Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlashda huquq va deontologiya asoslari


Download 0.76 Mb.
bet5/25
Sana07.03.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1244953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlashda huquq va deontologiya a

Nazorat savollari:
1. Tibbiyot etikasi va deontologiyasi muammosining shaxsni estetik tarbiyalashdagi aloqasi qanday?
2. Tibbiyot kasbi yo'nalishidagi moral-estetik holatni qanday baholash mumkin?
3. Tibbiyot sohasida shaxsni axloqiy-estetik tarbiyalash masalasi nimaga bog’liq?
4. Tibbiy-estetik bilimlarni shakllanishining asosiy prinsiplarini ko'rsating.
5. Insonni sog’ligiga estetik ta'sir qiluvchi eng muhim faktorlarga nimalar kiradi?
6. Tashqi muhitning estetik-gigienik va davolash ahamiyatini ko'rsating.
7. Insonni tibbiy-estetik qarashlariga qanday kompleks yondashish mumkin?
8. Insonni qamrab turuvchi atrof-muhit tibbiyot estetikasining ob’yekti bo'lishi mumkinmi?
9. Qaysi hollarda shaxsning tibbiy-estetik muhiti ularning o'zaro aloqadorligi va birgalikdagi hayotiy faoliyatining usuli bo'lishi mumkin?
10. Etik va estetik holatlar alohida ajralgan holda uchraydimi?
11. Vrach shaxsining estetik rivojlanishi qachon shakllanadi?
12. San'atning tibbiyotga muvaffaqiyatli qo'llanilishining vrach va bemorning madaniyatliligiga bog’liqligini ko'rsating.
13. Davolash va profilaktika sohasida barcha san'atlar ichida musiqaning roli qanday?
14. Etika va estetikaning o'zaro bog’liqligini ko'rsating.
15. Esteroterapiya, esteroprafilaktika va esteroreabilitatsiyani etika va estetika bilan mustahkam bog’liqligi qanday?
ΙV - BOB. TIBBIYOTDA DЕONTOLOGIYA ASOSLARI.


4.1. Pеdiatriyada dеontologiya asoslari.
Hozirgi davrda sog’liqni saqlashning so'zsiz yutuqlaridan biri - sog’lom va bemor bolalar chaqaloqlik davridan boshlab pediatriya fakultetida ta'lim olayotgan vrach-mutaxasislar bilan uchrashishidir. Shuning uchun ham ularning “birlamchi uchrashuvi” dagi shaxs vrach-pediatr hisoblanadi .
Bundan 100 yillar muqaddam ilmiy ma'lumotlarning miqdori bugungiga nisbatan kam bo'lgan paytda pediatr vrachlar uyushmasi saralangan hisoblanilib, bemorlar orasida chuqur va keng obro'ga ega bo'lganlar. Hozirgi davrda pediatrlar ichida har bir soha bo'yicha mutaxasislar-neonatologlar, pulmonologlar, endokrinologlar, infeksionistlar va boshqalar paydo bo'lib, bir-biriga chegaradosh bo'lgan ikkala va undan ortiq mutaxasislar (masalan, bolalar pediatri sifatida ishlasa, fikr yuritsada xirurglik vasifasini ham bajaradi) ishini birgalikda olib boradilar.
Pediatrlar doimo oldingi safda mehnat qilib, haqiqiy jasorat ko'rsatadilar. Pediatriya deontologiyasining kattalar deontologiyasidan farqi shundaki, bolalar tug’ulgunicha shakllanadi. Bolalar kasallanishi va azoblanishining yuzaga kelishi 3 guruh faktorlarga bog’liq: tug’ma, genetik va orttirilgan faktorlar bo'lib, bular embriogenez va tuqqandan keyin yuzaga kelib, o'sayotgan organizm strukturasining jarohatlanishi bilan xarakterlanadi.
Shuning uchun ham vrachlarning deontologik burchi barcha yaratilgan sharoitlar tufayli dunyoga kelayotgan farzandni sog’lom holda vujudga kelishini ta'minlashga yordamlashishdan iboratdir. Boshqacha aytganda “barchasi bolalikgacha boshlanadi” formulasiga asoslangan bo'lib, kelajak avlodning sog’ligi hozirgi avlodning garovi hisoblanadi. Bu to'lik ma'noda homilador ayolning rejimi va hayotiy tarziga bog’liq bo'lib, bunda normal embrio va fitogenez jarayoni bo'lajak ona va otaning axloqiga aloqadorligi bilan baholanadi.
Har xil zararli taassurotlar (hayajonlanish, chekish, alkogol, gipogineziya, dori-darmonlar, infeksiyalar va boshqalar) natijasida ona qornidagi o'zgarishlar “uchinchi yo'l” xavfi ham muhim ahamiyatga egadir. Yetilmagan yoki aktiv rivojlangan bolaning dunyoga kelishida chaqaloq hayotining har bir etapida anotomo-fiziologik xususiyatlarini hisobga olishga to’g’ri keladi.
Hozirgi davrda aniqlanishicha, tug’ilgandan keyin chaqaloq birinchi sutkada 7-sutkadagiga qaraganda o'zining xususiyatlariga ko'ra keskin farqlanib, ko'pgina fiziologik normativlar, dorivor moddalarning dozirovkasi, intensiv davolash usullari bir kunlik va 7 kunlik chaqaloqqa differensial yondashishni talab qiladi.
Yangi tug’ilgan chaqaloq va bir yoshgacha bo'lgan bola o'zini sezgilari, shikoyatlarini yetkazish qobiliyatiga ega emas. Shuning uchun ham vrach kattalardan yig’ilgan anamnezga tayanadi. Ko'pincha yig’ilgan anamnez noaniq va qarama-qarshi bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham pediatriyada kattalar tibbiyotiga nisbatan sub'yektiv simptomlar (shikoyatlar) orqali baholaniladi. Ob’yektiv ko'rsatkichlar yetakchi belgilar hisoblanilib, ularni chaqaloqlarda aniqlash murakkabdir. Bolalar bilan ishlovchi vrach “mikrosimptomlar” va ularning miqdori yoki mahsus usullar ko'rsatkichlariga o'z e'tiborlarini qaratishlari zarurligini esdan chiqarmasliklari zarur.
Bola biroz kattaroq yoshida, odatda, kasallikni havfliligini tushunmaydi. Vrachlardan qo'rqib, kasallikni yashirib, ularni chalg’itishga harakat qiladi (disimulyatsiya).
Bolalarda ko'pgina shikoyatlarning yuzaga kelishida organ, to'qima va sistemalarning yetilmaganligi tufayli sodir bo'ladigan disfunksiyalar bilan bog’liq azob-uqubatlar yoki bo'yining nomunosibligi katta ahamiyatga egadir. Bunday kategoriya bemorlar bilan uchrashish nuqsonlarni rivojlanishi va ratsional davolash usullari differensial diagnostikasini aniqlashni osonlashtiradi.
Ba'zan ota-onalar o'z bolalarini o'zlaricha davolashga harakat qilib, ularga kasallikni klinik belgilarini yashiradigan dorivor moddalarini berishlari tufayli vrach tashxisni anchagina hafvli asoratlar yuzaga kelgandan keyingina qo’yadi.
Bolalar vrachi (pediatr) kritik holatlarda bolalar, ayniqsa chaqaloqlar taqdirini tajribasiz va o'zini yuqotib qo'ygan ota-onasiga qiyin tibbiy va deontologik muammoni yuklatib qo'ymasdan, balki o'z zimmalariga olishga majburdirlar.
Ko'pgina murakkab janjal va kelishmovchiliklarning sabablaridan biri vrachlar bilan bolalar hamda vrach va bemorning qarindoshlari o'rtasidagi psixologik bar'yerning buzilishidir. Birinchi holatda vrach shu yoshdagi bolalarda qanday hissiyot tuyg’usi sezilayotganligini unutgan bo'lsa, ikkinchi holatda vrach o'z yoshidagi kishilar bilan uchrashganida kamroq xatolikka yo'l qo’yadi., chunki uning o'zi ham tezda ota bo'ladi. Biroq, barcha holatlarda vrach o'z burchini bajarishda u bilan muomala qilayotgan shaxsga nisbatan o'z sezgisini aniq tasavvur qilishligi muhimdir. Bunda u uni tushunish qobiliyatiga ega bo'lib, kayfiyati va xulqiga hamda kasallikni o'tishiga ta'sir qiladi. Demak, pediatr bemorlarni diagnostikasi va davolashda, bolalar qarindoshlari bilan muomalasi paytida hilma xil sifatiy hususiyatlarga ega bo'lishi zarur. Bola qancha yosh bo'lsa, unga xarakterli hususiyatlar shunchalik yaqqol ko'zga tashlanadi. Bolalar anchagina zahiradagi hayotiy energiya va kuchga ega bo'lib, yuqori tiklanish qobiliyati unga xosdir. Shuning uchun ham u uni kutayotgan oqibatlarning xavflilik darajasini fahmlay olmaydi. Vrach bilan aloqa o'rnatishda unga sidqidildan ishonadi va kasallikni davolanishida vrachga yordamlashadi. Bola ruhiy faoliyatining yetishmasligi ruhiy reaksiyalarni chegaralaydi va bu o'z navbatida kutilmagan ko'rinishlarni, hatto kattalar kasalligining sababchisi bo'lishi ham mumkin.
Qanday shikoyatingiz bor degan savolni bolaga 2-3 yoshidan keyin berilishi zarurdi. Tabiati jihatidan yaxshi tarbiyalangan, jasur bola bo'lsa ham vrachlarga nisbatan ularda qo’rquv tuyg’usi kuzatiladi. Oq xalat kiygan vrachning o'ziga xos ohangda gaplashuvi, bemorlarni ko'zdan kechiruvi, ukollar, klizmalar o'z ta'sirini ko'rsatadi. Biologik sub'yekt sifatida bolalarda hayajonlanish hususiyati, ongli yondashish harakterli, biroq kattaroq yoshida o'tkir psixik reaksiyalar havfli bo'lib fojiali tugallanishi mumkin. Bola organlari va sistemalarining disproporsianal rivojlanishi muhim ahamiyatga egadir. Bu disproporsiyalar (masalan, yuvenil gipertoniya yoki siydikning kechki to'xtalmay qolishi), fizik, psixik, geterogen akseleratsiyalar rivojlanishlarining kasalliklar bilan bog’liq disproporsiyasiga alohida e'tibor talab etiladi.
Keyingi o'n yillikda bolalar va o'smirlarda tez rivojlanish (akseleratsiya) holati kuzatilmoqda. Ko’pchilik bolalarning garmonik rivojlanishi ko'zga tashlanmoqda. Biroq ba'zan o'smirlar fizik, psixik va axloqiy parametrlari rivojlanishining disproporsiyasi namoyon bo'lmoqda. Fizik hususiyati jihatidan xaqiqatan ham o'smirlar o'z tengqurlariga qaraganda anchagina ilgarilab ketgan bo'lsa, ruhiy va ijtimoiy-axloqiy jihatidan esa ulardan orqada qolmoqda. Buning natijasida o'smirlar o'z ota-onalari, oilasi va jamiyat oldida o'z burchlarini tushunmasdan mehnatni rolini baholay olmaydilar hamda ijtimoiy-erkinlik sifatlarini o'zida tarbiyalash zarurligini his etmaydilar.
Bolalar bilan birinchi aloqa paytida bola haqida umumiy tushunchaga birdaniga ega bo'lish foydali bo'lib, keyinchalik aloqa paytida vrachga qanday kutilmagan holatni bayon qilishi muhimdir. Biroq bu to'liq anamnezni yig’ish va ob’yektiv baholash majburiyati (masalan, avval o'tkazilgan kasallik, genetik og’irlashuvi va boshqalar) ni yo'qotmaydi.
Haqiqatan ham bola psixosomatik holatining har xil turlari, tashqi ko'rinishi, hatto ota-onasi yoki uning o'zi yashirgan holatlarning hususiyatlarini o'rganish masalasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Gavdasini tutishi, yurishi, terisining rangi, imo-ishorasi, odam ko'ziga qarab gapirishi, kulishi, savollarga javob berishi, turishi, o'tirishi, ko'zdan kechirishda yechinishi va kiyinishi, ovozini jarangdorligi, ota-onasiga munosabati, kiyimlari - bularning barchasi hatto birinchi minutda ish haqida tushuncha hosil qilibgina qolmasdan, balki ba'zan birdaniga kasallikka klinik tashxis qo'yish imkoniyatini yaratadi.
Bizning mamlakatimizda deyarli ko’pchilik bolalar normal sharoitda yashamoqdalar. Ota-onalari tinchgina bosiqlik bilan mehnat qiladilar. Oilalar ko'p farzandli va axil holda kam-kustsiz yashab, o'qish, ishlash, dam olish rejimi sog’lom hayot tarziga to’g’ri keladi.
Mehnat sharoiti moddiy ta'minlanish bo'libgina qolmasdan, balki bola tarbiyasiga yetarlicha ahamiyat berilmagan oila muhiti, gigienik rejimga rioya qilinmaslik, ya'ni u yoki bu sog’lom muhit tarziga nisbatan munosabat masalasi ham muhimdir.
Muvaffaqiyatsiz sharoitni biz ikki qarama-qarshi nuqtai-nazardan baholaymiz. Birinchi pozitsiya, uyda yetarlicha moddiy ta'minlanish: ko'p miqdordagi yuqori kaloriyali ovqat, buni oiladagi birgina bola rohatlanib ishtaha bilan eydi. Shuning uchun ham semiz bolalarning soni ko'payishi va organizmning himoya qobiliyati pasayishidan allergik reaksiyaga moyilligi ko'zga tashlanadi. Ma'lumki, ota-onalar oilasini yetarlicha ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash maqsadida ko'p vaqtini ishda o'tkazib, bolalarni hayotini to’g’ri boshqarish va tarbiyalashga vaqtlari etishmaydi. Shuning natijasida geterogen akseleratsiya yuzaga kelib, bolalarda zararli va havfli odatlar paydo bo'ladi. Ikkinchi pozitsiyada oilada yetishmovchilik sharoitining bo'lishi, oilaning notinchligi. Bunda ota-onasining doimiy janjallashuvi, spirtli ichimliklarni suis'temol qilishi, uzluksiz mehnatdan bo'yin tovlashi, ya'ni bolaga nisbatan yaxshi namuna bo'lmasligi ko'zga tashlanadi.
Demak, mamlakatimizda moddiy ta'minlanish masalasi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'libgina qolmasdan, balki insonlarni to'kin-sochinlikka moyilligini oshirmoqda. Bunda birinchi navbatda bolalar jabrlanadi. Yuqori madaniyatli oilada moddiy ta'minlanishning barqarorligi bolalar va kattalarning o'sishiga yordamlashadi. Hususan bunday holat pediatr amaliyot vrachining yoshida yaqqol ko'zga tashlanadi.
Oilada sog’lom va nosog’lom odatlar ko'pincha ko'zga tashlanadi. Sog’lom odat hammaga ma'lum bo'lgan urf-odatdir. Masalan erta va birgalikda turish, hech kimni to'shagida yotmasdan gigienik badantarbiya va yuvinish muolajalari bilan shug’ullanishi. Oilada ishga va maktabga ketishdan oldin ishni taqsimlanishi (nonushta tayyorlash, to'shaklarini to’g’rilash, idish tovoqlarni yuvish va b.q.lar), kunlik ish va jadvallarni muhokama qilish, bundan tashqari, bolalar uydagi har xil mehnat jarayonlariga qatnashishlari bilan birgalikda o'zining o'sishini ta'minlovchi fizik va intelektual mashg’ulotlar bilan bo'sh vaqtlarida shug’ullanadilar.
Nosog’lom odat esa bola organizmi uchun xavfli ta'sir qiluvchi (chekish, alkogol iste'mol qilish, harakatsizlik, giperkineziya va boshqa holatlar), shuningdek oila ishlari bilan shug’ullanib qolib, o'zining gormonik rivojlanishi uchun vaqt yetishmasligi yoki ko'p vaqtini televizorda kino ko'rish bilan o'tkazishi tufayli kitob o'qish, she’r yozish, chizish va ijodiyotga vaqt yetishmaslik holatlari bunga misol bo'lishi mumkin. O'z ustida ishlash, dam olish va o'ynash uchun imkoniyati bo'lmasligi bolaning axloqiy sifatlarigagina emas, balki sog’ligiga ham ta'sir ko'rsatadi.
Ko'pgina hollarda simptomatik davolash usullarini boshlashdan oldin to’g’ri rejimga amal qilish, zararli odatlarni bartaraf etuvchi sog’lom turmush tarziga rioya qilish talab qilinadi. Aks holda davolash muolajalari va usullari vaqtinchalik xarakterga ega bo'lib, bemorlar va ularning qarindoshlarini ham, vrachni ham qanoatlantirmaydi. Yuqoridagi faktorlar bolaga nisbatan individual va yoshiga qarab yondashilgandagina o'z ahamiyatini ko'rsatadi.
Oddiy tushuntirish maqsadida 4 xil yosh guruhlari ajratiladi:
Birinchi guruh - chaqaloqlik davrida, chaqaloqlar anchagina kuchli retseptor apparatlariga ega bo'ladi. Jimgina, sokinlik bilan aytilgan so'z, past ovozdagi kuy, yoqimli musiqa, yoqimli va iliq qo'lning tanaga ta'siri, shoshmasdan ag’darish va boshqalar azaldan beri ular uchun qonunlashtirilgan muomaladir.
Bir necha marta kuzatilishicha, agar vrach yoki hamshira chaqaloq yonida keskin, jahldor ovozda qichqirib gapirsa, chaqaloq tinchlanib qolishi, hatto yig’lab yuborishi mumkin.
Ehtimol, ko'pgina hali o'rganilmagan energetik maydon, hatto katta odamlarga ham ta'sir ko'rsatib, ularning ongida to'satdan va nazorat qilib bo'lmaydigan yoqtirish hamda yoqtirib bo'lmaydigan o'tkir sezgi hissiyotini mujassamlantirishi mumkin.
Ikkinchi guruh - ko'krak yoshidagi bolalar bo'lib, bular uchun butun sezgi organlarining jadal rivojlanishi xarakterli bo'lib, bu vrachdan bolaga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishni taqozo qiladi, chunki uning ruhiy faoliyati hali takomillashmagan bo'ladi. Uning shakllanib yetmagan ongi barcha habarlarni tashnalik bilan yig’ib, o'suvchi miyaga jamlaydi. Hozirgi zamon tadqiqotchilarining ko'rsatishicha, odamning keyingi rivojlanishi asosan shu dastlabki davrda shakllanadi. Nohush va og’riqli muolajalar ko'krak yoshidagi bolalarda og’riqsizlanish muolajalari o'tkazishda odoblilikni talab qiladi.
Uchinchi guruhni 2 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalar tashkil qilib, ularning psixologik tavsifi qisqacha izohni talab qiladi. Bu davr bola shaxsini shakllanish davri bo'lib, bunda bolaning to'xtovsiz so'zlash faoliyati paydo bo'lishligi oqibatida unda minglab savollar va javoblar oqimi paydo bo'ladi. Shuning uchun ham ularning ota-onasi bu bolalar bilan aloqa qilish uchun vaqt ajratishi muhimdir.
Statsionarda bunday yoshdagi bolalar har xil turkumni tashkil qilib, ularning xarakterli belgisi o'ziga xos bo'lmagan va individual ko'rinishda namoyon bo'ladi.
Optimistlikdan boshlanib, birdaniga ota onasini unutib katta qizlar yoki opa-singillari bilan muomala qilish tufayli o'z alam-iztiroblarini muvaffaqiyatsiz koridorda achchiq ko'z yoshlarini yutuvchi yoshlar.
To'rtinchi guruh - kichik maktab yoshidagi bolalar bo'lib, ular jamoada bo'lish va uning qonunlarini o'zlashtirish tajribasiga ega bo'lganligi uchun ham vrachlar bilan aloqani anchagina yengillashtiradi. Bunda qizlarga o'xshash “o’g’il bolalar” va jo’shqin “o’g’ilsimon” qizlarda o'ziga xos metamorfez yuzaga kelib, asta-sekinlik bilan o'z jinsiy holatiga tushib ketadi. Agar qizlar kiyimlari va boshqa xususiyatlariga qarab onasining xarakteriga moslashadi. Oxirgi ikki guruh kichik bolalar ommaviy fizkultura va sportda ishtirok etishlari, mehnatga jalb etilishlari tufayli har xil jarohatlanishlar (maishiy, ko'cha va sportdan jarohatlanish) kuzatiladi.
Vrachning to’g’ri deontologik qarashlari ota-onasi tomonidan yuzaga keladigan janjallarni oldini olishga ko'maklashadi.
Ko'pgina tibbiy-sotsial mutaxasislarning bunday jiddiy qarashlarining ob’yekti o'smirlar hisoblanadi. O'smirlik yoshi - inson shaxsi shakllanishining hal qiluvchi etapi bo'lib, sog’liq, bilim olish, tarbiyalanish darajasi uning kelajagini belgilovchi omillardan biridir. Qisqa muddatda ularning ota-onalari, avvallari bolalar uchun obro'li bo'lgan bo'lsa, tezlikda uni yo'qotadilar. Bunda liderlik xususiyatini yo'qotgan ota-ona o'rnini har doim ham yaxshi bo'lmagan o'smir egallaydi. Shuni unutmaslik zarurki, “gormonal bo'ron” qiz bolalarda o’g’il bolalarga qaraganda ertaroq 12-13 yoshlarida kuzatilib, ularning sog’ligi uchun anchagina xavf tug’diradi. Shuning uchun ham pediatrlar o'z e'tiborlarini uronefrologik, gastroenterologik va boshqa kasalliklar soyasida yashirinuvchi ginekologik kasalliklarning belgilari va shikoyatlariga qaratadilar.
Uyda va maktabda hozirgi davrda seksiologik tarbiyalashdagi kamchiliklarga barham berilmoqda. Shunga qaramasdan amaliyot pediatrlari ginekologik kasalliklariga chalingan bemorlarga ilgariga qaraganda ko’proq duch kelayotganligi adabiyotlardan ma'lum.
13-14 yoshlarda ginekologik kasalliklar bilan kasallanish darajasi anchagina cho'qqiga chiqqanligi masalasi ham o'smirlarda kelajak avlod uchun qilinishi zarur bo'lgan ishlarni tashkillashtirishda anchagina tadbirlarni amalga oshirish to’g’risidagi fikrlarni yuzaga keltiradi. Ba'zan “ijtimoiy bunt” o'smir bilan atrof-muhit orasidagi kelishmovchiliklarni keltirib chiqarsa, ba'zan o'smirning normadagi hulqi o'zgarib, o'z-o'zini o'ldirish holatlariga sababchi bo'lishi ham mumkin. Shuning uchun ham o'smirga nisbatan to’g’ri yondashishni tanlash, havfli odatlarni yo'qotish masalasida profilaktika ishlarini o'tkazish har doim ham osongina bo'lavermaydi.
Vrachning nutq ohangi to’g’ri bo'lsa, o'smir shaxsi va yoshiga hurmat, unga do'stlarcha yordamlashishda anchagina muvaffaqiyatga erishiladi.
Bunda o'smir atrofdagilarni qanday ko'rinishiga ahamiyat berishi, uni shaxsiga tegadigan gaplarni aytmasligi, haqoratlashi, kamsitish va masxara qilishi mumkin emas. Bunday aloqa vositasi anamnezni tez va to'liq yig’ishdagi vrachning deontologik burchi hisoblanadi. Shunday ekan, vrach - pediatr o'smirlar bilan ishlash vaqtida birinchi navbatda tarbiyachi va psixolog hususiyatiga ega bo'lishi zarur.
Tibbiyotning barcha imkoniyatlari yo'qotilganida ham bola va uning yaqinlari bilan aloqa paytida murakkab holatlardan pediatr o'z faoliyatida qutila olmaydi. Sabablarga bog’liq bo'lmagan ko'ngilsiz holatlar (jarohatlanish, yomon sifatli o'sma va b.q.lar) sodir bo'lganida pediatrning bolaga munosabati to’g’ri deontologik qoidaga asoslangan bo'lishi kerak. Har qachon va har qanday sharoitda ham bemorga o'limning yaqinlashganligi to’g’risidagi habarni aytish mumkin emas. Kattalarning qayg’usiga alohida ahamiyat berilishi talab qilinadi, chunki bolalar o'limi prinsipial qarama-qarshi holat bo'lib, bolalar ota-onalaridan kechroq o'lishligi qonuniyatdir. Shuning uchun ham ota-onalar bolalarini hayotdan ko'z yumushini juda chuqur qayg’u bilan qabul qiladilar. Noaniq ma'lumot bemor qarindoshlarining jiddiy havfli hayajonlanish sababchisi bo'lib bolaga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Natijada bemorning qarindoshlari bolani boshqa davolash muassasasiga o'tkazishga harakat qiladilar. Agar bu erda tuzalsa, faqatgina vrach emas, balki u ishlaydigan avvalgi davolash muassasasi sha’niga ham bo'lmag’ur gaplar aytiladi.
Shuning uchun ham mumkin qadar bemor qarindoshlarining qayg’u-alamlarini yengillanishi va tushunishga harakat qilish talab qilinadi.
Chaqaloqni yo'qotish uning xarakterli hususiyatlariga asoslanib ota-onasining kuchli qayg’u-g’amiga sababchi bo'ladi. Ayniqsa bunday holat yosh bo'lmagan birinchi tug’ayotgan ayol uchun qo'shimcha xavfli faktor bo'lib, uning uchun kutilgan bola uzoq kutilayotgan onalikning oxirgi imkoniyati sifatida baholanadi. Ko'pincha shunday bolalar o'limi ko’proq uchraydi. 2-3 yoshdan katta bolalar o'limi fojia hisoblanadi, chunki bu davrda bolaning yaqinlari, ayniqsa, bobolari va buvilari bunga anchagina o'rganib qoladilar. O'smir bolani yo'qotish esa shaxs sifatida shakllangan bola bilan hayrlashuv sanaladi. xatto u ota-onasi bilan og’ir janjalli holatda bo'lgan taqdirda ham o'smir bolaning o'limi uchun ota-onasi boshqalarga qaraganda chuqurroq qayg’uradilar. Shuning uchun ham istagan holatda ham vrach bolaning ota-ona bilan suhbatda insoniylik fazilatlariga rioya qilishi, ularning sezgisini doimo ehtiyotlashi, bemorning holati haqida aniq ma'lumot berishi va uning hayotini saqlash uchun bor imkoniyatlardan foydalanilayotganligi haqida ma'lumot berishi zarur. O'lim to’g’risidagi ma'lumotni bemorning ota-onasiga tajribali va taktikali vrach aytishi mumkin, chunki u bolaning yaqin kishilariga hayotining og’ir damlarida normal himoya qilishi mumkin.
Kattalarga qaraganda yosh bolalar kasalxonaga tushgach o'zlarini mutlaqo himoyasiz sezadilar. Agar kattalar aniq tartib qoidalarni so'rasalar yoki talab qilsalar, bolalar esa xatto qoida buzilganini ham bilmaydilar. Shuning uchun ham vrachlar kasalxonadagi barcha mayda hodisalargacha bo'lgan holatlar bilan qiziqishi yoki undagi chidab bo'lmaydigan holatlarni barham qilishga harakat qilishlari zarur. Bolaning xarakterini kattalar xarakteri bilan solishtirish shuni ko'rsatadiki, agar katta odamning xarakteri shakllangan bo'lsa, bolaning xarakteri xuddi loysimon o'zgaruvchan bo'lib, unga har qanday bosim o'ziga xos iz qoldirib uning butun hayotiy jarayonida saqlanadi.
Ota-onalar esa muhim deontologik yondashishni talab qiladilar. Bolaning kasalligi ota-onaning hayotiy ritmini izdan chiqaradi. Ular ko'pincha o'zini yo'qotgan, doimo juda tinchsizlangan va ta'sirchan bo'ladilar. Ularni ko'pgina savollar, jumladan, tibbiyot hodimlarini bolalarga qarashi qanday, kasallikni o'tkazib yubormaydimi, ular hato qilmaydimi, shoshmayapdimi, bemorga ziyon keltirmaydimi?, kabilar qiziqtiradi. Bularning barchasi tufayli ular ta'sirlanuvchan, toqatsiz va talabchan bo'lib qoladilar. Bunda vrachning burchi maksimum tushunishi va ularning dardini yengillatishdan iboratdir.
Bemorning ota-onasi va qarindoshlariga yondashish masalasi ko'pincha vrachning yoshiga bog’liq bo'lib, uning kim bilan aloqa qilishiga bog’liq. Yosh vrachlar o'zining yoshiga yaqin ota-onalar bilan suhbatda ularning sezgilari, tashvish va hayajonlarini yengil tushunadilar. Shuning uchun ham ota-onalarda paydo bo'ladigan savollarga osongina javob beradilar. har xil va ko’pchilik xarakterli ota-onalar bilan ishlash chuqur tajribaga ega bo'lgan katta va keksa vrachlar uchun anchagina osondir. Bu masala yosh bolasi bo'lmagan pediatrlar uchun qiyinroq bo'lib, qaysi ma'naviy sifatlarga ega bo'lishiga qaramasdan boshqa ota-onaning o'rnini egallashni tasavvur qilish mumkin emasligi ko'zga tashlanadi. Ular bilan aloqa paytida har bir qiyin holatda ham muomalani chigallashtirmaslik talab etiladi.
Istagan yoshdagi ota-ona bilan suhbat paytida ularning egoistik hususiyatlarini inobatga olish foydali bo'lib, ba'zan bemorning qarindoshlari kasallikning xarakteri va og’irligidan qat'iy nazar vrachlarni o'z farzandlariga yaxshiroq munosabatda bo'lishiga harakat qiladilar. Ular bo'limda bundan og’ir va murakkab kasalliklar bilan kasallanib davolayotgan bemorlar borligi bilan hisoblashmaydilar, xatto hisoblashishni ham xohlamaydilar va faqat o'z bemorlariga maksimal e'tibor berilishini talab qiladilar. Ota-onalar vrachlarning og’ir kasallarga ko’proq e'tibor berilishi tufayli o'zlarining birgina bolasini vrach nazaridan chetda qolayotganligiga asossiz holda tashvishlanadilar. Ular haqmi? O'zlarining qarashicha, mutlaqo to’g’ri, chunki boshqa bolalarning ular uchun ahamiyat i yo'q. Fuqarolik nuqtai nazaridan bo'limda og’ir kontingentdagi bemorlarning borligi, vrachlarning va tibbiyot hodimlarining yetishmasligida asossiz ota-onaning e'tirozidir. Ba'zan kelgusi kuni bolaning qarorati ko'tarilib, ahvoli og’irlashsa va nihoyat, kasallikni ko'rinishi yaqqol ko'zga tashlangan taqdirda bemorni kasalxonaga, aniqrog’i erta yotqizilgan taqdirda ham birdaniga navbatdagi ayblash boshlanadi: “Aniqlanilmadi, qarovsiz qoldirildi, o'tkazib yuborildi” kabi so'zlarni doimo eshitishimiz mumkin.
Ko'pincha keksa yoshdagi ota-onalar vaqt bilan hisoblashmaydilar. Ularni vaqt etishmasligi qiziqtirmaydi. Ular qator savollarni tayyorlab qo'yib unga to'liq javob olishni xohlaydilar. Bunda ko'pincha farroshlar, hamshira va onalardan axborot yig’ib, davolovchi vrachlarga qaraganda ko’proq ma'lumotga ega bo'ladilar. Shuning uchun ham vrach ota-onalar bilan suhbat paytida unga qarama-qarshi savollar berilishi tufayli ko'pgina ma'lumotlarning bir-biriga to’g’ri kelmasligi natijasida ota-onaning jiddiy va asosli xulosaga kelishiga sababchi bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham yosh vrachlarga beriladigan savollarga hech qachon taxminiy javob berishga maslahat berilmaydi. To’g’ri bo'lmagan ma'lumotlar va uydirma gaplarni yetkazish ta'qiqlanadi. Bunda: “Eslay olmayman!”, “Hozir sizga ayta olmayman!”, “Tekshirib ko'raman!” va boshqa so'zlarni to’g’ri aytish maqsadga muvofiqdir.
Vrachning qaysi uchastkada ishlashidagi hulqi muhim ahamiyatga egadir. Pediatrning eng qiyin va javobgarlik uchastkasi uning bemorni uyiga ko'rish uchun borishidir. Bemor bola bilan birinchi aloqa paytida unda har xil kasalliklarning umumiy ko'rinishida “yashirin” mahalliy belgilar ustunlik qilib, ko'pincha dastlabki diagnostika qiyin bo'lib, deontologik kamchiliklarning sababchisi bo'lib, vrachning faoliyatida e'tiborsizlik va xatto sovuqqonlik sifatida baholanishi mumkin.
Kasalxonaning qabul bo'limida, ayniqsa favqulotda holatlarda ko'pgina muammolar kuzatilishi mumkin. Shulardan 3 tasiga to'xtalib o'tamiz.
Birinchi muammo - bir necha bolani qabul qilishda navbat kutish. Bu ko'pincha tibbiyot xodimiga bog’liq bo'lmaydi. Biroq kasalxonaga yotqizishni kechiktirilishi sababini ota-onaga yotig’i bilan yumshoqqina hayrihohlik asosida, agar talab qilinsa qaytadan tushuntirish qiyinchilik tug’dirmaydi. Qabul bo'limida bolalar statsionari rejimini o'zida aks ettiruvchi, bolalar hulqining hususiyatlari, bolalarga qarash uchun yotqizilayotgan ota-onaning burchini ko'rsatuvchi broshyuralarning bo'lishi foydadan holi bo'lmaydi. Bolalarni kasalxonaga yotqizishda bolalar uchun mo'ljallangan kichkinagina kitobchaning bo'lishi ham foydalidir, chunki bu orqali ular tekshirish va muolajalar o'tkazish to’g’risida ham aniq ma'lumotga ega bo'ladilar.
Qabul bo'limidagi vrachlarning ikkinchi muammosi - og’ir kasallarga favqulotda tezlik bilan yordam ko'rsatishdan iboratdir.
Agar intensiv terapiya va reanimatsiya bo'limi qabul bo'limida joylashgan bo'lsa, bolani bu bo'limga o'tkaziladi. Yoki tez tibbiy yordam ko'rsatish maqsadida mutaxasis chaqiriladi va sun'iy nafas oldirish, yuragini massaj qilish va boshqalar amalga oshiriladi. Ko’pchilik holatlarning tahlili shuni ko'rsatadiki, tez tibbiy yordam mashinasi yoki yo'l-yo'lakay mashina bilan olib kelingan bemorlar kelishi bilan bir necha minut ichida o'lib qolishlari mumkin. Ba'zan bunday hollarda 4-6 minut o'tgach hech bir reanimatsion muolajalar foyda bermaydi, chunki bu davrda markaziy nerv sistemasida qaytmas o'zgarishlar kuzatiladi. Bunday hollarda asfiktik sindrom, septik, toksik, travmatik shok, koma, gipertonik reaksiya, o'tkir zaharlanish va boshqa holatlar tibbiyot hodimlaridan tez va to’g’ri qaror qabul qilinishini talab qiladi.
Bola kasalxonaga tushgach butun javobgarlik kasalxona hodimlariga yuklatiladi. Bunda qabul bo'limi vrachlarining favqulotda tez yordam ko'rsatish uchun doimo mashq qilishlari talab qilinadi.
Uchinchi muammo - bemorning qarindoshlari uni kasalxonaga yotqizish, har xil muolajalar va operatsiyalar o'tkazilishini rad qilishligidir. Shunday paytda vrach bemor qarindoshlari yoki ota-onasining noto’g’ri yo'lni tanlayotganini astoydil tushuntirishi, tanlagan yo'li xatoligini aytishi, ba'zan ularning javobgarligi to’g’risida tilxat talab qilishi, ota-onasini ishontirish maqsadida konsilium chaqirishi, ishxonasiga bolani davolanishiga nisbatan olib borayotgan noto’g’ri hulqi haqida habardor qilishlikdir. Bularning hammasi uchun bolalarga ajratilgan qimmatli vaqt ketadi. Shuning uchun ham bola hayotiga havf soladigan juda ham kerakli paytda (kamida uchta vrachning hulosasiga asosan) ota-onasi rad qilganda ham bemor hayotini saqlab qoluvchi operatsiyani bajarilishiga ruhsat beriladi. Agar tashxis qo'yish kechiktirilganda, kasalni davolash hayot yoki sog’ligiga havf tug’dirganda ko'pincha janjalning sababchisi bo'lishi mumkin. Jamoada katta tajribaga ega bo'lgan (hatto nafaqa yoshidagi) vrachlarning bo'lishi ham foydali hisoblanadi. Ular bemorning ota-onasiga shoshmasdan yotig’i bilan vaziyatni baholab, faqatgina tibbiyot nuqtai nazaridan emas, balki insoniylik jihatidan ham misollar keltiradi.
Ko’pchilik hollarda bunday dag’allikni yuqotilishi, vrachlarning ota-onalar holatini tushunishi, hayolan ota-onaning o'rniga o'zini qo'yishi, boshqacha aytganda psixolog sifatida o'zini namoyon qilishi zarur.
Bolani kasalxonadan uyiga chiqarish paytida yoki maslahatdan o'tkazilgach, tashxis va maslahatlar haqida qisqacha ma'lumot beriladi. Bunda vrach kasalxonadan chiqarilayotgan bolaning oilasi haqida yetarlicha ma'lumotga ega bo'lmagani, bola yashayotgan poliklinika sharoitini yaxshi baholayolmaslik (ayniqsa u boshqa regionda yashasa) tufayli u milliy odatlari hususiyatlarini yetarlicha inobatga olaolmaydi.
Pediatrning ijtimoiy habardorligi yo'qligi bolani kasalxonadan chiqarilgandan yoki ambulatoriya davolash usullari tayinlanilganidan keyingi reabilitatsiya sharoitlarini noto’g’ri baholash imkoniyatlarini yaratadi.
Kasalxonadan chiqariluvchi bolaga uning kasalligiga aniq davolash kursini belgilashda ba'zan vrachlar shu bolaning yashash sharoitini hisobga olmaydi (ko'p bolali oila, oilasi bilan birgalikda yashaydigan kishilar, onaning bir o'zi va b.q.lar). Bolani davolash uchun qancha mablag’ sarflanganligiga e'tibor bermaydi. Ayrim hollarda tinchligini yo'qotgan ona navbatsiz yoki o'z hisobiga ta'til olib, vrachning ko'rsatmalariga amal qilib, fizioterapevtik davolash kursini o'tkazishga harakat qiladi. Boshqa hollarda o'zi bilan birga yashaydigan qarindoshi yordamida birgalikda bu vazifani bajaradi. Davolashni ta'minlanishi so'zsiz reabilitatsiya muddatini anchagina tezlashtiradi. Oilasining ahvoliga qarab, birinchi holatda buni uy pediatri yordamida effektiv bajarilsa, boshqa holatda ularni o'rgatadilar. Vrach tomonidan tavsiya etilgan davolash usullarini sotsial baholash natijasida qo'shimcha va ba'zan oilaga yuklatilgan asossiz yukni kamaytirishi mumkin.
Ba'zan o'z davolash muassasasida mahsus bo'limda maslahatga kechikib murojaat qilish natijasida og’ir kasal bolani davolash imkoniyatini yuqori baholash hollari kuzatiladi. Pediatriyada bunday xatoliklar muhim ahamiyatga ega bo'lib, bunda ko'pgina favqulotda holatlarda bolaning taqdirini vaqt hal qiladi.
Psixologik yondashish - pediatr tajribasi va bilimining ajralmas qismidir. Bunda bola yoki yaqinlarining faqatgina fiziologik hususiyatlarigina emas, balki psixologik yosh hususiyatlari hamda individual hususiyatlarini ham amaliyotda hisobga olinishi talab qilinadi.
Amaliyot nuqtai nazaridan psixologik yondashishni tavsiya sifatida quyidagicha taqdim qilish mumkin:
1. Birinchi navbatda bola bilan aloqa o'rnatiladi. Ota-onasining aytishicha, bola vrachga qarshilik ko'rsatmasdan unga nisbatan ishonch ko'zi bilan qarashi;
2. Vrachga ishonishi uning hulqi, shaxsiy namunaligi va insoniylik sifatlarida namoyon bo'lishi. Tinch e'tiborli, optimist, tartibli, sog’lom ko'rinishli, ixcham, chekmaydigan vrach bemorga nisbatan shaxsiy namuna bo'ladi. Aks holda bir narsani o'ylab, boshqa ishni qiluvchi vrach tezda o'z obro'si va ishonchini yo'qotadi.
3. Bola va uning yaqinlarida yuqorida keltirilgan sifatiy hususiyatlarga ega bo'lmagan vrach deontologik jihatidan salbiy fikr uyg’otadi.
4. Matonatli xayrixoxlilik va hurmatlilikni bir-biri bilan qo'shilishi deontologik masalani bajarilishini yengillashtiradi.
5. Bola va uning qarindoshlari ongiga bemorni tuzalishiga va vrach ko'rsatmalariga amal qilishlarini singdirish ko'pgina deontologik qiyinchiliklarni oldini olishga ko'maklashadi.
Masalaga sotsial yondashish pediatrdan bolani rivojlanish sharoiti va muhitini (oila, jamoa, jamiyat) hisobga olinishni talab qiladi. Pediatr sog’liqni saqlash sohasidagi davlat dasturini bajarishda qatnashib kasallikni dispanserizatsiyasi va oldini olishda ham aktiv qatnashishi zarur.
Ayrim bolalar va o'smirlar o'sishi va rivojlanishida ijtimoiy yetilmaganligi getterohron akseleratsiya va kasallik belgilari bilan ko'zga tashlanadi. Shuning uchun ham bunday holatlar ilmiy-texnika revolyutsiyasi asri bilan bog’liq bo'lib, bu faktorlarni amalga oshirishda hisobga olinishi talab qilinadi. Shubhasiz bolaning gormonik rivojlanishida uni erta sog’lom turmush tarzini shakllanishiga sababchi bo'lib, uning muhim komponentlaridan biri mehnat faoliyati hisoblanadi.
Shunday qilib, pediatr mutaxasisligining sifatiy belgilaridan biri minimal deontologik xatoliklar bilan baholanadi. Shuning uchun ham pediatrning bosh vazifasi doimo o'rganish, o'z-o'zini tarbiyalash, tanqidiy nazar bilan qarash, o'z xatolarini tahlil qilib uni yo'qotishga harakat qilishdan iboratdir.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling