhim ahamiyatga egadir. Jabrlanuvchining ahvoli og’ir bo'lganida vrach imkoniyati boricha shokka qarshi muolajalarni tezkor boshlashi zarur. Tez yordam hodimlari yurakni ochiq massaj qilib tez yordam ko'rsatayotganida ba'zan ko'chagacha odamlar yig’ilganda operatsiya qilish hollari ham kuzatilganligi bizga ma'lum. Ko'pincha bunday “operatsiya” faqatgina bemor uchungina emas, balki tez yordam brigadasi uchun ham achinarli holatdir. Begona odamlarning qatnashuvi, odatda, jabrlanuvchiga tibbiy yordam ko'rsatilishiga halaqit berib, ularning ruhiy holatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun ham yopiq xonada ishlash paytida barcha begona odamlarni tezlikda xonadan chiqarishlari talab qilinadi. Ko'chada tibbiy yordam ko'rsatish paytida esa, bemorni nasilkada ko'chadan tez yordam mashinasini ichiga solib, u yerda tinchgina holatda davolash muolajalari o'tkaziladi. Tabiiyki bunday muolajalarga qon ketishini vaqtinchalik siqish yo'li bilan yoki jgut yordamida to'htatish, og’izni og’izga qo'yib nafas oldirish, yuragini tashqaridan uqalash begonalar bo'lishiga qaramasdan amalga oshiriladi. Bunday hollarda davolash tadbirlarini tez yordam mashinasi brigadasining rahbari (ko'pincha vrach) bajaradi. Begonalarni ajratish vazifasini tez yordam brigadasi a'zolaridan biri yoki militsiya tomonidan amalga oshiriladi. Shu bilan birgalikda shuni unutmaslik zarurki, aholining tibbiy habardorligi juda yuqori bo'ladi. Shuning uchun ham ayrim hollarda, ayniqsa ommaviy jarohatlanishlarda voqea sodir bo'lgan joyda tibbiyot hodimlari yetishmaganida jabrlanuvchilarga tibbiy yordam ko'rsatish uchun yiqilganlardan mutaxasis bo'lmagan shaxslar ham jalb qilinadi. Bunday hollarda deontologik yondashishning hususiyatlariga quyidagilar kirib, bunda vrach tezlikda o'ziga kerakli yordamchini tanlab olishi, vazifasini aniq belgilashi va boshqa vazifalarni bajarishi zarur. Bunda u tomonidan beriladigan farmoyish aniq, tushunarli bo'lishi, faqat yordamchisini hafa qilmasligi hamda shaxsiy obro'siga putur yetmaydigan bo'lishi kerak. Aksincha bunday muhim va ular uchun tanish bo'lmagan ishga o'z hohishi bilan rozilik bergan kishilarni har tomonlama qo’llab quvvatlash va rag’batlantirish talab qilinadi.
Jabrlanuvchi bilan aloqa paytida unga yetuk mutaxasislar tomonidan malakali tibbiy yordam ko'rsatilishi mumkinligi to’g’risida uni tinchlantirilishi zarur. Mastlik holatida bo'lgan jabrlanuvchiga yordam ko'rsatishda shaxslararo munosabatda ayrim qiyinchiliklar kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda vrach agar militsiyaning yordami talab qilinganida haddan tashqari tartibli bo'lishi kerak.
Voqea sodir bo'lgan joyda qatnashuvchi bemorning qarindoshlarini imkoniyati boricha tinchlantirilishi, biroq bunday hollarda oxirgi oqibat to’g’risida hech bir so'z aytilishi mumkin emas, chunki bemorni birlamchi ko'rish davrida yashirin, ba'zan esa anchagina muhim jarohatlanishlar topilmaydi. Odatda bemorning qarindoshlariga jabrlanuvchini tez yordam mashinasida kuzatib borishga ruhsat berilmaydi, chunki ularning bo'lishi mashinada bemorga yordam berish va davolashni qiyinlashtiradi. Har qanday holatda ham, jabrlanuvchini qaysi kasalxonaga olib borilishi to’g’risida uni qarindoshlarini habardor qilinishi talab qilinadi.
Kasalxona qabul bo'limining vrachi jabrlanuvchini qabul qilinishida birdaniga kerakli diagnostik va davolash usullarini qo'llashligi lozim. Tez yordam brigadasi hodimlari bilan muomala paytida jabrlanuvchiga yordam ko'rsatishda yo'l qo'yilgan xatoliklar haqida vrachning kuchli hayajonlanib gapirishi mumkin emasligini aytish maqsadga muvofiqdir. Hulosa odoblilik shaklida aniq ishchan xarakterda bo'lishi zarur. Suhbat paytida begonalar, ayniqsa, jabrlanuvchining qarindoshlari qatnashmaganliklari ma'qul.
Jabrlanuvchida qabul bo'limida unutilganligi to’g’risida fikr paydo bo'lmasligi kerak. U bilan aloqa qiluvchi vrach o'ziga bemorni iloji boricha yaqinroq tutib, muolajaning og’riqliligidan qochishligi talab qilinadi. Bemorga qaysi usul to’g’risida habar berilishi va uning kerakliligi to’g’risida axborot yetkazilishiga maslahat beriladi. Shoshilinch operatsiyani o'tkazishda u tibbiyot hujjatida va jabrlanuvchi bilan suhbat paytida yaxshi asoslangan bo'lishi kerak. Bemordan operatsiyaga roziligi va uni kasallik tarixida qayd qilinishi talab qilinadi. Bunday roziligi ko'pincha operatsiyani oqibatiga vrachning ishonchsizligi sifatida baholanib, psixologik stabillanishsizlik, hatto operatsiyani o'tkazilishiga rozilik bermasligining sababchisi bo'lishi ham mumkin.
Jabrlanuvchining qarindoshlari bilan qabul bo'limining suhbatida vrach hushmuomalalik bilan hayrihohlik shaklida tashxis haqida davolashning oqibati, agar zarur bo'lsa operativ davolash haqida axborot beradi.
Ba'zan, og’ir holatdagi bemorlar, odatda, qabul bo'limisiz birdaniga reanimatsiya bo'limiga o'tkaziladi. Reanimatsiya bo'limidagi ish faqat kasbiy jihatidangina emas, balki psixologik etika-deontologik jihatidan ham qiyin hisoblanadi. Reanimatsiya bo'limidagi travmatologik bemorlar to'satdan jabrlanuvchilar bo'lib, har xil yoshli, jarohat olgunicha sog’lik holati har xil, odatda bo'limga keltiriluvchilar tekshirilmagan bo'ladi.
Shakli jihatidan har xil bo'lgan politravma bilan jarohatlangan og’ir bemorlar ko'pincha hushsiz holatda bo'lib, vaqt yetishmasligi tufayli ularning tashxisini aniqlash anchagina murakkab hisoblanadi. Bunday bemorlar bilan ishlashda ko'pincha travmatolog va reanimatologlardan tashqari umumiy va qon tomiri xirurglar, urologlar, neyroxirurglar, transfuziologlar, pulmonologlar ham jalb qilinishi mumkin. Bunday sharoitda barcha reanimatsiya qatnashchilarining birgalashib ishlashishlari hamda kasbiy vazifalarini to’g’ri taqsimlanishi muhimdir.
Og’ir jarohatlanish olgan bemorlarni jiddiy avariya paytida reanimatsiya yordami ko'rsatishni katta navbatchi travmatolog boshqaradi. Bunday hollarda qabul va reanimatsiya bo'limlari birgalikda ish olib boradi. Kerakli paytda jarohat olgan kasallar bilan ko'p tarmoqli kasalxonaning barcha navbatchi vrachlari ishlashiga to’g’ri keladi. Katta travmatologning asosiy vazifasi bu mutahasislarning ishini tashkil qilib, jarohatlanganlarni saralaydi (bunga tashxislash ham kiradi), tibbiy yordam ko'rsatish tartibi reanimatsion va operatsion bo'limlari tig’izligini kamaytiradi.
Reanimatsion tadbirlarni o'tkazishda tibbiy va yuridik masalalardan tashqari hayotga mos kelmaydigan jarohatlanishlar, “miya o'limi” kabi masalalarni echilishini axloqiy-deontologik qarashlarning ham ahamiyati kattadir. Shuni unutmaslik lozimki, “hayotga mos kelmaydigan jarohatlar” tushunchasi doimo o'zgarib turadi. Tibbiyot fani yutuqlari tufayli barcha jarohatlanishlar doirasi torayib bormoqda. Har bir aniq holatda hayot uchun mos kelmaydigan jarohatlanishni aniqlashda travmatolog o'ziga qanday axloqiy javobgarlik olayotganligini tushunishi zarur.
Shunday qilib, reanimatsiyaning birlamchi etapida etiko-deontologik talablar muhim darajada tibbiyot hodimlari orasidagi munosabatlarga qaratiladi. Biroq bemor qarindoshlarining ruhiy holatlarini hisobga olinishini talab qilinadi. Reanimatsiya bo'limiga kelgan bemorning yaqinlaridan birini to'satdan ag’darilib yiqilishi faqatgina bemor holatining og’irligi haqidagi ma'lumot haqiqatga to’g’ri kelishi lozimdir. Biroq bunda bemor qarindoshlarining sog’liq holati hisobga olinishi darkor. Agar jabrlanuvchining holati haqidagi axborot kasal odamning sog’lig’iga ziyon keltiradigan bo'lsa, bu habar kamroq e'tiborli bo'lishi, biroq hech qachon ezgu-ishonch tuyg’usini yarata olmaydi. Bemorning haqiqiy holati haqida uning qarindoshlariga habar berilishi zarur bo'ladi. Bunday hollarda jabrlanuvchi sog’lig’i haqidagi ma'lumotlarning qarama-qarshiligiga yo'l qo'yilmasligi talab qilinadi. Buning uchun ma'lumotlar faqat sinchiklab tekshirilgandan keyingina ma'lum doiradagi kishilarga habar qilinadi. Bunda jabrlanuvchining holatini og’irlashtiruvchi asossiz va tekshirilmagan ma'lumotlarni berish tavsiya etilmaydi. Shu bilan birgalikda, shunday hollar ma'lumki, o'zining tajribasizligi natijasida bemorning qarindoshlariga kasalxona hodimlari kasalni ahvoli anchagina yaxshilangani to’g’risida o'zlari bemorning o'lganligini bila turib habar berganliklari ma'lum. Bunday habarlarning oqibati nima bilan tugashligi to’g’risida gapirmasa ham bo'ladi.
Hatto juda og’ir holatlarda o'tkazilgan davolash haqida bemorning qarindoshlariga habar qilishda ham jabrlanuvchi hayotini saqlab qolish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanilayotgani to’g’risida eslatib o'tilishi maqsadga muvofiqdir. Nohush oqibatlar bemorning yaqinlarida soxta taassurot qoldirmasligi zarur, chunki ularni boshqa vrachlar bo'lganida boshqa dorilar va muolajalar o'tkazilganida bemor o'lmasligi mumkinligi haqidagi tasavvur tashvishlantiradi.
Reanimatsiya bo'limida ishlashda bemorga nisbatan deontologik yondashish juda muhimdir. Shuni unutmaslik kerakki, ayrim hollarda bemorning hushini yo'qotishi narkozning boshlang’ich davri ekanligini bemor eshitgan bo'lishligi mumkin.
Bundan tashqari, jarohatlanish olgan bemorning hushini yo'qotilish darajasini har doim ham aniq aniqlab bo'lmaydi. Buni tibbiyot hodimlarining o'zaro aloqasida doimo hisobga olinishi zarur. Bemorning holati u yotgan to'shakda muhokama qilinishi mumkin emas. Uni navbatdagi ko'zdan kechirishda u bilan yana bir marta aloqaga kirishish paytida bir necha ruhlantiruvchi so'z aytilishi maqsadga muvofiqdir.
Travmatalogiya (ortopediya) bo'limida bemorlar uzoq vaqt yotadilar, shuning uchun ham bo'limda hayrihohlik moral-psixologik muhitini saqlash talab etiladi. Bo'limda shaxslararo strategiya va taktikani odatda bo'lim boshlig’i va bo'lim katta hamshirasi belgilaydi. Bir-biriga nisbatan hurmat, bemorlar va hamkasblariga hushmuomalalik, o'zaro yordam, hodimlarning o'z vazifasini bajarishda talabchanlik, tartib buzilishiga murosasizlik kabi masalalar bo'limning holatini belgilovchi asosiy faktorlar hisoblanadi. Palatada huddi uy sharoitidagi kabi do'stlik munosabatlarini yaratishga harakat qilinishi zarur. Hushmuomalalik va o'zaro yordam hodimlarning bemorlarni parvarish qilinishiga qaratilibgina qolmasdan, balki ularni azoblanishini yengillashtiradi. Shuning uchun ham, agar imkoniyati bo'lsa, palatalarda bemorlarga to’g’ri keladigan psixologik muhit yaratilishi maqsadga muvofiqdir. Albatta, palatada bemorlarni guruhlarga bo'linishi o'zining yaxshi tomonlarini ko'rsatadi. Shu bilan birgalikda bir vaqtning o'zida xonada “yuradigan” va “yotadigan” bemorlarning bo'lishi ularning o'zaro aloqasida anchagina foydali bo'ladi. Shuningdek, “yuruvchi” bemorlar o'z qo'shnisiga imkoniyati boricha yordamlashishi tufayli, unda reabilitatsiya jarayoni yengil va intensiv tarzda o'tadi.
Tayanch-harakat apparatidagi patologik o'zgarishlarini davolash jarayoni faqat deontologik qoidalariga rioya qilingandagina muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin. Travmatologiya va ortopediyaning ko'pgina davolash usullari bemorning aktivligini talab qiladi. Shuning uchun ham uning shaxsiy hususiyatlari yetarlicha aniq baholanilmasligi tanlangan davolash usulining muvaffaqiyatsizlikka duchor qiladi. Toqatsiz yoki negativ kayfiyatdagi bemorga tanasini cho'zib davolash usulini o'tkazish yaramaydi. Sinokapsulyar ektomiya usuli faqatgina yetarlicha jasurlikka ega bo'lgan bemorlar uchun operatsiyadan keyingi davrda bo'g’imlar harakatiga ishlov berishda qo'llaniladi.
Shunday qilib, davolash usulini tanlash travmatolog-ortopeddan kasbiy bilimlarnigina emas, balki muhim darajada ularning bemor bilan munosabatidagi psixologik mahoratiga ham bog’liq bo'ladi. Ayniqsa, kosmetik operatsiyalarida usulni tanlash xirurg va bemor bilan birgalikda amalga oshiriladi. Shu bilan birgalikda ortoped bemorni mustaqil optimal hulosaga kelishi (bu kerakli vaqtda)ga halaqit berishi mumkin.
Travmatalogiya va ortopediya sohasini o'ziga xosligining yana bir hususiyati shundaki, tayanch va harakat organlarining bir xil jarohatlanishida ham alternativ usullar qo'llanilishi mumkin va bu o'z navbatida bemorlarni davolashda vrachning javobgarligini kuchaytiradi. Ko’pchilik hollarda katta asoratlanish havfini tug’diruvchi usullardan, masalan, agar shunday natijalarni kichikroq invaziv usullar bilan amalga oshirilgan bo'lsa, undan voz kechishga to’g’ri keladi.
Ayniqsa yangi fiksator qo'llanilishida endoprotez operatsiyasida xirurgga haddan tashqari axloqiy javobgarlik yuklatiladi. Klinikada bunday operatsiyani o'tkazishda bu usul sinchiklab asoslangan, uning detallari tajribada o'rganilgan bo'lishi zarur. Ortoped-travmatolog yangi usulning klinikada sinalishi va tajribada klinikada sinalganligi orasidagi aniq chegarani doimo o'z ko'zi bilan ko'rib bunga iqror bo'lishi lozim.
Davolash usulining yuqori xirurgik havfi tug’ilganda ortopedga muhim deontologik talab qo'yiladi. Gap shundaki, ortopedik kasalliklar, odatda bemor hayotiga to’g’ridan to’g’ri havf soladigan kasal emasdir. Ortoped bemorga uning hayoti uchun havf soladigan operatsiyani bajarishga haqlimi?, hayotini saqlab qolish yaxshi emasmi? Garchi hayot moral va fizik azoblanishlar bilan bog’liq bo'lgan “Rudimentar” holat bo'lsa, biroq bu masala bir tomonlama yechilishi mumkin emas. Agar ortoped bunday operatsiyani bajarish va davolashda yetarlicha tajribaga ega bo'lsa, u barcha imkoniyatlarini ishga solib bemorning azoblanishini oldini olishi, hatto yuqori xirurgik havfi tug’ilganida ham operatsiya muolajalari o'tkazishni taklif qiladi. Bemor va uning qarindoshlari shubhasiz o'tkazilmoqchi bo'lgan operatsiyaning qiyinligi va hatto havfliligi haqida ogohlantirilgan bo'lishi kerak. Aks holda bu to’g’risida bemorga to’g’ri habar berishi va uni shu soha bo'yicha ancha malakali mutahassis ishlaydigan muassasaga jo'natishi vrachning axloqiy burchi hisoblanadi.
Shuni eslatib o'tish zarurki, harakat-tayanch apparati patologiyasi bilan kasallangan bemorlarni kompleks davolashda ijtimoiy reabilitatsiya masalasi muhim ahamiyatga egadir. Mashg’ulot o'tkazuvchi stendlardan foydalanish, fizik mashqlarni maxsus dastgohlarda ishlash bilan almashtirish va boshqalar faqat reabilitatsiya jarayonini tezlashtiribgina qolmasdan, balki bemorni ruhiy holatiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Uzoq muddatli statsionar davolanishida bo'lgan bolalar ortopediyasi bemorlarining o'ziga xos deontologik muammolariga to'xtalib o'tamiz. Bunday hollarda bolalarning kunlik ish tartibi internat qoidalariga mos kelishi zarur. Bu erda tibbiyot hodimidan tashqari tarbiyachilar, o'qituvchilar ishlashi mumkin. Bemor bolalar uchun maksimal harakat rejimi yaratilgan bo'lishi kerak. Davolashdan tashqari umumta'lim maktabida o'qitish ishlari ham olib boriladi.
Keksa yoshidagi bemorlar bilan ishlash masalasiga ham alohida deontologik talab qo'yiladi. Bu yoshdagi bemorlarda suyaklarning sinishi anchagina ko'p uchraydi va bu hatto ozgina zo'rlanishdan ham yuzaga kelib, kuchli osteoporoz holatiga aloqador bo'ladi. Yetarlicha e'tiborsizlik, shoshma-shosharlik, ishda chidamsizlik holati bunday bemorlarni ruhiyatiga ta'sir qilibgina qolmasdan, balki diagnostik xatoliklarning sababchisi ham bo'lishi mumkin. Ko’pchilik hollarda, son suyagi bo’ynidagi sinishlarning tipik o'tishi va haftalab hamda oylab cho'zilishini miyada qon aylanishning buzilishi, radikulit va boshqalar sifatida baholanadi.
Bunday kuzatishlarning retrospektiv tahlilini ko'rsatishicha, har bir holatda diagnostik xatoning sababi bemor bilan yetarlicha kontaktda bo'lmaslikdadir. Shundan ko'rinib turibdiki, jarohatlanish mehanizmini yetarlicha baholanilmaslik - kasallik simptomatikasini noto’g’ri baholash, ya'ni bemorni qo'shimcha azoblanishi va kechikib davolash kabi diagnostik xatoliklar bo'lib, bu vrachning faoliyatida kasbiy ishonchsizligining sababchisi hisoblanadi.
Keksa yoshdagi bemorlar uchun optimal holat tezda o'zi uchun odatiy sharoitga qaytishi, ya'ni o'ziga hizmat qilishi hamda og’riq sezmasligi va fizik qiyinchiliklarga bardosh berishligi bilan baholanadi.
Deontologiyaning muhim muammolaridan biri bemorni operatsiyaga tayyorlash masalasidir. Bunda psixologik tayyorgarlik operatsiyadan ancha avval boshlanib, bu davrda xirurgning vazifasi bemorda og’riqdan qo'rqish sezgisini kamaytirishga ishontirishdir. Buning uchun operatsiyani yaxshi o'tishida barcha imkoniyatlardan foydalaniladi. Bemorda operatsiyadan oldingi hayajonlanishda ba'zan medikamentoz davolash usullari tavsiya etiladi. Operatsiya kunida esa albatta anesteziolog tomonidan dorivor moddalar yuboriladi. Ba'zan agar bemor tibbiyot hodimi bo'lsa uning e'tiborini chalg’itish maqsadida operatsiyadan oldingi tayyorgarlik o'tkaziladi. Shuningdek, bemor operatsiyadan oldingi sanitar pardozlash haqidagi ma'lumot to’g’risida ham tushunchaga ega bo'lishi kerak. Bemor bilan anesteziolog orasidagi munosabatning ahamiyati ham muhimdir. Agar davolovchi vrachning obro'si operatsiyadan oldingi davrda odatda e'tiroz bildirib bo'lmaydigan holatda bo'lsa, bunday hollarda anesteziolog ko'pincha bemorni ikkinchi darajali shaxs sifatida idrok qiladi, chunki ularning aloqasi juda qisqa muddatda bo'ladi. Bemorni anesteziologga ishonchini o'rnatilishida xirurgga katta javobgarlik yuklatiladi. Bunday hollarda davolovchi vrach anesteziologning operatsiyadan oldingi vazifasini to’g’ri baholashi zarur. Anesteziyaga texnik jihatdan to’g’ri tayyorlash va uning xavflilik darajasini baholash, dorivor moddalarni tanlash, og’riqsizlantirish usulini tanlash va operatsiyadan oldingi davrda bemorning umumiy holatini oldindan aytib berilishini baholash muhim vazifalardan biridir. Bo'lg’usi operatsiya to’g’risidagi tasavvur bemorda og’riq qo’rquvining paydo bo'lishi bilan bog’liqdir. Bunday qo’rquvni tarqatishga harakat qiluvchi xirurg og’riqni yo'qotuvchi bosh shaxs anesteziolog ekanligiga bemorning e'tiborini qaratishi talab qilinadi.
Shunday qilib, birinchi tomondan bemorni psixikasini tinchlantirish va ayash bo'lsa, ikkinchidan anesteziologning tashrifi uchun oldindan tayyorgarlik yaratadi. Birinchi ko'rik vaqtida anesteziolog davolovchi vrach sifatida bemorga tanishtiriladi. Bemor ruhiy holatining individual hususiyati yo'ldosh kasalliklar, operatsiyani rejasi va davomliligi oldindan travmatolog-ortoped va anesteziolog bilan muhokama qilinishi zarur. Bunday hollarda operatsiya o'tkaziladigan xonadagi holat bemorda, ayniqsa mahalliy og’riqsizlantirish ostida o'tkaziladigan hamda birinchi marta operatsiya qilinadigan bemorlarda buning ahamiya i muhimdir.
Dorivor moddalar yordamida tayyorlangan va o'tkaziladigan operatsiyaning xarakteriga bog’liq bo'lmagan holda tayanch-harakat apparati kasalliklari va jarohatlanishlari bilan kasallangan bemorlarni hamshira va sanitar operatsiya xonasiga faqat aravachada olib kelishlari talab etiladi. Og’ir holatdagi bemorni esa vrachning o'zi kuzatib boradi. Eng muhim javobgarlik davri - bemorni operatsiya xonasida bo'lgan davridir. Bemorga narkoz berish yoki orqa miya anestiziyasi orqali og’riqsizlantirish maxsus narkoz xonasida amalga oshirilganligi namunali variant hisoblanilib, bunda vrachlar brigadasi, anesteziologdan tashqari operatsiya xonasida ishga tayyor holda turadi. Bu qator ustunliklarga ega bo'lib, operatsiya xonasining imkoniyatini anchagina oshiradi. Bir vaqtning o'zida bir necha stolda smenali brigada yordamida operatsiya o'tkaziladi. Operatsiya xonasida ko'p sonli vrachlar brigadasining bo'lishida bemorning ruhiy holati zararlanmaydi.
Shunday qilib, mahsus xonada bemorga narkoz berilishi uning ruhiy holatini maksimal avaylaydi va ma'lum brigada mehnati intensivligini ta'minlaydi.
Operatsiya xonasidagi ishda kichik va o'rta tibbiyot hodimining o'rni juda muhimdir. Operatsiya hamshirasining operatsiyadagi asosiy vazifasi, qaysilaridan biri eng javobgarli, qaysi asbob uskunalar, implantatlar va apparatlar operatsiyaning har bir etapi uchun zarurligini bilishi zarurdir. U operatsiya xonasining “xo'jayini” bo'lib, o'zinig barcha imkoniyatlari bo'yicha axloqiy javobgarligini tushunishi va operatsiya qatnashuvchilarining aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilishlarini qattiq kuzatib borishlari talab qilinadi. Operatsiya hamshirasi va sanitarkasi aseptika va antiseptika qoidalarini yaxshi bilishlaridan tashqari bu qoidaning buzilishi faqatgina umumiy ishni yo'qqa chiqaribgina qolmasdan, balki bemorni o'limigacha bo'lgan og’ir asoratga ham sababchi bo'lishi mumkin. Ayniqsa suyaklar, bo'g’imlardagi operatsiya jarayonida va implantatlar qo'llanilishida aseptika va antiseptika qoidalariga sinchkovlik bilan e'tibor berilishi talab qilinadi. Eng muhim talablardan biri endoprotezlash operatsiyasida sterillanishga muhim ahamiyat berilishidir. Bunday operatsiya xonasida harakatlanish ham keskin chegaralanadi.
Kasalxona va ayniqsa ambulatoriya hamda uy sharoitida gips bog’lami va qo'yilgan apparatlarga qarash, oyok-qo'llarga ko'paytiriluvchi vazifa darajasi, muddatlari, davolash mashqlari mazmuni va hajmi, tanasini tozalik hususiyatlari, shuningdek, boshqa qator tadbirlarni bajarishga bemor o'rgatilgan bo'lishi hamda davolashda qatnashib, hayotda uzluksiz amalga oshirib borishi zarur.
Travmatologiya va ortopediya amaliyotida boshqa mutahasisliklar singari moral-etik muammo dolzarb masalalardan biri bo'lib, u doimo vrachlar va butun tibbiyot hodimlarining kundalik faoliyatida muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun ham tibbiyot institutlari va kollejlarida tibbiyot deontologiyasini o'qitish birinchi darajali vazifalardan biridir.
Travmatologiya klinikasida talabalar bilan ishlash masalasi anchagina qiyinroq hisoblanilib, bu erda bemorning ruhiy azoblanishi jarohatlanishni to'satdan sodir bo'lganligi uchun ham yuqori cho'qqiga ko'tariladi. Bu o'z navbatida tibbiyot etikasi va deontologiyasi normalarini o'zlashtirishda muhim bo'lib hizmat qiladi. Bunday hollar uchun kafedrada qator tadbirlar ishlab chiqilishi va hayotga tadbiq qilinishi zarur. Buning asosida hozirgi zamon psixo-pedogogik ko'rsatmasiga amal qilish masalasi yotadi. Avvalambor talabalarning mustaqil faoliyatida bilim, axloqiy kategoriya holatlari shakllanadi.
Kirish qismida va keyingi ma'ro'zalarida o'qituvchilar faqatgina tibbiyot etikasi normalarinigina emas, balki o'zinig butun faoliyatidagi hulqi, dars materialini o'qitish xarakteri, namoyish qilinuvchi bemor bilan muomalaning amaliyotdagi ahamiyati haqida ham ma'lumot beradilar. Shunisi muhimki, vaqt yetishmasligiga qaramasdan bemorga tematik holat haqida emas, balki kasal odam sifatida maksimal e'tiborni qaratilishi to’g’risida ham gapirilishi zarur.
Ma'ruzalar va amaliy mashg’ulotlarda tekshirish davrida boshqa vrachning xato va kamchiliklari aniqlaniladi. Bunga e'tibor bermaslik mumkin emas, balki ishning kasbiylik darajasiga tanqidiy qaralib, tibbiyot hodimining shaxsiga aloqador gaplar aytilmasligi zarur. Biroq tibbiyot deontologiyasining odatiy normalari vositasi sifatida talabalar bilan mustaqil ishlashda amaliy mashg’ulotlarda umumiy holatga ahamiyat berilishi real mazmun kasb etishi, ularning kundalik hayotiy normalarini fahmlashning xulqiy asosi bo'lishi mumkin. Ammo bu faqat talabalarning shaxsiy tajribaga ega bo'lganlarida shakllanadi va yuzaga keladi. Buning uchun amaliy mashg’ulotlardagi barcha imkoniyatlardan foydalanilishi zarur.
Boshqa usul talabalarni aktiv mulohazalashi - ularni o’quv vazifalari axloqiy-deontologik vaziyatli masalalarni yechishi bo'lib, mashg’ulotlarda o'rganiladigan savollarga bog’liq holda bunday masalalar talabalarning o'rganish va tarbiyalanishi bilan organik bog’langandir.
Talabalarni tarbiyalash to’g’risidagi murakkab masalani faqat qandaydir usul hamda birgina kafedraning tashabbusi bilan amalga oshirib bo'lmaydi. Bunday holat barcha kafedralar, shuningdek ommaviy tashkilotlarning sistematik, kompleks va aniq maqsadga muvofiq ishlashliklarini talab qiladi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling